Sotilmasin!



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

10-kun. Motivasiya  

 

 

Motivasiya  mavzusini  ko`rib  chiqish  muhim  deb  hisoblayman, 



ayniqsa shahar sharoitida yashovchi insonlarga. 

 

 



Motivasiya  –  bu  xuddi  benzinga  o`xshaydi,  sizda  oldinga 

intilishingizga turtki  beruvchi asosiy  omil  hisoblanadi. Motivasiya  – bu 

kuchli  ishtiyoq.  Va  u  ikki  turli  bo`ladi.  Birinchi  turi  –  bu  qamchi 

motivasiyasi. Ikkinchisi esa kulcha motivasiyasi. 

 

 

Tasavvur qiling, siz ishlagingiz kelmayapti, biroq ishlashingiz shart. 



Agar  siz  och  qolishingizdan,  pulsiz  qolib  ketishdan  qo`rqib 

ishlamayotgan bo`lsangiz – bu qamchi motivasiyasi. Agar siz ko`proq pul 

topib, qandaydir sovg`alarga ega bo`lish uchun ishlayotgan  bo`lsangiz – 

bu kulcha motivasiyasi. 

 

 

Ikkala  motivasiya  ham  o`ziga  yarasha  foydali.  Kimdurlar  och 



qolishdan  qo`rqsa, kimdurlar  boy bo`lishni  xohlaydi. Ikki  toifa turli xil 

uslubda ishlaydi. 

 

 

Shu sabab, siz o`z motivasiyangizni aniqlab olishingiz lozim. Yosh 



bolalarga e`tibor qiling, agar besh baho olsang, senga shirinlik beraman, 

deysiz  –  bu  yoqimli  motivasiya,  ya`ni  bu  bilan  siz  unga  benzin  hadya 

etyapsiz. Ayni shu shirinlik uchun u harakat qiladi. Endi esa, ikki oladigan 

bo`lsang,  seni  qamchi  bilan  jazolayman,  deysiz,  bu  ham  unga  benzin 

beradi  va  ikki  olmaslikka  harakat  qiladi.  Bu  insonni  fikrlash  modeliga 

bog`liq. 

 

 

Barchamizni  o`zimizga  yarasha  orzu-maqsadlarimiz  bor  hamda 



ularga  erishishimiz  uchun  qanday  harakatlarni  amalga  oshirishni  ham 

bilamiz,  biroq  yana  o`sha  balchiqqa  botgan  hayotimizda  yashashda 




31 

 

davom etamiz. Umuman harakat qilmaymiz hamda ideal kunni kutamiz. 



Bu aynan motivasiyaning yo`qligidan. 

 

 



Oxirgi  paytlarda,  insoniyatning  98%i  depressiv  holatda  hayot 

kechirmoqda.  Motivasiya  yo`q,  hamma  narsadan  charchagan,  umuman 

quvvat  yo`q, qo`l ishga bormaydi,  faqat  siqilib yotaveradi. Qimirlashga 

ham holi yo`q, aslida bu motivasiyaning yo`qligidan. 

 

 

Agar sizdan nimanidir tortib olishsa yoki sizga kimdir ilhom bersa, 



birdaniga  harakatga  kirisha  boshlaysiz.  Kutilmaganda  ishga  ishtaha 

ochiladi, depressiya ham esdan chiqib ketadi.  

 

 

Endi  bu  holatdan  qanday  qutilsa  bo`ladi.  So`nggi  paytlarda 



motivasion kitoblar hamda youtubeda videolar hamda hujjatli filmlar juda 

ham  ko`payib  ketgan.  Ayni  shunday  video  yoki  kitobni  o`qiganimizda, 

birdan  kuch-quvvat  yog`ilib  keladi,  birdan  hamma  narsaga  qodir 

monsterga  aylanasiz.  Bir  necha  kun  yaxshi  kayfiyatda,  ko`tarinki  ruh 

bilan  ishlaysiz,  yashaysiz.  Ammo  biroz  vaqt  o`tgach,  yana  o`sha  eski 

bodqoqqa botib, depressiv ruhda yashash boshlanadi. 

 

 

Endi  yechim  qanday?  Ko`plab  motivasion  kitoblarni  sotib  oling 



yoki  yuklab  oling.  Videolarni  yuklab  oling.  Hujjatli  filmlarni 

kompyuteringizga  yoki  telefoningizga  yig`ib  qo`ying.  Sizga  yuqori 

kayfiyat  bag`ishlaydigan  hamda  motivasiya  beradigan  musiqalarni, 

qo`shiqlarni,  joylarni,  insonlarni,  taomlarni,  xullas  barcha-barchasini 

yozib  oling  va  ularni  to`plab  qo`ying.  Har  kuni  bir  soat  vaqtingizni 

motivasion  soat  sifatida  e`lon  qiling.  Bu  ertalab  yarim  soat  hamda 

kechqurun  yarim  soat  bo`lgani  ma`qulroq.  O`zingizni  kuzating,  kunni 

qaysi  qismida  ko`pincha  motivasiyangiz  yo`q  bo`lib  qoladi,  yaxshilab 

kuzating, ayni shu vaqt har kuni video ko`ring, kitob yoki maqola o`qing. 

Yoki yoqimli motivasion musiqangizni eshiting. Ana shu holatda sizning 

bakingiz benzinga to`la yuradi. 

 

 



Insonni  mashinaga  o`xshatib  ko`rsak,  motivasiya  –  bu  uning 

benzini.  Agar benzin tugasa,  mashina  yuradimi? Yo`q!  Xuddi  shunday, 

motivasiya  tugasa,  inson  ham  ishlashdan  to`xtaydi.  Shunday  ekan, 

o`zingizga  kerakli  motivasiyani  yig`ib  oling  hamda  hamisha  benzinga 

to`la holatda yuring. Vazifa fikrimcha tushunarli bo`lgan bo`lsa kerak! 

 



32 

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin