45
ichimizga yutganmiz. Eng yomoni, o`zimizni qaysidir ishda aybdor
hisoblab qo`yganmiz va buni eslashdan uyalamiz. Bu aybdorlik hissi,
deyiladi. Bu ham ko`plab energetik kanallarni berkitib qo`yadi.
Endilikda qanday qilib, ushbu negativ emosiyalarni yo`q qilib,
o`rniga yorqin emosiyalarni yozishimiz mumkin?
Juda ham oddiy – shunchaki o`zimizni ham, boshqalarni ham
kechirishimiz lozim, ana shundagina qalbimiz biroz taskin topadi.
Hayotimiz ancha yengillashadi.
Bu uchun ajoyib bir mashq bor. Ushbu mashqni har kuni kechqurun
uxlashdan oldin qilishni maslahat beraman.
Ko`zingizni yuming va chuqur nafas olib chiqaring. O`zingizni
bo`sh qo`ying. Hech kimga va hech narsaga e`tibor qilmang, xayolingizni
faqat nafasingizga qarating. Bir necha daqiqa shunday o`tirgach,
tasavvuringizda teatr hosil qiling. Siz katta kinoteatrdasiz. Va u yerda
sizdan boshqa hech kim yo`q, siz ekranda nimalarnidir tomosha
qilmoqdasiz.
Ekranda sizning butun hayotingiz ko`zingizning oldidan birma-bir
o`tib ketmoqda. So`ng, birdan ekran qorong`ulashdi va sahnaga birma-bir
sizni xafa qilgan insonlar chiqib kela boshlashdi. Ularni aniq tasavvur
qiling, ular kelishyaptida, sizga “eslaysanmi, falonchi vaqtda, pistonchi
yomonlik qilib, dilingni og`ritgandim, shunga sendan kechirim
so`ramoqchiman” deyishmoqda. So`ng, siz ularni bag`rikenglik bilan
kechiryapsiz va bag`ringizga bosib qo`ymoqdasiz. Ana shu vaqt birdan,
ko`nglingiz yumshashni boshlayapti. Har bir sizni xafa qilgan insonni
tasavvur qiling va ularni kechirib yuboring.
Keyin bo`lsa, siz xafa qilgan insonlar birma-bir chiqishmoqda, siz
ulardan kechirim so`raysiz. Ular ham kechirishadi. Siz ham kechiring,
ular ham kechirishsin. Hayot bir marta beriladi, endi shu hayotni ham
arazlarda, urush-janjallarda o`tkazish juda ham uyat. Qo`ying, hammasini
kechirib yuboring, kim ham xato qilmaydi, deysiz? Har kim xato qiladi,
kechiravering.
46
Keyin bo`lsa, siz o`zingizni kechiring, barcha xatolaringizni
kechirib yuboring. Agar siz qilgan ishingizni xatoligini tushunib
yetdingizmi, demak siz endi yomon inson emassiz, siz u emassiz, siz
boshqa insonsiz. Nega endi sizning yangi “Men”ingiz oldingiz
“men”ingiz qilgan xatolar uchun tovon to`lashi kerak ekan?! Kechirib
yuboring hammasini. Siz endi boshqa insonsiz!
Ushbu mashq sizga uzoq vaqt hotirjam yashashingizga yordam
beradi. Qalbdagi barcha quvvat kanallari ochiladi, maqsadlar o`zgara
boshlaydi, harakatlar aniqlashadi, hayot ham go`zallashib qoladi.
Dostları ilə paylaş: