Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilar ekanmiz, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo’llanilganning guvoxi bo’lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko’rinishlari, So’roq metodlari - anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham "madaniy muxit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda kiesiy tadqiqotlarda qo’llanmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham o’tkazmoqdalar. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarning taksisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib kuygan har bir tadqiqotchi ye mavjud metodikalardan birini qayta o’zgaritirishga, yoki bo’lmasa, o’zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo’lmoqda. Nixoyat, etnopsixologik metodlarni qo’llashning noqo’layligi shundaki, masalan, Amerikada juda Yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to’plangan metodika Osie mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani ulchamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muxit ta’sirlari daxlsiz deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman bo’lsada, muxit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi, qolaversa ularni sharxlash masalasida alohida extietkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun jaxon olimlari har qanday madaniy muxitdan ham yo’qori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.
Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib kuygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muxit sharoitlarining xilma xilligi va ularning o’zaro bir birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmogi zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasto’rini to’zishda albatta hisobga olishi kerak. misol uchun, O`zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullarini ; 2) faqat O’zbek millatiga xos bo`lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni ulchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarda moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan guruhda usha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, to ki tekshiruvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lsin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik steriotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, So’roqlar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yo’qsak bilimdonlik va professional sifatlarini talab qiladi. Aks holda, metodika o`z kiymatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki ulchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (ogzaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarida isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikrok guruh doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yerdamchi metodlar yerdamida qayta sinovdan o’tkazish Yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab- tadqiqotni tabiiy sharoitlarida, tekshiruvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda qisqa ko’rsatmalar berish Yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko’pincha turli yesh, kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi.
Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhim yoki bu millat vaqillaridagi etnik steriotiplarni tadkik qilishdir. Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G. U. Ksoevaning yozishicha, bu yerda turt guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin:
1. SHkalali ulchov metodlari - ular asosan millat vaqillaridagi turlicha etnik ustanovkalarini tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashxur shkalasi: kiesiy fikrlash Yo’li bilan berilgan juftliklar - ustanovkalarini har bir tekshiruvchi tomonidan aniq baholanishiga asoslangan. yoki Laykartning "Baholashlar yigindisi" metodi ham u yoki bu millat vaqiliga xos ustanovka - fikrlariga tekshiruvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jaxon mikesida ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitlariga moslashtirish jixatidan rekord kuygan desak bo`ladi.
2. Kuzatish va So’roq metodlari- bunda usha madaniy muxitga xos bo`lgan, uning bevosita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy kadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va xoka’zolar tashkaridan o’rganiladi. So’roq metodalari ichida ko’prok anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vaqilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent - analiz qilinadi. Amerikalik olimlar D. Kats va Breylilar So’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik steriotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo`yicha imkoni boricha ko’p javoblar ichidan "O’zinikini" tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashkari, 84 xil sifatni o`z ichiga olgan ro’yxatdan o`z millatiga va boshqa millatga xos bo`lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirigini berishgan. Shu Yo’l bilan etnik steriotiplar aniqlangan,
3. Proektiv metodlar - bu guruhga asosan Ror shaxning "Siex dog’lari" testi, tematik appersepsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotoso’ratlarni baholash testi, Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. Mavxum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarining yo’nalishi bo`yicha turli millatlarga oid steriotiplar urnatilgan.
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G. Deyker va N. Fridlarning milliy harakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarini o’rganadi. Bundan tashkari, shu guruh testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy testlar va boshqa testlari kiradi. Ayniqsa, milliy steriotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda kimmali ma’lumotlar tuplash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vaqilining o’ziga mansub millatga xos milliy kadriyatlarni, steriotiplarni o’zlashtirishida asosiy vosita rolini uynaydi. Shuning uchun ham etnopsixolog o`z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar xamkorligida o’tkazadi.
Yo’qorida aytib utilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari holos. Chunki, millatlarning ko’p kirrali psixologik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.
11-MAVZU. ITIMOIY RSIXOLOGIYADA KICHIK GURUHLARNI O’RGANISHNING METOLOGIK MUAMMOLARI
REJA:
1.Kichik guruhlar psixologiyasi
2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi
3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
|