Sotsial munosabatlar. Reja: Sotsial munosabatlar tushunchasi, mohiyati va mazmuni. Sotsial munosabatlar turlari



Yüklə 134,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.12.2023
ölçüsü134,1 Kb.
#189182
1   2   3   4   5   6   7
Sotsial munosabatlar

B) Sotsial – sinfiy munosabatlar 
Jamiyatning ijtimoiy tarkibida ijtimoiy-sinfiy munosabatlar ham 
alohida o‗rin egallaydi. Sovet sotsiologiyasida sinfiy munosabatlar, 
sinfiy kurash masalalariga juda keng o‗rin berilib, bu munosabatlar 
ijtimoiy tarkibdagi boshqa barcha elementlar, munosabatlar ichida eng 
muhim va belgilovchi hisoblangan. Buning sababi, unda jamiyatning 
iqtisodiy tarkibi boshqa ijtimoiy guruhlardagiga nisbatan to‗laroq va 
aniqroq aks etadi, - deb ko‗rsatilgan.haqiqatdan ham, davlat sotsializm
davrida mavjud ishchilar va dehqonlar sinfi jamiyatning eng kam 
ta‘minlangan, quyi darajadagi sinflarni tashkil qildi. Intelligensiya 
ijtimoiy qatlami esa moddiy ta‘minlanganlik jihatidan ulardan unchalik 
farq qilmagan. O‗tgan davrda, asosan, ikki sinf — ishchilar va 
dehqonlar sinfi va intelligensiya qatlami mavjud deb ko‗rsatilib, jamiyat 
ijtimoiy 
tarkibidagi 
boshqa 
guruhlar 
(masalan, 
yuqori 
tabaqa 
chinovniklari, mafiya guruhlari va shu kabilar)ning ahamiyati mutlaqo 
tilga olinmas edi. 
Ishchilar sinfi ko‗p qirrali ijtimoiy birlik hisoblanadi. Uning ichki 
tarkibi demografik (jinsi va yoshi bilan), professional — tayyorgarligi 
bilan (mehnatning mazmuni va harakteri bilan), hududiy (ijtimoiy-
hududiy birlik bilan), etnik (milliy farqi) va madaniy-ma‘lumoti bilan 
farq qiluvchi tarkibiy tuzilishga ega. 
Hozirda O‗zbekiston davlati miqyosida milliy ishchilar sinfining 
tarkib topishi uchun shart-sharoit yaratilmoqda. Jahon talablariga javob 
bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun moddiy zamin 
tayyorlanmoqda.Chet 
el 
firmalari 
bilan 
qo‗shma 
korxonalar 
yaratilmoqda. Endilikda, yuqori texnologiyaga asoslangan sanoat ishlab 
chiqarishining malakali ishchi - muhandislar guruhi shakllana boshladi. 
Ishchilar sinfi rivojlanish istiqbollariga erishish uchun ularni 
miqdoriy jihatdan ko‗paytirish bilangina erishib bo‗lmaydi. Avvalo 
mehnatning intellektual mazmunini boyitish, zamonaviy avtomat-
texnologiya bilan jihozlangan iqtisodiy shart-sharoitlarni barpo qilish 
zarur. Amalga oshirilishi kerak bo‗lgan bunday tadbirlar bevosita 
qishloq xo‗jaligi dehqonlari hamda intelligensiya qatlami uchun ham 
taalluqlidir. 


Iqtisodiyotni intensiv ravishda rivojlantirish ijtimoiy-tarkibiy 
aloqalarga kuchli ta‘sir etadi. Shuningdek,
ijtimoiy tarkibdagi iqtisodiy 
va taqsimot munosabatlarining ijobiy rivojlanishi mamlakat tabiiy 
resurslari, hududiy o‗ziga xos xususiyatlar, siyosiy barqarorlik, millatlar 
o‗rtasidagi munosabatlarga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi.
Mamlakat qishloq xo‗jaligi sohasida band bo‗lgan, qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlar ham ijtimoiy tarkibda sinf 
sifatida o‗rin tutadi. O‗zbekistonda aholining 60 foizdan oshig‗i qishloq 
joylarida yashaydi. Milliy daromadning 44 foizdai ko‗prog‗i qishloq 
xo‗jaligidan olinadi Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz 
bo‗yicha mehnatga yaroqli kishilarning 39,3 foizi chorvachilik va 
qishloq xo‗jaligining boshqa tarmoqlarida mehnat qiladi. Ba‘zi 
tumanlarda bu ko‗rsatkich 80-90 foizni tashkil etdi
3

Bulardan ko‗rinib turibdiki, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida 
dehqonlar sinfining o‗rni katta.hozirda mustaqillik sharofati bilan 
O‗zbekiston hukumati dehqonlar mavqeini ko‗tarishga alohida e‘tibor 
bermoqda. Ularning turmush darajasini oshirishda katta ishlar olib 
borilayapti. Uy-joy qurish uchun bepul yer ajratildi Moddiy yordam 
ko‗rsatilmoqda. Ekinzor yerlar ijaraga berilmoqda. Fermerlarning soni 
ortmoqda. Yetishtirgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini shaharga olib 
kelib sotish uchun imkoniyatlar yaratildi. Ularning oladigan yillik 
daromadlari bir necha bor ortdi. 
Dehqonlar sinfi ichida ham tabaqalanish jarayoni tez sur‘atlar bilan 
bormoqda. Ularning tarkibida ishbilarmon, tadbirkor fermerlar paydo 
bo‗ldi. Ijarachilar guruhi ham borgan sari qishloq xo‗jaligida muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Yangi iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi bilan qishloq 
ishchilar sinfi shakllanishiga moddiy zamin tayyorlanmoqda. Boshqacha 
aytganda, qishloqqa sanoat kirib kelmoqda. Bu esa qishloq xo‗jaligida 
mavjud ortiqcha ishchi kuchini ish bilan ta‘minlab, tayyor mahsulot 
ishlab chiqarishni ko‗paytirmoqda. 
Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlab yozadiki, «O‗zbekiston 
iqtisodiyotining bir tomonlama – xomashyoviy yo‗nalishiga qat‘iy 
barham berish respublika ichki siyosatining eng muhim strategiyasi 
hisoblanadi. Faqat xom ashyo yetishtiruvchi va sotuvchi o‗lka surunkali 
nochorlikka giriftor bo‗ladi»
4

3
Каримов И.А. «Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.: «Ўзбекистон», 1996, 68-
бет. 
4
Ўша жойда, 74-бет. 


―Dastlabki hisob-kitob shuni ko‗rsatadiki, agar biz respublikada bor 
xom ashyo va chala mahsulot ishlab chiqarishni tugal jarayonga 
yetkazib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗ysak, 
respublikamizda 
yalpi 
milliy 
mahsulot ishlab chiqarishni ikki 
barobardan ziyod, milliy daromadni esa taxminan uch barobar 
ko‗paytirishimiz mumkin‖
5
.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida ziyolilar qatlami ham salmoqli o‗rin 
tutadi. Intelligensiya aqliy mehnat mutaxassislari bo‗lib, ijtimoiy-
professional guruhlardan tarkib topmoqda. Jamiyat ijtimoiy tarkibida 
intelligensiya aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi 
oqibatida shakllandi.hozirda fan, ilmiy texnika taraqqiyotining jadal 
borishi 
bilan 
intelligensiyaning 
professional 
malakasi 
yanada 
murakkablashmoqda. Uning tarkibiga ilmiy, ishlab chiqarish-texnik, 
madaniyat, ma‘rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari 
kirib keldi. 
Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari 
bo‗yicha (ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasida) mehnatning 
ijodiy xarakteri darajasi bilan, malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash 
mumkin. 
Sobiq sovet davrida ziyolilar son jihatidan ortdi-yu, ammo uning 
sifat darajasi ancha past bo‗lib qolaverdi. Chunki ziyolilar qatlami, 
avvalam bor, mehnat xarakteri bilan belgilanadi, O‗tgan davrda oliy 
ma‘lumot olgan qanchadan-qancha kishilar hozirda ishchi bo‗lib yoki 
tijorat va boshqa sohalarda ishlamoqdalar. Ular ziyolilar tarkibiga 
kirmaydi. 
Sotsiologiyada milliy munosabatlar iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy-
mafkuraviy munosabatlardagi o‗zaro uzviy aloqadorlik nazarda tutilgan 
holda konkret etnik muhit doirasida, ijtimoiy jamoalardagi, oiladagi, 
hududiy tartibdagi munosabatlar doirasida olib qarab o‗rganiladi. 
Shuningdek, millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga 
ta‘siri va ularning ijtimoiy oqibatlari tadqiq etilmoqda. 
Sobiq Ittifoq davrida muayyan iqtisodiy-siyosiy va ideologik rejim 
asosida ushlab turilgan, boshqarilgan milliy munosabatlar endilikda 
asta-sekin tiklanmoqda. Shu jihatdan, O‗zbekistonning ko‗p millatli 
davlat bo‗lganligini e‘tiborda tutgan holda, unda istiqomat qilayotgan 
millatlar va xalqlarning ijtimoiy turmushi, o‗zaro aloqasi va shu kabi 
munosabatlarni sotsiologik tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. 
5
Каримов И.А. «Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура». Т.1. – Т.: «Ўзбекистон», 1996, 
117-бет. 


Yaqin o‗tmishimizda sodir bo‗lgan Farg‗ona, Andijon, O‗zgan 
voqealari qayta takrorlanmasligi uchun O‗zbekistonda bundan keyin 
ham millatlararo hamdo‗stlikni rivojlantirish, o‗zaro ahil, bir oila bo‗lib 
yashash talab etiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligidagi 
O‗zbekiston hukumatining asosiy maqsadi ham Markaziy Osiyo 
hududida har qanday milliy nizolarning oldini olishdan ibo rat. 
Sotsiologiya doirasida ham ijtimoiy-etnik munosabatlar ilmiy 
tahlilga muhtoj bo‗ladi. Ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik 
jihatlarini tadqiq qilish muhimdir. Shuning uchun ham bu masalalar 
Sotsiologiya, Etnopsixologiya" va boshqa ijtimoiy, gumanitar fan 
sohalarida keng o‗rganilishi shart. 

Yüklə 134,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin