Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko‘maklashadi.
Modellashtirish metodibilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning modellarini o‘rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda, sxematik ko‘rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqot natijalari, modeldan ob’ektga ko‘chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.