14-kun. Odatlar
Bilamizki, xayollarimiz emosiyalarni paydo qiladi, emosiyalar
harakatga aylanadi, harakatlar odatlarni shakllantiradi, odatlarimiz
xarakterimizni yasaydi, xarakterimiz bo`lsa taqdirimizni hosil qiladi.
Demak, xayol, emosiya hamda harakat planidagi barcha masalalarni
ko`rib chiqdik, endi navbat eng muhimiga – bu odatlar. Agar odatlar
to`g`rilansa, qolgani o`z-o`zidan bo`lib ketadi.
Har birimizni o`zimizga yarasha yomon odatlarimiz bor.
Hammamizda bor. Va har kim buni yomon odat ekanini biladi hamda
tashlash niyatida yuradi. Aynan odatlar sizning hayotingiz farovonligini
belgilaydi.
Muvaffaqiyatli hamda muvaffaqiyatsiz insonlarning odatlari turli
xil. Ular boshqacha harakatlanishadi, bular umuman boshqacha
harakatlanishadi. Demak, bu holatda nima qilishimiz mumkin?
Bizning aqlimiz – juda kuchli arxivator. Biron odatni qabul qildimi,
undan voz kechgisi kelmaydi. Undan voz kechishi uchun 40 kun vaqt
ketadi, qolaversa biron odatni yo`q qilish uchun o`rniga boshqa odat
o`ylab topilishi kerak.
Bitta oq qog`oz oling, uchta stolbik chizing. Birinchi qatorga
qutulmoqchi bo`lgan yomon odatlaringiz ro`yxatini yozing, ikkinchi
qatorga bo`lsa ularni teskarisini, ya`ni egallamoqchi bo`lgan yaxshi
odatlaringizni yozing. Uchinchi qatorga qachon va qanday holatda
47
harakatlana boshlashingizni yozing. Barcha harakatlarni aniq ko`rsating,
yangi odat shakllantirishingiz uchun nimalar qilishingizni aniq qilib
yozing. So`ng harakatga kirishing. Avvalo, uchta odatni oling va u bilan
shug`ullaning. Agar har qirq kunda uchtadan yangi odat shakllantirsangiz,
bir yilga borib, siz supermuvaffaqiyatli insonga aylanasiz qo`yasiz.
Dostları ilə paylaş: |