SHAXS TIPLARI VA ULARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK
XARAKTERISTIKASI
Psixologlarning fikricha (G. Asmolov, P. SHixerev, V. A. YAdov, P. NadiraShvilli va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo`lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o’zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo`ladi.
Shunday qilib, shaxs sotsiologiyasi jarayonida turli ustanovkalarni ruebga chiqarish sharoitida faolllik kursatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy psixologik sifatlarda ko’ramiz. Ya’ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o’zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo`ladigan hamda muloqotda ko’rinadigan sifatlar guruhida bo’linadi. Masalan, tashki muxit bilan faol munosabat perseptiv ximoya sifatlari, ya’ni o’ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo`lgan ijtimoiy ta’sirlardan ximoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba’zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari "ijtimoiy ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), "kuzatuvchanlik".
Dostları ilə paylaş: |