48
Xulosa: Rivojlanishdan hech qachon to`xtamang
Mana siz bilan 2 hafta davomida o`zimizni to`liq rivojlantirdik,
hayotimizning har bir jabhasini tomosha qilib chiqdik, endilikda
shunchaki harakatni boshlash lozim. Donishmandlar, millionlab xayol
hamda fikrlardan bitta oddiygina harakat yaxshiroq deyishadi. Sababi,
aynan harakatlaringiz sizga natija keltiradi.
Lekin ushbu dastur bilan to`xtab qolmang. Ko`plab boshqa
dasturlarni ko`rib chiqing, ularni o`rganing va amalda qo`llab ko`rishga
harakat qiling. Mana ko`rasiz, natijalar sizni kuttirib o`tirmaydi.
Ushbu yozilganlarni biz kitob deya olmaymiz. Bular aynan dastur
hisoblangani sabab, unda eng muhim qismlarni hamda eng muhim
ma`lumotlarni joylashga harakat qildik. Qolaversa, hozirda insonlar
varog`I ko`p, qalin kitoblarni o`qishga o`ta erinishadi, shu bois qisqa va
lo`nda tushuntirishga harakat qildik.
Ushbu dastur ko`plab muvaffaqiyatli dasturlarning eng foydali
mashqlarini o`z ichiga olgan. Ilk 9 qoida Geshe Maykl Rouchning
“Karma menejmenti” kitobidan olingan. Maykl Rouch atiga 2 yil ichida
noldan 250 million dollar oborotlik olmos kompaniyasini tashkil qilgan
yulduzlardan biri. Uning qoidalari hamisha foyda bergan hamda shu
paytgacha o`zini oqlab kelgan. Biz uning hayoti bilan tanishib chiqishni
sizga maslahat bergan bo`lardik. Qolgan qoidalar Jek Kenfild, M. S.
Norbekov, Napoleon Hill, Robert Kiyosaki hamda ko`plab shunga
o`xshash mashhur biznesmenlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda
amaliyotdan o`tgan qoidalar hisoblanadi.
Shunday qilib, azizlar, dastur o`z ishini bajardi. U yog`iga harakat
sizdan. Rivojlanishdan to`xtamang. Agar dastur sizga zarracha bo`lsa ham
foyda keltirgan bo`lsa, biz bundan mamnunbiz.