xususiyatlari ularning mehnat bilan bandligi, mehnat turi, oilaviy,
turmush sharoiti va, shu kabilarda ko‗rinadi. Ularni og‗ir jismoniy
mehnatdan xalos etish masalasi hozirda eng muhim masalalardandir.
Sobiq sovet davrida o‗zbek xotin-qizlari qishloq xo‗jaligida ayovsiz
ekspluatasiya qilindi. Natijada ularning salomatligi keskin yomonlashdi.
Kasalmand, nimjon onalardan hech qachon sog‗lom
farzand dunyoga
kelmaydi. O‗zbek yoshlarining har uchtadan bittasi,
hatto harbiy
xizmatga qodir bo‗lmay qolgan edi. Prezident I. A. Karimov tashabbusi
bilan ilgari surilayotgan «Sog‗lom avlod davlat dasturi» uchun
kurashish millat kelajagini ta‘minlashning eng muhim masalasidir.
Aholi oilaviy tarkibining soni, moddiy turmush darajasi, daromadi,
oilaviy munosabatlarni va shu kabi masalalarni o‗z ichiga oladi. Oilani
oziq-ovqat va iste‘mol mollari bilan ta‘minlash muammolari davlat
ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadini ifoda etadi. Oila tarkibini
Sotsiologiya ning maxsus sohasi – «Mikrosotsiolagiya» da ham chuqur
tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.
Unda uning iqtisodiy, psixologik
jihatlarini e‘tiborda tutish zarur. Nikoh munosabatlari, yolg‗iz
yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini o‗rganish jamiyat ijtimoiy
tarkibi hayotini ijobiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Oddiy bir
misol: diniy munosabatlarda ilgari nikoh muqaddas sanalar edi. Sobiq
sovet tuzumi davrida dinning ijtimoiy hayotdagi mavqeiga putur
yetkazilishi
va
dahriylikning
kuchayishi
oqibatida
nikoh
munosabatlariga muqaddas deb qaralmay qo‗yildi. Nikoh shunchaki,
rasmiy ro‗yxatga olishdan iborat bo‗lib qoldi. Natijada oila
muqaddasligi yo‗qolib, qo‗ydi-chiqdilar ko‗paydi. Bu esa jamiyatning
nafaqkat
iqtisodiyotiga,
balki
ma‘naviy-axloqiy,
psixologik
munosabatlarning barqarorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsata
boshladi,
noaxloqiy tendensiyalarning kuchayishiga olib keldi, yosh avlod
tarbiyasiga zarar yetkazildi. Jamiyatda tirik yetimlar soni ko‗paydi.
Davlat yetimxonalarining soni ortdi. Moddiy va boshqa jihatdan
yetarlicha ta‘minlanganligiga qaramay ularda tarbiya topgan bolalar
oilada, o‗z ota-onalari bag‗rida voyaga yetgan bolalardan farq qila
boshladi.
Sotsiologiya da aholining genetik tarkibini o‗rganish borgan sari
moddiy ahamiyatga ega bo‗lmoqda. Unga aholining tabiiy va migrasiya
harakati kiradi. O‗zbek millati boshqa millatlarga nisbatan o‗z tug‗ilib
o‗sgan joyiga ko‗proq bog‗langan bo‗ladi. Ayniqsa, Farg‗ona vodiysi
aholisida bunday xususiyat kuchli. Shuning uchun ham vodiyda aholi
zichligi boshqa hududlardagiga nisbatan ortiq.
XULOSA
Xulosa
qilib aytganda, jamiyat ijtimoiy tarkibini Sotsiologiya fani
doirasida o‗rganish, uning rivojlanish istiqbollarini, o‗ziga xos
xususiyatlarini, mavjud ijtimoiy
muammolarini tadqiq etishda va zarur
ilmiy-amaliy tadbirlar ishlab chiqishda muhim ahamiyagta egadir.
Qishloq aholisining ijtimoiy tarkibi jamiyat ijtimoiy tarkibining
muayyan bo‗lagi hisoblanadi, qishloq aholisi ijtimoiy munosabatlarining
muhim belgilari:
bu, yagona mehnat, yer, mulkiy boshqaruv
munosabatlarini o‗z ichiga oladi.hozirda qishloq
aholisining tarkibida
ham
tabaqalashuv
jarayoni
kuchaymoqda.
Ayniqsa,
qishloqqa
sanoatning kirib kelishi, savdo-sotiqning rivojlanishi va boshqa omillar
oqibatida qishloq aholisi turli guruhlardan iborat bo‗lgan ijtimoiy birlik
sifatida rivojlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, sotsial munosabatlar muammosini yangi,
yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu
muammoni konkret sotsiologik tadqiqot bilan o‗rganish joizdir. Chunki
Sotsiologiya nafaqat bu muammonigina emas, balki butun ijtimoiy
hayot jarayonlarni keng qamrovda kompleks
xarakterda va amaliy
natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi.
O‗zbekiston o‗z milliy puliga ega bo‗lishi munosabati bilan
iqtisodiy
va taqsimot munosabatlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsata boshladi.
O‗zbekiston ichki bozorini to‗ldirish — davlat siyosati darajasida olib
borilmoqda. Ammo hozirda hamdo‗stlik mamlakatlari o‗rtasidagi
iqtisodiy integrasiyaning vaqtincha buzilganligi oqibatida yuzaga
kelgan iqtisodiy taqchillik, ayniqsa, xalq iste‘moli mollari tanqisligi
iqtisodiy va taqsimot munosabatlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi. Uning
oqibatida kishilarning turmush darajasi ancha pasaydi.
O‗zbekiston davlatining bu sohadagi siyosati ―milliy boylikning
ko‗payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib
turmush va ish sharoitlarini ta‘minlaydigan qudratli,
barqaror va
jo‗shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishdan iborat buyuk
maqsadni ko‗zlamoqda.
Iqtisodiyot va taqsimot munosabatlari Sotsiologiya fani doirasida
tadqiqot ob‘ekti sifatida muhim o‗rin tutadi.