39
olish mumkin, xolos, so`ng u o`chadi. Shu sabab, har bir qilayotgan
ishingizni xuddi ilk bor qilayotgandek his qiling. Bu birinchisi.
Ikkinchisi xato qilishdan qo`rqmaslik kerak. Bu gapni gapirish oson,
lekin bu dunyoda hech kim mukammal emas va aslida ayni shu
mukammal bo`lmagani ham o`ziga xoslikni yaratadi. Mukammal faqat
Yaratgan, biz esa oddiy bandalarmiz. Shunday ekan, mukammal
chiqmasa, xafa bo`lmang, shukur qiling, muhimi siz shu ishni
qildingiz, axir qilmasligingiz ham mumkin ediku! Perfeksionizmdan
da`volanishning yana bir yo`li, hamisha atayin bir qancha xatolar
qiling. Hatto to`g`ri qiladigan ishlaringizda ham kichik-kichik xatolar
qiling va ularni qabul qilishga harakat qiling. Bu faqat da`volanish
uchun, tag`in bir umr shu yo`sin yashab yurmang. Xatolarni to`g`ri
qabul qilishni o`rgangach, siz yana bir pog`ona yuqoriga chiqasiz.
Xatolar aslida eng buyuk ustozlar. Agar xato qilmasak, hech narsani
o`rgana olmaymiz. Xato qildikmi, ushbu xato ustida biroz mulohaza
qilish lozim, ya`ni qanday qilib keyingi safar ushbu xatoga yo`l
qo`ymasligimiz mumkinligi haqida o`ylab ko`rishimiz lozim, ana
shunda hamma narsadan unumli foydalangan bo`lamiz. Hamma
narsani o`ziga yarasha gashti hamda rohati bor, faqat biz buni
bilmaymiz;
c) Bugungi kun bilan yashang. Bizni ishimizni ertaga suruvchi asosiy
omillardan yana biri – bu global rejalar tuzish. Ba`zi insonlar umrini
oxirigacha bo`lgan muddatga ham reja tuzib qo`yishadi. Hech qachon
global reja tuzmang, sababi hayotingiz istagan payti o`zgarishi
mumkin, istagan payti kutilmagan voqealar ro`y berishi mumkin.
Sizning o`z rejalaringiz bor, lekin Yaratganning sizga nisbatan o`z
rejalari bor. Shu sabab, rus xalqida ajoyib ibora bor: “Xudo kuldirishni
xohlasang, unga rejalaring haqida gapirib ber”. Ya`ni, sizga nima
yaxshiroq ekanini taqdirni o`zi yaxshiroq biladi, u hamisha sizni to`g`ri
yo`lga olib borishga harakat qiladi. Misol uchun, ishlaringiz
yurishmayaptimi, kayfiyat yo`qmi, demak siz butun Olamga zid
ravishda yashamoqdasiz, tezda xatoyingizni toping va to`g`rilang.
Agar hayotingiz zo`r ketyaptimi, hammasi joyidami, demak siz Olam
qonunlariga amal qilgan holatda yashamoqdasiz, shu sabab sizga
hamma narsani yetkazishmoqda. Global rejalarga kelsak, biz ularni
o`ylagan holatda juda uzoq vaqt yo`qotishimiz mumkin, qolaversa
undan keladigan stress darajasi juda yuqori. Global rejalarga asoslanib
yashash faqat zarar keltiradi, xolos. Shu bois, bugungi kun bilan
40
yashang, bugungi kundan rohatlanishni o`rganing, hali bu kun yana
keladimi yoki yo`qmi, hamma narsani qadriga yetishni o`rganing.
Mana sizga oddiy misol. Tasavvur qiling, sizni atiga bir kungina
umringiz qoldi, xo`sh, sizda qanday o`zgarishlar ro`y berdi? Birdan
muammolarni unutdingiz, sal bo`lsa ham kutilmaganda hotirjamlik
keldi, global rejalar yo`qoldi, mana shu kunni qanday qilib to`liq
yashab o`tish haqida o`ylab qolasiz. Va bu kun xuddi bir umrdek totli
o`tadi, xuddi shu uslubda yashashni maslahat beraman, avvalambor,
barcha ishlaringizga ulgurasiz, qolaversa baxt degan tushunchani ham
yo`qotmaysiz.
Dostları ilə paylaş: