Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ijtimoiy guruhga va
undagi hududiy, tarmoq (soha) va ijtimoiy mavqe yo‗nalishiga
mansubligi bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari yana, shaxs jinsi,
yosh jihati, ommaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi,
ma‘lumoti, ilmiy darajasi kabi me‘zonrlar bilan ham o‗rganiladi.hozirgi
bozor munosabatlariga o‗tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy
guruh va ayrim shaxslar qanchalik
moddiy imkoniyatga egaligi,
jamg‗arma mablag‗i miqdori kabi tomonlarni o‗rganishni ham talab
etadi.
Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi
bo‗lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko‗p
ukladli, dunyo sari ochiq yuz tutgan iqtisodiyot paydo bo‗layotir.
Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari
sotsiologiyasini ishlab chiqish Sotsiologiya fanining asosiy vazifalaridan
biri bo‗lib qolmoqda.
Hozirda
mehnatning
mazmunini
chuqur
va
har
jihatdan
o‗zgartirmay turib, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida sifat o‗zgarishiga
erishib bo‗lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, mehnatga yangicha
munosabatni
tarkib toptirish, yangi texnologiyani yaratish, fanni yanada
taraqqiy ettirish, munosib
malakali kadrlar tayyorlash, maorifni tubdan
yangilash kabi kechiktirib bo‗lmaydigan vazifalar amalga oshirilmog‗i
lozim.
Iqtisodiyot sotsiologiyasi ishlab chiqarish va mehnat jarayonini,
taqsimot
munosabatlari, moddiy ta‘minot, aholining moddiy turmush
darajasi va shu kabi jamiyatning iqtisodiy rivojlanish sohasidagi
qonuniyatlarni o‗rganadi.
Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, eng avvalo, uning iqtisodiy
asoslari bilan bog‗liq bo‗ladi. Ijtimoiy rivojlanish darajasi qanchalik
yuqori bo‗lsa, ijtimoiy hayotdagi boshqa sohalarning rivojlanish darajasi
ham shunga mos ravishda taraqqiy qilib boradi. Masalan, AQSh,
Yaponiya,
Janubiy Koreya, Yevrupo mamlakatlarining iqtisodiy
rivojlanganligi va aholining turmush darajasi madaniyati, xizmat
ko‗rsatish sohalarining taraqqiyotini belgilab beradi.
Iqtisodiy munosabatlarni o‗rganishda asosiy e‘tibor: mehnatning
ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati va taqsimot munosabatlariga
qaratiladi.
Jamiyat a‘zolari tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar ular
o‗rtasida qanday tarzda va qay miqdorda taqsimlanishidagi
farq ijtimoiy
guruhlar o‗rtasidagi farqni keltirib chiqaradi. Xususiy mulkning qonuniy
deb e‘lon qilinishi bilan jamiyatimiz ijtimoiy tarkibidagi tekischilik asta-
sekin o‗z o‗rnini ijtimoiy mavqei jihatidan va yetishtirilayotgan moddiy
ne‘matlarning taqsimoti jihatidan farq qiluvchi ijtimoiy guruh va
tabaqalarga bo‗linishi ortib bormoqda.
Respublikaning asta-sekin bozor munosabatlariga o‗tib borish
davrida Prezident I. A. Karimov tomonidan belgilangan besh tamoyilga
asoslangan tarzda siyosat yurgizilmoqda. Bularning birinchisi –
iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo‗lishi, uni har qanday mafkuraviy
tazyiqlardan ozod qilish lozimligi.
Ikkinchisi – iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa,
bozor iqtisodiyoti
sharoitida, yangi tuzum barpo etilayotganda davlat boshqaruv tizimini
qo‗ldan chiqarmasligi, ya‘ni davlat asosiy islohotchi bo‗lmog‗i
lozimligidir.
Uchinchisi – qonunlarga barcha baravar rioya etishini ta‘minlash,
ya‘ni qonun ustivorligi.
To‗rtinchisi – kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
Beshinchisi – bozor iqtisodiyotiga shoshqaloqlikka yo‗l qo‗ymay,
bosqichma-bosqich o‗tish zarurligi.
Taqsimot munosabatlari sotsiologiya predmetiga taalluqli bo‗lib,
uning tarkibiga ishlab chiqarish qurollari taqsimoti, jamiyat a‘zolarining
ishlab chiqarishning turli tarmoqlari bo‗yicha joylashuvi va jamiyat
tomonidan ishlab chiqarilgan moddiy ne‘matlar, ishlab chiqarish
qurollari va iste‘mol mollari kiradi. Mohiyat e‘tibori bilan taqsimot
munosabatlari mavjud ishlab chiqarish munosabatlari xarakteriga mos
keladi.
Alohida kishilar va ijtimoiy
guruhlarning iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy faoliyati mohiyati taqsimot munosabatlari harakteri bilan
belgilanadi. Ijtimoiy guruhlar, tabaqalar va alohida olingan kishilarning
real daromadlari darajasi bu daromadlarning o‗zgarishi va rivojlanishi
istiqbollari ularning ijtimoiy-siyosiy pozisiyalarini belgilaydi.
Sovet tuzumi davrida ijtimoiy guruhlarning moddiy daromadlarini
tenglashtirish siyosati yurgizilgan. Natijada kishilarning mehnatga
munosabati susayib,
ijodiylik, omilkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik,
moddiy manfaatdorlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim
stimullari yo‗qala borgan.
Demak, taqsimot munosabatlari jamiyat hayotini, ayniqsa, uning
iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim o‗rin tutadi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tish munosabati bilan,
O‗zbekistonda mulkchilik turli shakllarining
joriy qilinishi va ularning
davlat himoyasiga olinishi
taqsimot munosabatlarida tubdan
o‗zgarishlarga olib kelmoqda. Bu esa, o‗z navbatida, jamiyat iqtisodiy
rivojlanishini ta‘minlashga xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: