Sotilmasin!



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix01.01.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#50486
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
[ @biznes kitob ] Life management

11-kun. Pozitiv hayot 

 

 

Endilikda  eng  muhim  narsani  aniqlab  olishimiz  lozim.  Bizning 



dunyomizda  ikki  xil  insonlar  bor,  atiga  ikki  xil.  Birinchi  turdagilar 

hamisha  hayotidan  noligan,  kelajakdan  qo`rqadigan,  o`zini  va 

atrofdagilarni  salbiy  energiya  bilan  to`ldirib  yurishadi.  Ularda  hamisha 

hammasi yomon, hech qachon to`yishmaydi va hech qachon hech narsa 

ularning ko`nglidagidek bo`lmaydi. Ertalab o`zini  majburlab turg`Izadi, 

majburan  ishga  boradi,  majburan  yashaydi.  Bu  turdagi  insonlar  hech 

qachon  muvaffaqiyatga  erisha  olishmaydi,  sababi  ular  muvaffaqiyat 

aslida nima ekanini ham bilishmaydi. 

 

 

Ikkinchi turdagi  insonlar  hamisha pozitiv hayot kechirishadi.  Ular 



ijobiy fikrlashadi, o`tmishdagi voqealar faqat ularning foydasiga ishlagan, 

kelajak  ham  faqat  yorqin  bo`ladi.  Ular  hamisha  hamma  narsaga 

erishishadi, ular hamisha to`q yashashadi, hamisha kayfiyat a`lo darajada, 

hamisha boshqalarga foyda keltirish haqida o`ylashadi, chunki o`zlarida 

quvonch hamda baxt to`lib yotibdi. Nimaiki qilishmasin, hamisha hamma 

ishlari  yutug`  bilan  tugaydi,  hamisha  shukur  qilib  yashashadi  va 

atrofdagilarni ham baxtli qilishga harakat qilishadi. 

 

 



Endi yaxshilab  fikrlab ko`ring,  siz  qaysi toifaga  mansubsiz?  Agar 

birinchi  toifa  bo`lsa,  sizning  kelajagingizni  aytib  bera  olaman,  faqat 

qorong`ulik hamda mag`lubiyatlar, yanada ko`proq nolishlar, siqilishlar. 

Ikkinchi  toifaga  mansub  bo`lsangiz,  sizni  yangi  zafarlar  bilan 

tabriklayman.  Sizni  faqat  bir-biridan  go`zal  g`alabalar  hamda  insonlar 

kutishmoqda. Siz hech qachon cho`qqidan tushmaysiz. Xuddi shu tempda 

yashashda davom eting. 

 

 



Birinchi  toifa  esa  sizlarga  rahmim  kelyapti,  sababi  siz  o`zingizni 

ushbu Jahannam qariga otgansiz. Bunda sizning ham, boshqalarning ham 

aybi yo`q, hasad qilishga shoshilmang. 

 

 



Eng  qiziq  joyi  shundaki,  birinchi  toifa  ham,  ikkinchi  toifa  ham 

insonlar. Birinchi toifada nimaiki bo`lsa, ikkinchi toifada ham xuddi shu 

narsalar bor, hatto-ki birinchi toifada ikkinchi toifaga nisbatan 10 barobar 

ko`proq narsalar hamda imkoniyatlar bo`lishi mumkin. 

 



33 

 

 



Ikkala toifaning ham ikkita qo`li, ikkita oyoqlari, ikkita qulog`I va 

bitta burni bor. Ular ham, bular ham bir xil. Muammo nimada unda? 

 

 

Muammo  ularning  fikrlashlarida.  Mana  asl  muammo  qayerda. 



Optimistlar hamda pessimistlar turli xil fikrlashadi. Optimist stakanning 

yarmi to`la desa, pessimist yarmi yo`q, deb hisoblaydi.  

 

 

Bu  juda  chuqur  qazilgan  ong  osti  omborlaridan  kelib  chiqiladi. 



Bolakay tug`ilishi bilan atrofdagilarga qarab hayotni o`rgana boshlaydi. 

Bu payt bola ongi top-tozza, xuddi oppoq varoqqa o`xshaydi. So`ng, ota-

ona,  qarindoshlar,  qo`shnilar,  do`stlar  uning  pokiza  ongiga  o`z 

yozuvlarini yozishni boshlashadi. Bola hamma narsani haqiqat, deb qabul 

qiladi. Bu jarayon 7 yoshgacha davom etadi. 7 yoshdan boshlab, yosh bola 

ilk  mustaqil  hayotga  qadam  tashlay  boshlaydi,  bu paytgacha uning ong 

osti qismi barcha o`ziga kerakli dasturlarni yozib olib bo`lgan bo`ladi. Va 

to  o`lguniga  qadar  ushbu  dasturlardan  foydalangan  holatda  yashashni 

boshlaydi.  Umr  davomida  ba`zi  dasturlar  boshqa  dasturlarga  o`zgarishi 

mumkin, lekin bu ham juda katta ahamiyatga ega bo`lmaydi. 

 

 

Ayni  shu  ong  ostiga  yozilgan  dasturlar  sizni  shu  ahvolga  solgan. 



Ya`ni  sizning  optimist  yoki  pessimist  bo`lishingizga  aynan  ushbu 

dasturlar  sababchi  bo`lgan.  Badavlat  insonlar  hamda  kambag`al 

insonlarning  farqi  nimada?  Ularning  fikrlashida.  Muvaffaqiyatli  hamda 

muvaffaqiyatsiz  insonlarning  farqi  nimada?  Ularning  fikrlashida. 

Kambag`al  insonlar  bir  amallab  yashab  qolishga  va  ko`proq  olishga 

intilishadi. Badavlat insonlar esa nimadir yaratishga, qandaydir g`oyalarni 

haqiqatga aylantirish fikri bilan yashashadi.  

 

 



Endi nima qilamiz? Qanday qilib, miyamizda to`lib qolgan negativ 

axlatlarni  yo`q  qilishimiz  mumkin?  Mana  sizga  shunday  bir  misol 

keltiraman,  agar  sizning  salbiy  dasturlaringizni  olib,  o`rniga  ijobiy 

dasturlarni yozib qo`ysak, siz shunday hayot kechirasizki, o`zingiz ham 

tasavvur qilmagan yorqin hayotga chiqasiz. Siz kutilmaganda eng pastki 

o`rindan  eng  yuqori  cho`qqilarga  chiqa  boshlaysiz,  fikrlashingiz, 

gaplaringiz, ish-harakatlaringiz, hamma-hammasi kutilmaganda o`zgarib 

ketadi. Siz boshqacha yashashni boshlaysiz. 

 

 

Agar  bir  imkoniyat  bo`lib,  barcha  kambag`al  hamda  badavlat 



insonlarning  bor  boyliklarini  tortib  olib,  hammalariga  teng  taqsimlab, 


34 

 

tarqatib  chiqilsa.  Bir  qancha  vaqtdan  so`ng,  yana  badavlatlar  boy 



yashashni  boshlaydi,  kambag`allar  esa  o`sha  bodqog`lariga  botgancha 

o`tiraverishadi.  

 

 

Endi  nima  qilamiz?  Dasturlarni  qanday  almashtiramiz?  Oldindan, 



ogohlantirib qo`yaman,  bu  juda  qiyin ish.  Ammo uddalasangiz,  istagan 

orzu-maqsadlaringizga bir deganda erishishni boshlaysiz. 

 

 

Xo`sh, pozitiv hayot eshiklarini ochishni boshlaymiz bo`lmasam.  



 

1) Avvalo,  vizualizasiya  degan  narsani  o`rganishingiz  kerak.  Kun 

davomida 20 daqiqa vaqtingizni vizualizasiya mashqiga sarflashingiz 

kerak.  Bu  mashq  davomida,  siz  shunchaki  hotirjam  joyga  kirib 

o`tirasiz, 

go`zal 


musiqani  qo`yib 

olasiz  hamda 

o`zingizni 

muvaffaqiyatga  erishgan  insondek  tasavvur  qila  boshlaysiz. 

Mashinalaringiz bor, boyliklaringiz bor, nimaniki istasangiz, uni xuddi 

sizda allaqachon bordek tasavvur qiling; 

 

2) Affirmasiyalar.  Siz  o`z  ong  ostingizga  qanday  dasturlar  yozishni 



aniqlab  olishingiz  kerak.  Affirmasiyalar  ayni  shunday  yozuvlar. 

Affirmasiyalar  misol  uchun  mana  bunday  holatda  bo`ladi:  “Men 

pozitiv  fikrlayman.  Men  juda  ham  baxtli  yashayapman.  Har  kuni 

boylik hamda baxt  ortimdan  quvlab  yurishibdi.  Atrofimdagi insonlar 

meni yaxshi ko`rishadi, men ham ularni yaxshi ko`raman. Hayotimdagi 

barcha  orzularimga  birin-ketin  erishyapman.  Hayotim  faqat  ijobiy 

hissiyotlarga to`la va h.k.” Har kim o`ziga qanday dastur kerak bo`lsa, 

shunday  dastur  yozsin.  So`ng,  erta  tongda  uyqudan  turganda  hamda 

kechqurun uxlash oldidan ushbu  affirmasiyalarni 5 daqiqa davomida 

qaytaring.  Bir  necha  kun  o`tgach,  hayotingizda  kutilmagan  voqealar 

ro`y bera boshlaydi; 

 

3) Shukronalik. Hotirjam o`tiring. Bitta varoqqa siz bu hayotda qanday 



natijalarga erishgan bo`lsangiz hammasini yozing, hatto-ki eng kichik 

yutug`laringizni  ham  yozavering.  Misol,  faxriy  yorliq  olganingiz, 

kimgadur  yordam  berganingiz  va  h.k.  Va  har  kuni  shu  yozuvlarni 

o`qib,  Yaratganga  shukronalar  ayting,  bu  ham  juda  kuchli  mashq 

hamda sizning hayotingizni global tarzda o`zgartirib yuboruvchi kuchli 

quvvat  manbayi.  Qolaversa,  har  kungi  erishgan  yutug`laringiz,  hatto 




35 

 

kichiklarini  ham  yozib  yuring.  Bu  sizning  quvvatingizga  quvvat 



qo`shadi; 

 

4) Kitoblar. Pozitiv kitoblar o`qishga harakat qiling. Har bir yozuvchi o`zi 



yozayotgan  kitobga,  uning  o`sha  paytdagi  holati,  kayfiyati  hamda 

emosional quvvatini beradi. Bu qandaydir tushunarsiz energiya. Ba`zi 

kitoblarni o`qib, siz energiyaga to`lib ketasiz, ba`zilarini o`qigach esa 

tushkunlikka  tushib  qolasiz.  Iloji  boricha,  muvaffaqiyatga  erishgan 

insonlarning  hayotini ko`proq  o`qing, ular  yozgan kitoblarni, biznes, 

psixologiya  va  shunga  o`xshash  insonni  ruhlantiradigan  kitoblarni 

ko`proq o`qishga harakat qiling; 

 

5) Sizga  pozitiv  kayfiyat  bag`ishlovchi  hamma  narsadan  foydalaning. 



Bizning  dunyomizda  ajoyib  bir  qonun  bor  –  bu  gullab-yashnash 

qonuni.  Gullab  yashnash  qonuni  shundan  iboratki,  siz  nimaniki 

eksangiz,  shuni  o`stirib,  katta  qilib,  qo`lingizga  tutqazishadi.  Dunyo 

faqat o`sadi hamda rivojlanadi. Bola tug`ilgach, yosh bolaligicha qolib 

ketmaydi, u o`sishni boshlaydi. Daraxtlar kichik urug`dan, katta mevali 

daraxtlarga aylanishadi. Ya`ni dunyo – bu katta dala, siz unga nimaniki 

eksangiz,  uni  o`stirib,  katta  qilib  beraveradi.  Sizning  kichik  pozitiv 

xayolingiz,  gapirgan  gapingiz  hamda  ish-harakatingiz,  o`sib,  sizga 

million  barobar  bo`lib  qaytib  keladi.  Pozitiv  insonlar  bilan 

suhbatlashing,  pozitiv  musiqalar  tinglang,  pozitiv  filmlarni  tomosha 

qiling, pozitiv ohangda suhbatlashing, xullas ijobiy hayot kechiring.  

 


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin