Sotsial psixologiya fanining predmeti. Maqsad


Har bir shaxsdagi sotsial tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin



Yüklə 57,15 Kb.
səhifə5/10
tarix09.03.2022
ölçüsü57,15 Kb.
#53508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 mavzu

Har bir shaxsdagi sotsial tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin:

t urli sotsial guruhlar haqidagi tasavvurlar,

d in va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar;

f an va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar;

s haxsni bevosita o`rab turgan sotsial muhit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor normalari, etika haqidagi tasavvurlar;

m adaniyat va madaniy qadriyatlar;



shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi.

Sotsial psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta sotsial tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.

Sotsial tasavvurlarni o`rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym bo`lib, u o`zining sotsiologik qarashlari tizimida sotsial tasavvurlarni"sotsial fakt"eki obrazlar tarzida talkin etgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning sotsial tabiati, ularning hayotdagi o`rni, ahamiyati, tuzilishi va o`zgarishi masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib, sotsial tasavvurlar haqida o`ziga xos nazariyalar yaratdilar. Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib, shu oddiy metodlar yordamida fransuzlarning shaxs haqidagi, freydizm haqidagi, din haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - sotsial guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar haqidagi tasavvurlarini tadqiq qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yunalishi doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu nazariyani tan olmoqdalar.

Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda sotsial psixologiya o`zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o`zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o`zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.








1.5-sxema.




Yüklə 57,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin