Sotsial psixologiya


MULOQOT - MA’LUMOTLAR ALMASHINUVI JARAYONIDIR



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə19/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Sotsial psixologiya

MULOQOT - MA’LUMOTLAR ALMASHINUVI JARAYONIDIR


Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, goyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo`lib, til xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo`lib, uning yerdamida kishilar bilgan ma’lumotlari va xoka’zolarni bir birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutkning asosan ikki turi farklanadi: yozma nutk hamda ogzaki nutk. Ogzaki nutkning o’zi dialogik va monologik turlarga bo’linadi. Dialogik nutkning mazmuni, uning harakteri, davomiyligi muloqotda kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir birlariga bo`lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq bo`ladi. Shuning uchun ham ukituvchi bilan o`quvchining, siesiy rahbarlarning, diplomantlarning, kuchada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir- biridan fark qiladi.

Monologik nutk esa, bir kishining boshqa kishiga yoki shular guruhiga nisbatan murojaati bo`lib, uning psixologik to’zilishi, fikrlarning mantikan tugal bo`lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun qoidalariga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayorlayotgan talaba tayorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo’lgunga kadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutkga nisbattan bu nutk turi murakkabrok hisoblanadi.

Odamlar muloqot jarayonida so`zlardan tashkari turli xil harakatlardan, qiliklardan, holatlardan, qo’lgu, oxanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliklar, mimika, oxanglar, tuxtashlar, (pauza), hissiy holatlar qo’lgu, yigi, kuz qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutksiz vositalari bo`lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni tuldiradi, bazan esa nutkli muloqotning o’rnini bosadi.

Buyo’q rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil qo’lgu turi hamda 85 xil kuz qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarning 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda kuzlar tuknashuvi, nigoxlarning roli keyingi muloqotning takdiriga kuchli tasir ko’rsatishi, maxsus tadqiqotlar jarayonida o’rganilgan. Bo’larning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo`lishini taminlab odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yerdam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab utmogi lozim. Masalan, O’zbek halqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarining bevosita harakteri unda shunday vositalarning ko’prok ishlatilishi bilan bog’liq. Bolalarning o`z yigisi bilan onasiga o`z his-kechinmalari o`z xohishlarini bildirishlarini ham bolalarning yesh xususiyatlariga bog’liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo’lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvoxi bo`lishi mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiklamoqchi bo`lishsa, boshlarini u yek bu yekka chaykashar, inkor qilishmoqchi bo`lishsa-chi, aksincha, bosh siltashar ekan. Malumki, O’zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.

Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fa’zoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko’prok hissietlarga boy bo`lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fa’zoviy masofa bo`ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tkazib ukitgandan ko’ra, ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qilib ukitgan maqo’l emish, chunki bunday sharoitda o`quvchilarda ham javobgarlik hissi yo’qorirok bo’lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha Yaxshi bo’lar ekan.

Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashqil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutkka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yeshlik choglaridanok nutk madaniyatiga urgatish, nutklarini ustirish choralarini kurish zarur. Pedagog esa shunday nutk madaniyatiga ega bo`lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashqil etishni ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutkning usishiga imkoniyat bersin. Buyo’q pedagogimizdan V. A. Suxomlinskiy ham ukituvchining madaniyati to’g’risida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy qismi nutk madaniyati ekanligini bejiz ta’kidlamagan.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin