MAKTABDA PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISH
Ma’lumki, shaxsning sotsializatsiyasi asosan maktab yillariga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham maktab oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiyaning eng makbo’l shakllarini joriy etishdir. Lekin hammaga ma’lumki, hozirgi sharoitda maktab oldida ko’plab muammolar, hal qilinmagan masalalar mavjudki, ular barchasi maktabga har taraflama yerdamni takozo etmoqda. Oxirgi yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ko’rsatmalariga asosan yeshlarning laekatlarini ilk yeshligidan aniqlash, ular iqtidorini har taraflama ustirish vazifalari o`quvchiga individual yondashuvning zarurligini, ukishning differensial bo`lishini talab qilmoqda, shunga yarasha maktab va jamoatchilik oldiga qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Testlar vositasida bilimlarni tekshirish, oliy o`quv yurtlariga va ta’limning barcha tarmoqlariga ham test sinovlari orqali kabo’lning amalga oshirilishi psixologik xizmatning tezrok Yo’lga qo’yilishini talab qilmoqda. Ijtimoiy psixologiya ham davrimizning maktab oldiga kuyayotgan talablari, uning hozirgi kunlarda boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, o`z oldiga :
a) ularni anglash:
b) ilmiy analiz qilish va :
v) oldini olish Yo’llarini kidirib, Yo’l-yuriklar ko’rsatish vazifasini kuymoqda.
Maktabga borgan ijtimoiy- psixolog nima ishlarni qilishi mumkin? U:
1. Maktabda tashqil etilgan psixologiya xizmati avvalo psixologdan usha maktab sharoitini har tomonlama, tulik o’rganib chiqishni, har bir yesh xususiyatlariga qarab, individual va guruhda ishlash uslublarini aniqlashi lozim.
2. Maktab psixologi bolalar o’rtasida uchrab turadigan psixik rivojlanishdan chekinish hollarini tulik o’rganishi unga sabab bo`lgan ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni analiz qilishi lozim.
3. Maktab psixologida turli yeshli bolalar bo`yicha ularning qobiliyatlari, va kasbga qiziqishiga doir aniq ilmiy analizlar, test natijalari asosida to’zilgan malumotlar blanki bo`lishi kerak. Bu malumotlarga asoslanib, psixolog bolalarga alohida-alohida yendoshish, ayrimlariga kushimcha darslar tashqil etish, maktab, oila xamkorligida bolalardagi qobiliyatlarni ustirish bilan bog’liq aniq ko’rsatmalar ishlab chikmogi lozim.
4. Maktab psixologi umuman maktabdagi alohida sinflardagi ruhiy holatlarni o’zaro munosabatlar bilan bog’liq bo`lgan psixologik muxitni aniqlashi va rasmiy va norasmiy liderlar o’rtasidagi munosabatlarni chukur o’rganib, maktab mamuriyatiga tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o’rinbosariga kerakli Yo’l-yuriklarni berib turishi kerak.
5. Bundan tashkari, maktab psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning tabiatini o’rganish chora-tadbirlari bo`yicha konsultatsiyalar tashqil etishi kerak. Bunday konsultatsiyalar alohida ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun tashqil etiladi. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo`yicha ukituvchilar jamoasiga konsultatsiya va yerdamlar berishdir.
Yo’qoridagi vazifalardan kelib chiqib, maktab psixologi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari (har qanday rivojlanish jarayonidagi cheklanishlar, orqada qolish holatlarini aniqlab, chorasini topish, ularni oldini olish) psixo-profilaktik ishlar (psixogigiena, bolaning psixologik jixatdan normal rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratish); psixologik konsultatsiyalar, ukituvchilar, ota-onalar va o`quvchilarning psixologik savodxonligini kutarish; psixologiyada qo’llaniladigan metodlarni konkret shartlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to’plangan ilmiy ma’lumotlarni sistemali tarzda analiz qilib borish, testlar to’zish, ularning sezgirligini ilmiy asoslash va har bir bola qobiliyatini, qolaversa, ukituvchilar bilimdonligini testlar yerdamida muntazam tekshirib ilmiy xulosalar va ko’rsatmalar tayorlash kabilardan iboratdir.
O’ylaymizki, Respublikamizda maktabga psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini takomillashtirish kelajagimiz bo`lgan bolalarimizni jamiyat oldida turgan ulkan va ulugvor ishlarga tayorlashga o’zining munosib hissasini kushadi;
Umuman jamiyatning psixologiya fani oldiga kuygan talablari ko’p. Ularni kondirish uchun jumxuriyatimizda avvalo keng ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish ularning natijalarini dadil amaliyotga tadbiq qilish davri kelgan. Amaliyot bilan nazariya o’rtasidagi bog’liqlik har bir ilmiy goyani hayotga tadbiq qilish psixologlar oldida turgan asosiy vazifalardandir.
14-Mavzu: Maktabda psixologik xizmat ko’rsatish psixologiyasi (2soat)
Reja:
1.Maktab psixologik xizmat predmeti va vazifasi
2.Maktab psixologi ish faoliyatining mazmuni
3.Psixologik takliflar
4.Maktab psixologining kasbiy faoliyat odobi
Maktab psixologik xizmatining predmetini aniqlashda aniq hamma tomondan tasdiqlangan bironta fikr mavjud emas. Lekin bu jarayon o’zining ko’p yillik tarixiga ega bo’lishiga qaramasdan psixologiya fanlari qatorida yangi bir yo’nalishni kasb etadi. Chunki bu faoliyatda 3ta bir-birlari bilan bog’lik bo’lgan hodisalar uz mohiyatini topadi:
1.Maktab muammosiga kiradigan ilmiy psixologik muammo.
2.Amaliyotchi psixologning faoliyati.
3. Maktab psixologik xizmatini tashkil qilish jarayoni va uning tizimi.
Shulardan kelib chikkan holda maktab psixologik xizmatini ham 3ta yo’nalishda kurib chikish uning predmetini tashkil qiladi.
Ilmiy yo’nalish maktab psixologik xizmat jarayonini metodologik asosini ishlab chikishni takozo qiladi. Asosiy vazifa ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, psihodiagnostika jarayonini ishlab chikish, ularni ham nazariy ham amaliy mohiyatlarini ochib berishga qaratilgan rivojlanuvchi uslublarni topish va maktab psixologik dasturini ishlab chikish. Bu ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi ilmiy xodim maktab amaliyotchi psixolog ko’rsatmalariga asosan ish tutishi kerak, ya’ni u buyurtma bajaruvchi sifatida borishi kerak. Amaliy yo’nalish psixologik bilimlarni halk ta`limi hodimlari tomonidan amaliyotda kullanishini kuzda tutadi. Ko’rinib turibdiki amaliy va amaliyotga qaratilgan yo’nalishlarda psixologik xizmat tulaligicha ilmiy yo’nalishining rivojlanishi bilan boglik. Ilmiy yo’nalish nazariy koncepciyani shakllantiradi va maktab psixologik xizmatining mazmunini, mohiyatini aniqlab beradi. Hozirgi davrda maktab psixologik xizmat faoliyatida 2 ta asosiy yo’nalish mavjud. Ular zamonaviy va kelgusini kuzlagan.
Zamonaviy yo’nalish hayotiy muammolarni echishga qaratilgan bulib, maktab ta`lim-tarbiya jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan. Kelgusini kuzlagan yo’nalishi har bir shahsni shahsiy xususiyatlari shakllantirishga, ularni jamiyat oldidagi psixologik tayyorgarlik hislarini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’nalishlar uzaro boglik bulib kelgusini kuzlagan vazifalarni amalga oshirishda o’quvchilarga ularni ota-onalariga yaqindan yordam beradilar. Amalda psixologlar tomonidan o’quvchilarga nisbatan boshlangich va ohirgi maqsadlarni bir-birlari bilan to’qnashish imkoniyatini hosil qilish zarur shart - sharoitdir.
Boshlangich maqsad-psixolog bilan o’quvchilar ta`siridir ya`ni kerak bulib kolsa o’quvchilarni maktabga tayyorlash shahsiy xususiyatlarini aniqlash ta`lim-tarbiya jarayonida mukobillashgan uslublarni izlab topishdan iboratdir. Oxirgi maqsad - psixolog bilan o’quvchilar ta`siridir, yaьni ularni psixologik tarzda hayotga tayyorlash, hayotda o’z-o’zini anglash, ijtimoiy va kasbiy jihatdan o’zlarini bilishdan iboratdir.Bu jarayon katta maksab yoshida shakllanib, o’quvchilar uzlarini har tomonlama hayotga tayorlanish hislarini ongli ravishda ifoda qiladilar. Natijada asta sekinlik bilan katta hayot bo’sag’asi tomon yo’l oldilar. Bu inson psixologik tizimini tula shakllanishi emas. Birok shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradigan faoliyat turidir, yoshlarni tula shakllanishlari uchun turli imkoniyatlar yaratish maktab psixologi zimasiga katta mas`uliyat yuklaydilar.
Manbalarda ko’rsatilishicha, maktab psixologik xizmat o’zida yoki maktabdan tashkaridagi muassasalarida ishlashlari bilan boglik. Bu modullarni biri o’ziga hosxususiyatga ega. Birinchi modul psixologlar guruhini tuman, shahar halk ta`limi bulimlari koshida ishlashlarini nazarda tutadi. Ular o’qituvchilar va ota-onalar uchun foydali bo’lgan psixologik ma`ruzalar yigindisini tashkil qiladilar. Demak, tuman va shahar mikyosida o’qituvchilar va ota-onalarining psixologik bilimlar doirasini kengayishiga yaqindan yordam beradilar. Ma`ruzalar mavzulari ta`lim tarbiya jaranini rivojlantirishga, o’qituvchilarga mavjud bo’lgan psihiatrik nuksonlarni yukotish usullarini diognostika turli maslahatlar berishiga muljallangan bo’lishi kerak. Ma`ruza mavzulari psixologik guruh a`zolarining psixologik bilimlariga mos bo’lishi kerak. Misol sifatida tubandagi ma`ruza mavzularini tadbik qilish mumkin:
1. Psixologlar pedagogik muammolar haqida.
2.Psixologlar ukitish jarayonini mukobillashtirish uslublari haqida;
3.O’quvchilarning uzaro munosabatlari psixolog nigohida;
4.Asosiy psixologik sindromlar;
5.Psihik kasalliklarning sabablari va klassifikaciyasi;
6.Shizofreniya va epilepciya nima?
7.Psihiatriya yordamini tashkil qilish;
8.Portlashni oldini olish mumkin;
9.Qiyin bolalar va qiyin ota-onalar;
10.Ko’chada yozilmagan qonunlar haqida;
11.Oz va ko’p bolali oila tarbiyasi;
12.Yoshlar ma’naviy dunyosining go’zalligi;
13.Farzand-umr mevasi;
14. Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi;
15. Psixologiyaning umumiy masalalari;
16. Yordamchi va maxsus maktablarda ta`lim tarbiya nazariyasi;
17. Oiladagi baxtsizlikning kelib chiqish sabablari;
18. Psixologik kasalliklarni oldini olish;
19. Ota-onalar va bolalar o’rtasida psxologik muvozanat;
20. Hayotni 1/3 qismida ko’zlagan mavzularni tadbik qilish mumkin;
Demak, asosiy faoliyat o’qituvchilar va ota-onalar talablarini kondirishga qaratilgan. Ular psixologiya fanidan ma`lum bir tushunchalarga ega bulagan holda, fakat o’quvchilarga aniq namoyon bo’ladigan ruhiy holatining kelib chikishi, tartib buzarlik sabablarini bilishga bo’lgan intilishlari bilan chegaralanib koladilar. Natijada bolalarni asosiy qismi psixolog nazoratidan chetga koladilar. Psixologik xizmat jarayonida eng havfli element bu ukuvilarni uzlariga turli yo’l bilan psixologning dikatini jalb kilayotgan bolalar bilan ko’prok ishlash emas, aksincha psiholok naozoratidan uzlarini chetga oladigan bolalar havfli manba hisoblanib, ular bilan ko’prok ish olib borish kerakligini tushinib etishdir.
Ikkinchi modul maktab psixologik xizmatini fakat maktabda amaliyotgan oshirishni talab qiladi. Ya`ni u bor imkoniyatni ishga solgan hoda turli tarbiyaviy jarayonlarga kirishib ketadi va o’quvchildar qatoriga har bir o’quvchini ruhuy holatlarini ularga ta`sir kiluvchi manbalarni bilib kolmasdan, har bir ota-ona bilan to’g’ridan to’g’ri yaqin munosabatda bo’ladi. Demak, u o’zining maslahatlari natijasini o’quvchi hayotida qanday urin topganligi va yana nimalarga e`tiborini karatish kerakligiga reja tuzadi.
Masalan o’spirin 16 yoshda. U har doim engil ta`sirlanuvchan, har narsadan qo’rquv holatida, har qanday munosabatni o’ziga salbiy kabul kiluvchan, tez hafa buluvchan ruhiyatda, kiyofasi o’z o’rnida, ko’pgina tengqurlarini o’ziga torta oladi. Suhbat turli mavzularga kuchadi. Shu payt ishdan otasi uyga kirib keldi. U charchagan, nimagadir homush holatda edi. Usmirlarni kulib, shuh suhbat ko’rayotganlari uni ranjitdi. Natijada otaning holati ularga ta`sir kilmasdan kolmadi va uglining suhbatdoshlarini kuchaga haydab yubordi. Ugli bu holatni o’ziga juda yaqin kabul kildi va ruhiy zurikish holati paydo buldi. Uzok vaqt yigi aralash bir nimalar haqida gapirib unda, uyku deyarli bulmadi. Ertasiga ota o’ziga kelib, uglidan kechirim suraganday buldi. Bola 2 kun davomida maktabga bormadi. 3-kun maktabga kelganida uni yana bir ruhiy asabiylashish holati kutmokda edi. Yaьni ruhiy holatda otasi tomonidan uydan haydab yuborilgan dustlari undan yuz ugirgan edilar. Usmir bu holatdan chikish uchun maktabga borishdan va ota bilan mulokotda bulishdan voz kechishga qaror qilgan edi. Keyin uni qayta maktabga borishga majbur qilishganlarida usmirning ung kulida titrash paydo bulib to’g’ri yoza olmas edi. Bundan tashkari nutqida ham duduklanish holatlari sezildi.
Demak, maktab psixologik xizmati o’quvchini otasi va dustlariga, ukituvchisiga tegishli maslahatlar berib, o’quvchini soglom hayotga qaytarishi mumkin. Bu modul bashariy vazifalarini hal qilishga qaratilganligi haqida turli misollarni keltirish mumkin.
Bunday misollar hayotda juda ko’p uchraydi. Psixologik xizmat bahtli oila qurish asosiga aylanib bormokda. Oila kurishda 2-la yosh qatnashadilar. Demak, baxtli oilani qurish bu ikkala yoshni shahs sifatida shakllanishi bilan boglik.
Shulardan kelib chiqqan holda maktab psixologik xizmatini hal qiladigan yana bir vazifasi «Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi» kursini o’qishdan iboratdir. Chunki bu predmetni specifik xususiyatini psixolog kasbiga ega bo’lgan kishi boshqa fan o’kituvchilariga nisbatan yaxshi tushunadi. Bulardan tashqari qarama-qarshi jinslar haqida umumiy fikrlar bildirgan holda turli muammoli vaziyatlarni echishga qobiliyatli kishi sifatida kiz bolalar va o’spirin yigitlar munosabatlarini to’g’ri yo’lga yunaltiradi, ularda o’rtoqlik, do’stlik tushunchalarini hosil qilgan holda, sevgi-muhabbat, baxt kabi tuyg’ular mustahkam baxtli oila qurish ekanligini yoshlar ongiga singdirib borish qobiliyatiga egadir.
Maktab hayotiga endi qadam qo’ygan psixolog xizmatchisiga birinchidan shoshilmasdan hamma jarayonga nazar tashlashni maslahat qilar edik. Amaliy faolyat qadamlarini birinchi davrining ko’nikish (adaptaciya) davri deb ataymiz. Ya`ni psixolog maktabga, maktab psixologga ko’nikishi kerak. Chunki, ular bir-birlarisiz juda yomon holatda bo’ladilar. Shuning uchun maktab rahbariyati bilan suhbatdan ish faoliyatini boshlash kerak. Sungra o’quvchilar, ularning ota-onalari bilan suhbat qilgandan keyin, darslarni kuzatish, sinfdan tashkari tadbirlarda ishtirok etish, maktab pedagogik kengashi ishlarida katnashish, ota-onalar majlislarida uz fikr mulohazalari bilan ishtirok etish hamda maktab hujjatlarini o’rganish kerak.
Maktab psixologik xizmat xodimining maktab sharoitiga ko’nikish muddati 3 oydan 1 yilgacha davom etadi. Bu davrda imkoniyat bulsa, u malaka oshirish kursidan utib kelsa maqsadga muvofik bo’ladi.
Maktab o’quvchilaridan fark qilgan holda maktab psixolog xizmati hodimi ham bolalar, pedagogik va ijtimoiy psixologiya sohasining mutahassisi sifatida maktabga keladi. U o’zining faoliyatida kasbiy bilimlarga asoslangan holatda ish olib boradi. Bu jarayonda unga ukuv rejasiga asosan ajratilgan 0,5 shtat hajmidagi soatlar juda kamlik qiladi. Shuning uchun ta`lim tarbiya jarayonini yaqindan bilish o’quvchilar bilan mulokot doirasini kengaytirish maqsadida unga boshqa fanlarni ham ukitish imkoniyati tugdirib berilsa, u uz faoliyati mavjud bo’ladigan turli muammolarni echishga ega bo’ladi. Chunki, psixolog maktabni hamma a`zolari qatorida teng hukukga ega bo’lgan shahs hisoblanadi, ba`zi bir hollar u maktab rahbariyati vazifasini bajarib, maktab jamoasidagi ta`lim tarbiya jarayonini to’g’ri rivojlantirish borasida davlat oldida javob beruvchi shahsdir ham. Faoliyat jarayonining foydali tomoni psixologik sharoitni yaratib bilish va o’quvchilarni komil inson va soglom qilib tarbiyalash imkoniyatlarini izlab topishiga boglikdir. U o’quvchilar faolyatidagi hali ochilmagan tomonlarni ocha bilishi kerak, o’quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlariga asoslangan holda kichik maktab yoshining ohiriga kelib, o’quvchilar o’qib bilimini, ukishga bo’lgan havaslari hamda uzlarining imoniyatlariga hamda ishonch hislarini shakllantira olish kerak. O’quvchilarning usmirlik davri senzitiv rivojlanish davri bulib ular uchun psixologik yangiliklar, uzlarining hatti-harakatlarini ongli tarzda boshqarish, o’zidagi hisiyotlar darajasini hisobga ola bilish, ishtiyoklari xarakter xususiyatlaridan xizmat hodimi urinli foydalana bilish kerak. Ular bilan o’rnak namuna usublaridan foydalangan holda turli namunaviy uchrashuvlar kitobhonlar konferenciyalari, munozaralar utkazib turish kerak.
Psixolog oldida turgan asosiy muammoga psixologik fark qiladigan tomonlarning hamma xususiyatlari kiradi. Bir sinfdagi bolalar ham uzlarining sifatlari bilan bir-birlaridan fark qiladilar. Lekin shahsiy xususiyatlarni aniqlashda markaziy urinda qobiliyatlarining rivojlanish jarayoni kattalardan chidam va sabr tokat talab qiladi. Shuning uchun psixolog ular qobiliyatlarining rivojlanishidagi har bir intilishini kichkinagina bo’lgan uzgarishni ham dikkat e`tiborida tutishi kerak. O’quvchilar erishgan muvaffakiyatlar obьektiv (yani o’ziga boglik holda) va subьektiv (o’ziga boglik bulmagan) holatda sodir bo’lishini psixolog tushinib etishi kerak.
Maktabda hamma jamoa a`zolari uchun ijobiy psixologik mulokot muvozanatini tashkil qilish kerak. Buning uchun o’quvchilarni yosh va shahsiy xususiyatlari dikkat markazida bo’lishi kerak. Ba`zi bir hollarda aniq bulmagan, uzuk yo’luk nolishlar bo’lib qolishi mumkin. Ular asosida ko’pincha ba`zi bir o’kuvchilar ota-onalariga, o’kituvchilarga ukishni hohlamasliklarini izhor qilishlarini boshqalar bilan chiqisha olmasliklari kabi holatlar mavjud. Bulardan tashqari psixologga « tarbiyasi qiyin» bolalar bilan ishlash rejasini qanday to’zish, qanday yo’l bilan oilaviy munosatlarini to’g’rilash qanday qilib oila maktab hamkorligini amalga oshirish mumkin degan talablar tushadi. Ko’pgina talablar kasb tanlash ta`lim jarayonini muqobillashtirish, qanday yo’l bilan ma`lum sinfda o’qimasdan yukori sinfga utish mumkin degan muammolar bilan boglik. Ana shunday muammolarga duch kelgan maktab psixologi o’quvchilar bilan turli mavzularda trening mashgulotlari o’tkazib turishi tavsiya etiladi.
