3) Shoshqaloqlik – sizning qon-qoningizga singib ketgan nuqsonlar ichida
eng dahshatlisi. Shoshilib, hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz.
Ko`pchiligimiz qaysidir bir ishga kirishsak, darrov miyamiz eng so`nggi
nuqtagacha bo`lgan ssenariyni boplab tuzib qo`yadi. Agar hammasi o`sha
ssenariy bo`yicha bo`lmasa, biz stressga tushib qolamiz. Eng yomoni
shundaki, miyamiz hammasi tezroq, iloji bo`lsa hoziroq ro`y berishini
xohlab qoladi. Mana shunda chinakam sinov boshlanadi. Sizga bitta
rivoyat aytib beraman, xulosani o`zingiz chiqaring.
Mashhur bir olim hind rohiblaridan birining oldiga kelib, unga
shogirdlikka tushmoqchiligini hamda rohiblik sirlarini to`lig`icha
o`rganmoqchiligi haqida aytibdi.
- Ustoz, rohiblikning barcha sir-asrorlarini o`rganishimga qancha vaqt
ketadi? – deb so`rasa, ustoz ko`zlarini chimirib:
- 5 yil – debdi. Olimning peshonasidan tutun chiqib ketay, debdi.
- Agar ikki baravar tezroq ishlasamchi, barcha mashqlarni ikki baravar
ko`proq bajarsamchi? – deb so`raganida, ustoz:
- Unda 10 yil ketadi, - deb javob qilibdi. Olim hayron bo`lib:
- Agar yemay-ichmay, uxlamay, mehnat qilsamchi? – deb so`raganida,
ustoz o`ylab ham o`tirmay:
- Roppa-rosa 15 yil ketadi, - deb javob beribdi. Shogird hayron bo`lib:
- Iye, nega mehnat qilganim sari muddat uzayib ketyapti? – deb
so`raganida, ustoz:
- Sen qancha shoshganing sari, shuncha ishlar chala-chulpa ketaveradi. Uni
boshqatdan boshlashga esa yana shuncha vaqt kerak. Unutma,
shoshganing sari, ishing orqaga qarab ketaveradi. – deb javob bergan
ekan.
41
4) Qo`rquvlar hamda shubha-gumonlar. Qo`rquv – bu bizning biron bir
holatga nisbatan beradigan negativ ong osti reaksiyamiz. Ya`ni, bu
instinkt. Qo`rquv hammada bor va hamisha bo`ladi. Qo`rquv o`z
navbatida juda ham foydali, aks holda allaqachon ota-bobolarimizni
dinozavrlar yeb ketgan bo`lardi. Qo`rquvning asl instinkti bizga juda
ham kerak. Ammo u miyaga o`rnashib qolsa, asta-sekin fobiyaga
aylanadi va hayotingizni do`zahga aylantiradi. Endi sabab ortidagi
sababga qaraylik, siz nega qo`rqasiz? Yaxshilab ildizini kavlab
ko`rsak, siz qaysidir voqeadan qo`rqmaysiz. Aksincha siz uning
ortidagi noma`lumlikdan qo`rqasiz. Eng baland darajadagi qo`rquv –
bu o`limdan qo`rqish. Sababi, biz o`limdan so`ng nima bo`lishini
bilmaymiz, shu sabab qo`rqamiz. Demak, barcha qo`rquv
noma`lumlikdan kelib chiqadi. Buni bartaraf qilish ajoyib uslub o`ylab
topilgan, aniqrog`I bu juda qadimda o`ylab topilgan. Ushbu
strategiyani ilk bor Yuli Sezar qo`llagan.
Sezarning va uning armiyasi Buyuk Britaniya hududlari haqida
bilishardi va u yerni ham o`z koloniyalariga aylantirish niyatlari mavjud
edi. Ular o`z kemalarida kattagina flot bilan suvdan suzib o`tishgan hamda
Britaniya qirg`oqlarida to`xtashkan. Bir necha kundan so`ng askarlar
ichida vahima boshlangan, sababi ular Britaniyaliklarda qancha qo`shin
bor, ularning armiyasi qay darajda qurollanganligini bilishmasdi. Shu
sabab, hali ular bilan ko`rishmasdan, qo`rquvga tusha boshlashgan. Bu
holat askarlar ruhiga qattiq zarba berishini Sezar juda yaxshi bilardi, shu
bois u bir g`aroyib ish qilgan. Barcha kemalarni yoqib yuborgan. Endi
orqaga qaytishga yo`l yo`q edi. Askarlar oldiga ikkita shart qo`ygan:
“Yoki borib kurashib halok bo`lib, mag`lubiyatga uchraymiz yoki
bo`lmasam, ular ustida g`alaba qozonib, yurtimizga zafar bilan
qaytamiz”. Askarlarni boshqa ilojlari qolmagan hamda ular Britaniyaga
bostirib kirishgan. U paytlarda Britanlar qoloq xalq edi, askarlari esa
rimliklardan 1000 barobar kuchsiz edi. Rimliklar osonlik bilan butun
Britaniyani zabt etib, uylariga g`alaba bilan qaytishgan.
Xulosa, o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, siz ham yoki qo`rquvga
tik qarab, qo`rqayotgan ishlaringizni qilasiz hamda g`alaba qozonasiz
yoki qo`rquv ichida bir umr o`zingizni ezib yashayverasiz. Eng zo`r yo`li
– bu qo`rquv bilan yuzma-yuz chiqish lozim.
42
Yana bir uslubi – bu qo`rquv bilan do`stlashib olish lozim.
Qo`rquvning ham o`ziga yarasha foydali taraflari bor, u sizni nimadandir
asrab qolmoqchi bo`lishi mumkin. Uni yaxshilab eshiting va qo`shimcha
choralar kiriting. Vaqti kelsa, qo`rquv ehtiyotkorlikka aylanib, sizning
eng zo`r maslahatchingizga aylanib ham qolishi mumkin.
Shubha-gumonlar bo`lsa qo`rquv janoblarining aka-ukalari. Ulardan
hamdan qo`rquvdan qutulishning yana bir yaxshi yo`li, biron shubha-
gumonda hamda qo`rquvda yashab turgan insonni toping hamda uni
shubha-gumon va qo`rquvlaridan halos bo`lishiga yordam bering, bu
sizning ong ostingizda ijobiy karma urug`larini sepishi mumkin va tez
orada siz ham qo`rquv hamda shubha-gumonlaringizdan qutulasiz.
Dostları ilə paylaş: |