NIKOX VA OILA SOHASIDAGI TADBIQIY TADQIQOTLAR
Oila va nikox hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan soha. Ayniqsa, bu sohaning Ijtimoiy psixologiya uchun o’ziga xosligi bor. Chunki, Ijtimoiy psixologiya oilani o’ziga xos ijtimoiy guruh sifatida tekshirib, unda sodir bo`ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Respublikamizda oila va nikox masalalariga e’tiborning kattaligini hisobga olib, ko’pchilik tadqiqotchilar o`z ilmiy ishlarini ana shu muammolarga bagishlaganlar. Oilaga bo`lgan ilmiy qiziqishning sabablari avvalo bu ob’ektning nakdligi bo’lsa, ikkinchi tomondan, oxirgi yillarda, hattoki bizning Respublikamizda ham ajralishlarning ko’payganligi, tugilishning shahar va kishloklarda bir tekisda emasligi, "muammoli" oilalarning ko’payib borayotganligi, oila institutiga yeshlar munosabatlarining o’zgarib borayotganligi va boshqalardir.
Umuman olganda, bizning xududimizda ham oila - nikox munosabatlari yil sayin o’zgarib bormoqda. Bu boradagi o’zgarishlarga:
1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o’zgarib borishi;
2) oila a’zolari sonining va tugilishining kamayishi, murakkab ko’p oilali tipdan, alohida mavjud bo`lgan alohida oilalar tipiga aylanib borayotganligi;
3) oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalarining o’zgarib, oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o’zgarib borayotganligi ;
4) iqtisodiy inkirozlarning oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarga ta’siri;
5) ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o’zgarib borayotganligi kabilarni kiritish mumkin.
Bu aytib utilgan sohalar O`zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi kerak bo`lgan muammolar bo`lib, ularning yechimiga ko’ra oilani rejalashtirish, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkaklar mehnatiga munosabat kabilar bo`yicha olimlar o`z fikrlarini aytishlari kerak.
Oila va nikox borasida o’tkaziladigan tadqiqotlarda jaxon xamdustlik davlatlarda o’tkazilgan izlanishlar, ulardan olingan natijalar va metodikalardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, Sankt-Peturburg, Boltik buyi respublikalarida oila masalalariga bagishlangan tadqiqotlar ko’plab o’tkazilgan bo`lib, ularning tajribasidan biz ham keng foydalanishimiz kerak. Chunki usha xududlarda ro’y berayotgan ko’plab ijtimoiy jarayonlar, xususan, oilaviy munosabatlar borasidagi muammolar bizning jumxuriyatimizga ham taalluqli. Masalan, ayollarning ijtimoiy mehnatda bandligi tufayli ularda oila, unda xotin kishining o’rni, roli haqidagi tasavvurlarining o’zgarishining o’zi butun psixologiyaning qayta kurilishiga sabab bo’lmoqda. Lekin, ikkinchi tomondan, demoqratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’kiklanib kelgan eski kadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi, umuman oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir kursatmoqdaki, ko’pchilikda "endi ayol kishi an’anaviy o`z o’rnini egallarmikan?" degan tasavvurlar ham paydo bo’lmoqda. Ammo, hozirgi rivojlangan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-kizlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-karshiliklarning psixologik yechimini topgan holda oila va nikox tizimiga psixologik yerdam ko’rsatishi zarur. Shaharlarda va yirik aholi punklarida "oila xizmati" shaxobchalarini tashqil etish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikox borasidagi ilmiy muammolarni tadkik qilib, ularni hayotga tadbiq qilsa, ikkinchi tomondan, yeshlarga, oilasiz odamlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmatlar ko’rsatishi kerak.
Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tadbiqiy tarmoq bu yeshlarni oilaviy hayotga tayorlashdir. Bu ish bizning ulkamizda ham alohida ahamiyatga ega bo`lib, yangilik bilan esqilik qarama-karshi kelayotgan sharoitlarda ayniqsa muhimdir. Usmirlik va o’spirinlik yillarda shakllanadigan attraksiya xodisasi, ya’ni shaxslarning bir birlariga emotsional boglanishlari - dustlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlar yaratish bizning O’rta Osie sharoitlarimizda yangi va kelajagi porlok sohalaridandir. Shu ishlarni amalga oshirishga maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy - psixologlar xamkorlikda ishlasalar, olingan xulosa va natijalarni hayotga tadbiq etsa bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |