3- Ma'ruza. Kasb tanlash va kasby shakllanishning psixologik jihati.
Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar.
Reja:
3.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi va uning asosiy xususiyatlari.
3.2. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar.
3.3. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
3.4. Shaxsning faolligi.
3.5. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar
Adabiyotlar: 4, 2, 16, 19, 21, 23, 25
Tayanch iboralar: Shaxs, shakllanish, rivojlanish, individ, ehtiyoj, motiv, o‘yin, mehnat, ta’lim, shaxs va jamiyat, faollik, inson, individuallik, ijtimoiy omillar, shaxs tuzilishi, faoliyat;
3.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi va uning asosiy xususiyatlari.
Shaxsga taalluqli bo'lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta'sirlarni o'z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob'ektni), so'ngra shu ta'sirlarning sub'ekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o'sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi sub'ekt bo'lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko'rinishidir.
Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan «Shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo’llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi-bu jarayon davomida o’zi ham Shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |