Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy xamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o’ziga xos intilish, laekat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida Ijtimoiy psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birgan u uta navkiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi bilan e’tirof etilsa, u o`z uslubieti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so`z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Umumiy holda, hozirgi kunda Ijtimoiy psixologiya predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda xamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, goyalar, his-tuygular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o’ziga o’xshash shaxslar bilan urnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo`ladigan xodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish Ijtimoiy psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A. Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakaviy kadrlarni tayorlashda Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo`lish uchun shaxs nafaqat o`z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha ijtimoiy munosabatlar tizimiga tayor bo’lmogi, ijtimoiy faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamogi zarur. Boshqaruv, marketing va menejment sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi-jamiyatda soglom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish Yo’lidir. Shuning uchun bugungi kunda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, Ijtimoiy psixologiya va umuman, ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar moxiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o’rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o’rganish eng dolzarb masalalardandir.
Dostları ilə paylaş: |