15-MAVZU. OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
REJA:
1.Oilaning umumiy ijtimoiy psixik xususiyatlari
2.Oila a’zolarining o’zaro munosabatlari
3.Oila turlari
4.Hozirgi zamon oilasining bajaradigan asosiy vazifalari
Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o`zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o`ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari va vositalarining taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman, halq xo`jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo`lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o`ziga xos yangicha talablar qo`ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o`zlarida ro`y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o`zgarishlar o`zaro muloqot munosabatlari doirasining ma`lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o`tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma`lum darajada bo’zilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo`riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo`lmoqda. Bularning ta`siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o`z ifodasini topadi.
Yoshlarimizda bu masala bo`yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun bundan 90—100 yillar oldingi ularning tengdoshlari, ya`ni o`tib borayotgan asrimiz boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15—16 yoshli yigit-qizlar o`rtasidagi tafovutlarni solishtirib o`tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishicha va o`tkazilgan tadqiqotlar natijalarida kuzatilishicha, so`nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayonida ularning jinsiy, fiziologik balog`atga yetishishi 2—3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog`atga yetish davri 15—16 yoshga to`g`ri kelgan, hozir esa bu holat o`rtacha 12—13 yoshlarga to`g`ri keladi. Endi ushbu yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko`rib chiqamiz.
Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bo`lmish jinsiy yetuklikka, balog`atga yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o`sha davrlar uchun xos va lozim bo`lgan, unchalik murakkab bo`lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo`lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13—14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o`sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma`lumot talab qilmagan, 3—4 yil ustoz ko`rgan shogird 16—17 yoshida o`zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o`z ishini amallab keta oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigan bo`lsa, o`z hunari orqali mehnat qilib, o`zini va oila a`zolarini iqtisodiy jihatdan ta`minlay olishi mumkin bo`lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit mahalla-ko`yda, jamoatchilik orasida ma`lum darajada ijtimoiy yetuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda haqli ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo`lgan, ya`ni uning ijtimoiy jihatdan balog`atga yetganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat qarshisida o`ziga xos mas`uliyat yuklagan, mas`uliyatni his qilish esa uning psixologik yetukligi alomatlaridan biri bo`lib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlari misolida ko`rib chiqaylik. Ular 12—13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka erishadilar (bu haqda keyinroq to`xtalib o`tamiz), biroq ular biror bir kasb-hunar egasi bo`lib, mustaqil ishlab, o`zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta`minlay oladigan bo`lishi uchun, avvalo maktabni bitirishi, so`ng u yoki bu kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o`qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o`qishi zarur bo`ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta`limdan so`ng yoshlarimizning ma`lum bir qismi o`qishni oliy o`quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan ko`rinib turibdiki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma`lum qismi uchun 20—21, boshqalari uchun 23—25 yoshga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilan oilalarining kundalik hayoti o`zgarib, qiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo`lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy takomillashuviga, u esa shaxslarning bir-birlariga qo`yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Fikrimizning dalili sifatida bir faktni keltirishimiz mumkin. Ajralish foizi oliy ma`lumotlilar ichida umumiy o`rta ma`lumotlilarga nisbatan yuqoriroqdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo`lmagan jamiyatdagi oila a`zolari o`z oilaviy yumushlarining aksariyatini qo`lda bajaradilar. Bunga oilaning barcha a`zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko`p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma`lum malakalarni, shu jumladan, oiladagi tegishli vazifalarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan muloqotda bo`lish malakalarini, har bir shaxsning ierarxik mavqeiga ko`ra o`z huquq va burchlarini aniqlab olishiga imkon beradi. Moddiy ta`minot, yuqori madaniy saviya esa oilada shaxsning shaxsga qo`ygan talabini yanada kuchaytiradi, oila a`zolarining o`zaro muloqotda bo`lish vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu esa ota-onaning farzandlar uchun o z oilasida namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.
Shulardan ko`rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16—18 yoshida oila qurishsalar ham, shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari uchun zarur bo`lgan yetuklik darajalarining barchasiga erishganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo`lib xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12—13 yoshlarida jinsiy balog`atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7—8 yil o`tgandan so`ng, ya`ni qizlar 19—20 yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo`ladilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi tengdoshlari hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o`ziga xos yangi ijtimoiy funksiyalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasining eng dolzarb masalalardan biri bo`lishini taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham so`nggi 15—20 yil davomida dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida va bizning respublikamizda (mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridanoq) oila masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e`tibor berib kelinmoqda.
Umuman, insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo`lgan e`tibor kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo`ladi. Chunki oila jamiyatning kichik bir ko`rinishi bo`lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo`lsa, jamiyat ham shunchalik qudratli bo`ladi. Mana, «Oila psixologiyasi» kursini yoshlarga o`qitishning dolzarbligini ifodalovchi asosiy omil! «Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o`quv predmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o`tiladigan darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining o`rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir xujayraning sog`lomligiga bog`liq bo`lganidek va butun organizm o`z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir xujayraning munosib o`rni bo`lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi xujayradir. Har bir oilaning sog`lom bo`lishi, unda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so`ng o`zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o`z davlatining iqtisodiyotini, ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlovchi, hal qiluvchi omil bo`lgan inson kamolotida oila bosh mezon hisoblanadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to`sqinlik qiluvchi, inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog`lom, noqobil va nizoli oilalarning ko`payishi, ajrashishlar sonining ortishi jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi bilan birga, bunday nosog`lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o`zaro mehr-oqibatsiz sharoitda dunyoga kelgan, shakllangan bola ham keyinchalik nafaqat o`z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan, balki atrofdagilarga, qolaversa, o`zi yashagan jamiyatga nisbatan mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, jamiyat, yurt manfaatlariga zid turli salbiy tashqi kuchlar ta`siriga oson beriluvchan shaxs bo`lib shakllanishi va shu asosda o`z oilasi, o`z xalqi, o`z yurti uchun xavfli insonlarning yetishib chiqishiga ham asos bo`lishi mumkin.
Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqini, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz istiqbollari uchun jiddiy xavf tug`dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oila mustahkamligini ta`minlash va bu masalani to`g`ri hal etishning asosiy yo`li bo`lmish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo`lmaydigan, o`ta jiddiy yondoshishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning har bir fuqarosi, siz o`quvchilar, ota-onalar- hamma birdek mas`uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tushmaydigan, o`z dolzarbligini yo`qotmaydigan o`ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat taraqqiyoti, jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bog`liq.
Oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish, ular asosida tegishli malakalar va ko`nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir.
Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari oila psixologiyasi kursining predmetini tashkil qiladi.
Oila psixologiyasi kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Oilaning shaxs shakllanishidagi roli haqida yoshlarda to`laqonli tasavvurni shakllantirish.
2. Yoshlarni oilaning ijtimoiy tarixiy kelib chiqishi haqidagi va yuzaga kelgandan so`ng oilaviy hayot davomida bo`ladigan o`zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish.
3. Yoshlarda oilaviy hayotda muqarrar sodir bo`ladigan o`zgarishlar, muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy asoslangan to`laqonli tasavvurni shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash.
4. Yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga qonstruktiv tus berishga, destruktiv yo`nalishdagilaridan esa saqlanishga o`rgatish.
5. Yoshlarda oilaviy hayotning o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan psixologik oqilona (oilaga va uning mustahkamligiga salbiy ta`sir etmagan holda) chiqish imkonini beruvchi malakalarni shakllantirish.
6. Yoshlarda o`z umr yo`ldoshini to`g`ri tanlash malakalarini shakllantirish.
7. Yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash.
8. Yoshlarni oilani rejalashtirishga o`rgatish.
9. Yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash.
10. Yoshlarda oilaning mustahkamligini ta`minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish.
11. O`quvchilarda oilani o`rganuvchi psixologik tashhis metodikalari bilan ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to`g`ri talqin etish malakalarini shakllantirish.
Gap nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan, dastavval hozirgi zamon oilasining, umuman, nikoh-oila munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanish tarixi haqida zarur ma`lumotlarga ega bo`lish maqsadga muvofiqdir.Shunga asoslangan holda quyida insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida nikoh-oila munosabatlarining evolyutsiyasi haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Maxsus manbalarda qayd etilishicha, yer yo’zida bundan 4 mlrd. yillar muqaddam hayot nishonalari, jonzodlar yuzaga kelgan. Hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdodi (Homo-sapiens)- fikrlovchi odam bundan 3 mln. yillar muqaddam shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy taraqqiyotdan so`ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishilik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va odamlar o`rtasida dastlabki o`zaro munosabatlar, muloqotlar shakllana borgan. Lekin ularni hali tom ma`noda insoniy munosabatlar deb bo`lmas edi.
Umuman erkak va ayollarning bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi jins vakillari sifatida o`zaro munosabatlarining ilk ko`rinishlarida, ya`ni nikoh munosabatlari yuzaga kelishining ilk bosqichlarida jinslar o`rtasidagi munosabatlar ,asosan biologik omillar bilan boshqarilgan. Xuddi maymunlarda bo`lgani kabi ibtidoiy odamlarning ayollari ham vaqti-vaqti bilan, qisqa muddatli (oy davomida 4—5 kungacha, faqat ayrim turlardagina 19 kungacha) «estrus» degan holatni, estrus davrini his qilganlar (estrus — qo`shilishga moyillikning shiddatli, kuchli namoyon bo`lishi). Bunday kunlarda ayollar kimni xohlasa o`shalar bilan farqlab o`tirmay qo`shilavergan, qolgan kunlari esa qo`shilish bo`lmagan. Odamlar tik yurishga o`tishi bilan ular organizmida ro`y bergan o`zgarishlar tufayli «ilk ayollarning» ko`z yorish jarayonida ko`p nobud bo`lishi va oqibatda odamlar to`dasida ular sonining keskin kamayib ketishi ro`y bergan. Shu sababli erkaklar o`rtasida ko`plab nizolar yuzaga kelgan, ularning ko`pchiligi qonli to`qnashuv ishtirokchilaridan birining nobud bo`lishi bilan tugagan. Bunday tabiiy tanlanish estrus hodisasi uzoqroq muddat davom etgan urug`larning ko`proq yashab qolishiga olib kelgan.Biroq bu biologik omil «ilk ijtimoiy» rejadagi yangi to`siqlarni yuzaga keltiradi: hech bir organizm bunday uzoq vaqt davom etgan o`ta shahvoniy, asabiy zo`riqishlarga dosh bera olmas edi. Shuning uchun estrus muddatining uzayishi bilan ayollar bu davrda «sovuqroq», o`zining jinsiy maylini nazorat qiladigan va endi kim to`g`ri kelsa o`sha bilan emas, balki faqat o`zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo`shiladigan bo`lib borganlar. Erkaklarga nisbatan «tanlab» munosabatda bo`lish o`ziga xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Shu o`rinda ta`kidlab o`tishimiz joizki, hozirgi odam tushunadigan, his qiladigan «sevgi» hissining ilk elementlari, ayollarning shu holati xususiyati evaziga insoniyat ruhiyatiga singib borgan. Shulardan so`ng asta-sekinlik bilan, garchi hech qanday ijtimoiy me`yorlar bilan boshqarilmasada, bir-birlarini shahvoniy ma`qul ko`radigan juftlardan iborat unchalik katta bo`lmagan guruhdar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, estrusning uzayishi hamma uchun ham qulay, ma`qul bo`lmagan. Bu esa urug` tarkibiga kiruvchi erkaklar o`rtasida yana janjallar, qon to`qilishlariga sabab bo`ladigan holatlarni keltirib chiqargan. Odamlar jamoasi xo`jalik faoliyatining jiddiy bo’zilishi urug`ning yashab qolishi uchun xavfning ro`yobga chiqishiga olib keldi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda urug` ichidagi jinsiy muloqotni boshqarish, biologik instinkt, zoologik individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me`yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me`yorlardan biri mazkur urug` ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqotlarini ma`lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular (ta`qiqlash) ning yuzaga kela boshlaganligidir.
Tabu — ahloqiy me`yorlarga qaraganda ancha jiddiy va qattiq ta`qiqdir. Ahloqiy me`yorlarni buzuvchilarni jamoa jazolashi, uni yo`q qilib yuborishi ham yoki kechirib tirik qoldirishi ham mumkin bo`lgan. Ko`pincha esa tabularni buzganlar, ular buni bilib qilganmi yoki bilmaymi, bundan qat`iy nazar, so`zsiz jazolangan, yo`q qilib yuborilgan.
Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabularning yuzaga kelishi urug` o`rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib qo`yish bilan kuzatiladi. Tabu vaqtida erkaklarning nafaqat ayollarga teginishi, balki ularga qarashi, ular bilan gaplashishi, ular tayyorlagan ovqatni iste`mol qilishi, hatto ular bilan bir tom ostida ya`ni «bir uyda» bo`lishi ta`qiqlangan.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala ishlarining ortib borishi bilan jinsiy tabulardan xoli vaqtlar borgan sari kam muddatli bo`lib boravergan. Erkaklarda ham, ayollarda ham jinsiy zo`riqishning jadalligi ortib borgan. Shuning uchun tabulardan xoli qolgan vaqt oralig`i o`ziga xos shahvoniy ayshu ishratlarga aylana borgan.
Atoqli psixolog Z.Freyd bu davrni o`z navbatida bayramlarga qiyoslagan. Chunki aksariyat bayramlarda boshqa kunlari ta`qiqlangan deyarli barcha narsaga ruxsat beriladi. Bu bayramlar hech nima bilan cheklanmagan, jo`shqin jinsiy muloqotlar amalga oshirilgan.Shunday qilib, qisqa muddatli estrus yuzaga kelgan, biroq endi bu estrus biologik sabablar bilan emas, ijtimoiy sabablar bilan bog`liq bo`lgan. Bu vaqtlarda hali na nikoh va na oila mavjud bo`lgan.
O`z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan bo`lmish ekzogam nikohlarni yuzaga keltiradi (ekzogam nikoh — urug`lararo, qabilalararo nikoh). Chunki tabular faqat o`z urug`i uchungina taalluqli bo`lib, unda qon-qarindoshlar o`rtasida jinsiy muloqot ta`qiqlangan, boshqa qabila yoki urug` a`zolariga esa taalluqli bo`lmagan. Shuning uchun erkaklarga qayerdadir, ovloq joyda boshqa uruqqa mansub bo`lgan ayolni uchratib qolib, undan shahvoniy ob`ekt sifatida foydalanishi mumkin bo`lgan. Mabodo erkaklar uzoq muddat qishloq xo`jalik ishlari bilan band bo`lsalar, biron bir begona erkak bilan ayollar ham bu ishni bajarishgan Tabu davom etayotgan davrda bir urug` erkagi o`z ayollaridan uzoqda, o`z kulbasida boshqa uruqqa mansub ayolni saqlashi mumkin bo`lgan.Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida odatiy, zaruriy, ko`zda tutilgan odatlarga aylanib borgan. Bu o`rinda odamlarga «boshqa urug`dagilar» bilan bo`lgan aloqalardan tug`ilgan nasllar nisbatan bo`ydor, baquvvat, abjir ekanligi sezilib borgan. Ushbu davr aynan hozirgi zamon odami - gomosapiens shakllana boshlagan davrga to`g`ri keladi.
Shunday qilib, endogamiya (faqat bir urug` vakillari o`rtasidagi jinsiy aloqa)dan agomiya, ya`ni jinsiy munosabatlarning vaqtinchalik ta`qiqlanishi orqali ekzogamiya (turli qabila vakillari o`rtasidagi muntazam jinsiy aloqa) yuzaga keldi. Bundan nikohning guruhli nikoh (dualno rodovoy) turi yuzaga kelgan. Guruhli nikohda bir urug` erkaklari boshqa urug`ning barcha ayollari uchun er va aksincha, ikkinchi urug`ning erkaklari birinchi urug` ayollarining erlari hisoblangan.Guruhli nikohning yuzaga kelishi nikoh juftlari doirasini ma`lum bir guruh a`zolari bilangina chegaralab, birmuncha qisqartiradi.Bunday hollarda boshqa urug`dagi «erkak» bu qabilaga faqat bitta maqsadda, «nikoh» maqsadidagina kelar edi, o`zlari esa ona oilalarida yashardi va ishlashardi, ular o`zlarining «xotin»lari yashaydigan oilada hech qanday huquqqa ega emas edilar.Guruhli nikoh ikki urug`ning nikoh aloqalaridan iborat bo`lgan, ya`ni nikoh munosabatlarining birinchi shakli hisoblangan. Albatta bunday urug`larni hali moddiy ne`matlar ishlab chiqarish emas, balki bolalarni dunyoga keltirishgina bog`lab turgan. Ishlab chiqarish va bolalarni dunyoga keltirish munosabatlari bir-biridan ajratib qo`yilgan. Jinsiy aloqalar esa faqat bir-birlari bilan mulkiy ishlab chiqarish ishlari orqali bog`lanmagan odamlar o`rtasidagina mavjud bo`lgan.
Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo`lmagan, ya`ni unda biron bir doimiy «er-xotinlik» juftlari mavjud bo`lmagan. Har bir ayolning nikoh jufti aynan kim bo`lishi urug` tomonidan belgilanmagan, bu faqat odamlarning xolis xohishlari, istaklarining namoyon bo`lishi bo`lgan, xolos. Urug` faqat zo`ravonlik, majburlash hollari kuzatilgandagina aralashishi mumkin bo`lgan, ya`ni har bir individga o`zi qanday xohlasa,shunday yo`l tutish huquqi berilgan. Bunday munosabatlarni hozirgi zamon tili bilan «nikoh», deb atash mushkul, chunki bunday munosabatlar juftlardan na huquq, na majburiyat va na o`zaro mas`uliyatni talab qilgan. Shuningdek, oila deb atash mumkin bo`lgan, bolalarni boqish va tarbiyalash bilan bog`liq bo`lgan alohida bir muhabbat ham bo`lmagan.
Tabiiyki, guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim ekanligini aniqlash mushkul bo`lgan, shuning uchun bolalarning kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisoblangan. Urug`ning faqat ayolga tegishli tomoni tan olingan. Bolalar faqat o`z onasinigina bilganlar. Ularning singillari, singillarining bolalari, tug`ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlari ona urug`ini tashkil qilgan.
Guruhli nikohning moddiy asosi, asosan uy xo`jaligini yuritish hisoblangan, chunki bu vaqtga kelib ovchilik hamma vaqt ham urug` ehtiyojini qondira olmay qolgan. Bu davrda ayol uy xo`jalik ishlari bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlarni bajargan va shu bilan birga urug` a`zolari o`rtasida o`ziga xos hurmatga ega bo`lgan, urug` oqsoqollari kengashida e`tiborli o`rin egallagan. Matriarxat (onalik) davri bir necha o`n ming yillar davom etgan.
Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o`zaro mayllar zaminida yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi. Bundan paydo bo`lgan juftli nikoh dastavval bir erkak doimo faqat bitta ayol bilan yashashini bildirmagan. Erkak kishi bir necha ayol bilan bo`lishi mumkin bo`lgan, xuddi shuningdek ayol ham bir necha erkak bilan munosabatda bo`lgan. Aniqrog`i bunday nikohni juftli nikoh emas, balki ibtidoiy-egalitar, ya`ni teng huquqli nikoh deyish to`g`riroq bo`ladi. Tabiiyki, urug`ning birmuncha boobro` a`zolari bir necha ayolga ega bo`lishi mumkin bo`lgan. Bu davrga kelib ko`p erlilik kamroq uchragan.Bunday juft nikohlar taxminan bundan 25—24 ming yillar muqaddam urug` ichida xo`jalik va iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllarga o`tishi bilan xususiy mulkchilikning yuzaga kelishini ta`minlagan. Bu yo`lda qo`yilgan birinchi qadam «sovg`a ayriboshlash» deb nomlanuvchi odat bo`lgan.
Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan urug`, qabila a`zosi mehnatining mahsuldorligi sezilarli darajada ortgan va bu ortiqcha iste`mol mahsulotlarining yuzaga kelishiga olib kelgan. Har bir ishchi o`zi yaratgan mahsulotni qabilaning «umumiy qozoniga» tashlaydigan eskicha taqsimot shakli endi ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga to`sqinlik qila boshlaydi (chunki bu qabilaning nopok, dangasa a`zolarining ham ishlab chiqarish faoliyatidan jazosiz qutulib qolishiga olib kelgan). Shuning uchun ortiqcha mahsulotning ma`lum bir qismini qabila mulki sifatida o`zining abjirligi, chaqqonligi, ishlab chiqarish faoliyatida ko`proq muvaffaqiyatlarga erishganligi bilan farqlanib turgan a`zolarga «mukofot» tariqasida taqsimlashga ruxsat berilgan. Hammaga teng taqsimlash bilan birga asta-sekin odamning imkoniyatiga, uning qabila mulkiga qo`shayotgan ulushi miqdoriga qarab «mehnat haqi» taqsimlana boshlangan.Agar teng taqsimlanishda jamoa mahsulotidan ulush olish «huquqi» mazkur uruqqa taalluqliligiga qarab berilgan bo`lsa (jamoa mulkiga qancha hissa qo`shganidan qat`iy nazar), endi bu «huquq» mahsulot yaratishdagi ishtirokiga asoslanadigan bo`lgan.
Urug`ning ayrim a`zolarida ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulkning paydo bo`lishi, oilaning shakllanishi tomon qo`yilgan yangi qadam bo`lgan «sovg`a ayriboshlash»ni yuzaga keltirdi. Erkak kishi boshqa urug`dagi «o`z ayoliga» o`zining «mukofotini» sovg`a qilgan, shuningdek, ayol ham o`zinikini unga bergan, toki ular o`rtasida sovg`a ayriboshlash davom etar ekan, erkak bilan ayol o`rtasidagi jinsiy aloqa ham davom etavergan. Sovg`a ayriboshlashning to`xtatilishi esa ular o`rtasidagi aloqaning ham tugashini bildirgan. Shunday qilib, nikohning yana bir turi - individual juft nikoh yuzaga kelgan.Bunda ayolni o`zining qondosh-qarindoshlari, ya`ni o`z urug`i erkaklari bilan teng taqsimlash munosabatlari, boshqa urug`dagi erkaklar bilan esa sovg`a ayriboshlash munosabatlari bog`lab turgan.
Shuni aytib o`tish joizki, juftli oilaning yuzaga kelishi, boshidanoq uni o`z urug`iga qarshi qo`yishni va onalik urug`i asoslarining bo’zilishiga olib kelishini bildirgan. Ya`ni erkak kishi o`z mukofotini boshqa urug`dagi «o`z ayoli» va uning bolalariga qanchalik ko`p bersa, uning o`z onalik urug`iga shunchalik kam ulush qolgan. Biroq «er» hali «xotin» va uning bolalarining yagona boquvchisi bo`lmagan. Juftli oilalarning yanada asosliroq bo`lishi uchun sovg`a ayriboshlash noadekvat bo`lishi kerak edi, ya`ni er xotiniga xotin eriga berganga qaraganda ko`proq berishi lozim edi. Shunday qilib, u (er) xotinning bolalarini boquvchi bo`lib qolishi, sovg`a ayriboshlash munosabatlari boquvchilik munosabatlariga aylanishi lozim edi. Shu bilan birga erkakning xotin va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli bo`lib bordi. Nihoyat qabilalararo (dualno rodovoy) nikoh zaminidan doimiy o`rin olgan xo`jalik birligi — jamoa tashkil topdi, unga erlar o`z xotinlari va ularning bolalari bilan kirdi. Erkaklar o`z singillaridan, ayollar esa mos ravishda o`z aka-ukalaridan ajralishdi. Yangi iqtisodiy xo`jalik birligi yoki oilaning yana bir turi — juft oila yuzaga keldi, unga, asosan er, xotin va uning bolalari kirdi.
Endi nikoh xotinning bolalarini tarbiyalash va boqishni o`ziga maqsad qilib qo`ygan erkak va ayolning ittifoqiga aylandi. Buning uchun er-xotinning har biri o`z urug`idan olgan ulushidan, mahsulotidan foydalanishgan. Bunday ittifoq yuzaga kelishining ob`ektivligi mehnatiga yarasha taqsimotning roli ortishi va teng taqsimlash rolining pasayishi bilan kuchayib bordi. Juft nikohning yuzaga kelishi bilan juftlar o`rtasidagi jinsiy munosabatlar nafaqat shunchaki ahloqiy me`yorlar bilan boshqariladigan doiralarga, balki ijtimoiy-iqtisodiy doiraga (ramkaga) ham kiritildi.
Oldingi mavzuimizda oila, nikoh haqida, nikoh-oila munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi haqida, oilaning klassik turlari haqida fikr almashdik. Unda keltirib o`tilgan oila turlari klassifikatsiyasiga ko`ra hozirgi zamon oilasi «Monogam oila»lardan iboratdir. Biroq hozirgi zamon monogam oilasi ham o`z navbatida bir-biridan to’zilishi, tarkibi, mohiyati va boshqa xususiyatlariga ko`ra yana bir qator turlarga bo`linadi. Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligini va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o`rganish oilaviy hayotda ro`y berishi mumkin bo`lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. Quyida shular haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko`ra quyidagilarga farqlanadi:
1. To`liqligiga ko`ra: to`liq, noto`liq va qayta to’zilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
2. Bo`g`inlar soniga ko`ra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat bo`lgan) va ko`p bo`g`inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a`zolari birga yashovchi) oilalar.
3. Bolalar soniga ko`ra: farzandsiz, bir bolali. ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlarda bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSh, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda^Z-4 bolali oilalar ko`p bolali oilalar hisoblanadi. O`zbekistonda bunday oilalar farzandlar soni o`rtacha bo`lgan oilalar sirasiga kiradi.
4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko`ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila.
5. Er-xotinning ma`lumot saviyasiga ko`ra: oliy ma`lumotlilar, o`rta-maxsus, o`rta, tugatilmagan o`rta, maxsus yordamchi maktab ma`lumotiga va turli saviyadagi ma`lumotga ega bo`lgan er-xotinlardan tashkil topgan oila.
6.Oilaning «yoshiga» ko`ra: yosh oila (1 yilgacha, 3—5 yillik, 6—10 yillik turmush tajribasiga ega bo`lgan oilalar), o`rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi).
7. Er-xotinning ota-onasi oilasining moddiy ta`minlanganlik darajasi jihatidan
qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bo`yicha bir-biriga mos va mos bo`lmagan oilalar.
8. Regional jihatlariga ko`ra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila.
9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko`ra: ajralish saviyasida — nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada bo`lgan oila, o`rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.
10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko`ra: er yetakchi bo`lgan oila, xotin yetakchi bo`lgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.
11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlarga ko`ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
12. Er-xotinning millatiga ko`ra: bir millatli yoki baynalmilal oilalar. Baynalmilal oilalarni o`z navbatida ikkiga bo`lish mumkin:
— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikohlar, masalan, o`zbek-tojik, o`zbek-qozoq, o`zbek-turkman, rus-ukrain, o`zbek-tatar va boshqalar;
— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillari orasidagi nikohlar, masalan, o`zbek-rus, o`zbek-ukrain, o`zbek-eston, o`zbek-nemis va boshqalar.
13. Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko`ra: sinovdagi oila (birga yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir-birlarini norasmiy nikohda sinashyapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi aniq, ammo ayrim ob`ektiv sabablarga ko`ra rasmiylashtirish kechiktirilyapti), nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy oilasi). Nikohdan tashqari oilalarning ayrimlari pinhona bo`lsa, ko`pchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindoshlari bilishadi.
Oilaning yuqoridagi shartli ijtimoiy-psixologik klassifikatsiyasi, ularga xos psixologik xususiyatlar mutaxassis (sotsiolog, psixolog)lar tomonidan ilmiy o`rganilishi va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xizmat qilishi kerak.
Hozirgi zamon oilasining asosiy funktsiyalari
Har bir oila ijtimoiy tizim struktura sifatida jamiyat oldida ma`lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funktsiyalari haqida gapirganda, bir tomondan, jamiyatning oilaga ta`sirini, ikkinchi tomondan, umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o`rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) funktsiyalarini hisobga olish lozim.Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funktsiyalarni bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).Bu haqida Sharq allomalari Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o`z asarlarida yozib qoldirganlar. Albatta, bu sanab o`tilganlar hozirgi zamon oilasi asosiy funksiyalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki ayrim manbalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, xo`jalik va o`zaro yordam kabi funksiyalar hozirgi zamon oilasining muhim funksiyalari sifatida ko`rsatib o`tilgan. Sotsiolog olimlar (U.M.Sverdlov, V.A.Ryasenkov, V.P.Klyuchnikov) inson naslini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo`jalik funksiyalarini; S.D.Laptenok xo`jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a`zolarining dam olishi — hordiq chiqarishini tashkil etishni; N.G.Yurkevich — ma`naviy muloqot, seksual, bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo`jaligini yuritish uchun zarur vositalar bilan ta`minlash, dam olishni tashkil qilish, o`zaro moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlashni; A.G.Xarchev — aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo`jalik, iste`mol va dam olishni tashkil qilish kabilarni farqlaydi. Mana, yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda. Bu o`rinda oila funksiyalarini shunchaki sanab o`tish emas, balki ularni, bir tomondan, odamlarning moddiy, xo`jalik-maishiy va ikkinchi tomondan, emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarini farqlash muhim.
Shuni ham aytib o`tish joizki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo`lgan funksiyalarda ham hissiylik ko`proq ko`zga tashlanadi. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar oilalarida kuchliroq sezilmoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari va tomorqa yerlarining borligi evaziga shahar oilalariga qaraganda jamiyatning ishlab chiqaruvchi bo`g`ini sifatida ishlab chiqarish funksiyasini ko`proq, saqlab qolmoqda.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv), feliotsitologik kabilar.
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadni rejali sarflash, kundalik harajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so`ng olinadigan narsalarga mablag` yig`ish, tejab ro`zg`or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo`lishlariga bog`liq. Shuningdek, oilada o`sayotgan bola ham mana shu malaka va ko`nikmalarga ega bo`lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o`rgata borish lozim.Oila o`zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta`minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi. Agar davlat tomonidan davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni boqish, qiyintirish, o`qitish, moddiy ta`minlash va sh.k.) har bir bolaga sarflanadigan mablag` va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo`lsak, o`rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so`mni tashkil qiladi.
Tasavvur qilish osonroq bo`lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga kamida bitta «Neksiya» avtomashinasi qiymati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Shuning uchun har tomonlama kamol topgan ma`naviy-ahloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog`lom shaxsni yetishtirishning ma`naviy-ahloqiy jihatlarini hech qanday iqtisodiy me`zon bilan o`lchab bo`lmaydi.
Bu oila iqtisodiy funksiyasining atigi birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko`rsatadi, xolos. Oilada xo`jalik ishlarini yuritish, moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, fermer xo`jaligi, shaxsiy ishlab chiqarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi ahamiyatini bundanda oshiradi.
Oilaning muhim bo`lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta`minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iborat. Oila faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo`lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlar bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko`rishga, ularni o`stirishga va tarbiyalashga bo`lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o`zini baxtiyor his qila olmaydi. Shuningdek, er-xotinda farzand tug`ilishi bilan bog`liq holda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda — onalik, erkakda — otalik hissi paydo bo`ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil hamdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo`lishi lozimligi nazarda tutiladi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo`ladigan bo`lsa, bunday nasl sakkizinchi avloddan keyin yo`q bo`lib ketishi mumkin ekan. Har bir oilada ikkitadan farzandning bo`lishi ham aholi sonini saqlab turishni ta`minlay olmaydi. Demograflarning ta`kidlashlaricha, oila o`zining reproduktiv funksiyasini bajarishi uchun har bir oilaga o`rtacha 2-6 ta farzand to`g`ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bunga hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar yaqqol misol bo`la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo`nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko`p bolali va kam ta`minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh onalarga, oilalarga imtiyozlar yaratish va shu kabilardan iborat.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo`lgan yana bir funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik salohiyatiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo`yish bilan cheklanmasdan, balki uning so`nggi g`ishti qo`yilgunicha javobgardir. Ota-ona — san`atkor, bola — san`at asari, tarbiya jarayoni esa san`atning o`zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimizning azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlari, an`analari (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug`, mahallaning ham ta`siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba`zan oilaning tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ`ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a`zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta`siriga berilish, ma`naviy buzuqlik yo`liga kirish) paydo bo`lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma`lum bir siyosiy-g`oyaviy dunyoqarash, ahloqiy me`yorlar va xulqiy namunalar, jismoniy sifatlar singdiriladi. Halqimizda «qush uyasida ko`rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me`yorlar va qadriyatlarni o`zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a`zolarining o`zaro muloqot va o`zaro tushunishga bo`lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta`kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning ahloqiy, ma`naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o`zaro, ichki muloqot xarakteri, katta a`zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi ahloqiy-psixologik iqlimga to`g`ridan-to`g`ri bog`liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlar kundalik hayoti urbanizatsiyalashuvining (radio, televidenie, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi tufayli oilalarning tobora nuklearlashib borishi, oila kommunikativ funksiyasining, shuningdek, oila a`zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbatlashib olishining ahamiyati tobora kuchaymoqda. Bu o`rinda o`zbek oilasining o`ziga xos xususiyati - ko`p avlodlilik, ko`p farzandlilik kabilar bunday oilalar a`zolari o`rtasida o`zaro muloqot to`laroq amalga oshishiga asos bo`ladi, ularning o`zaro muloqotga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o`ynaydi. Biroq so`nggi yillarda ba`zi oilalarda ota-onalar va bolalar o`rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e`tiborning pasayishi, oila a`zolari o`rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa qishloq oilalarida) holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o`zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a`zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o`z joniga qasd qilish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoqda. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng avvalo oila a`zolari o`rtasida oshkora, yaqin, o`zaro tushunarli, ishonchli muloqotning amalga oshirish maqsadida zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo`lsa, bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish, aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo`lga qo`yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki ibtidoiy zamonlardan buyon uning uchun xarakterli bo`lib kelgan xususiyatlardan, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o`z a`zolarining ahloqiy-psixologik himoyalanishini ta`minlash, shuningdek, bolalarga va mehnatga yaroqsiz, keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko`rsatish kabilardan iborat bo`lib kelgan. Bu holat o`z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan yana birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi — o`zaro jismoniy, moddiy, ma`naviy va psixologik yordam ko`rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a`zolari dam olishini tashkil etish funksiyasidir. Bu funksiya keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila a`zolari salomatligini mustahkamlash, ularining dam olishlarini tashkil etish, oila a`zolarining bevosita mehnat, o`qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda bo`sh vaqtlarni birgalikda o`tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning o`zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan omillardan hisoblanadi. Bo`sh vaqt jamiyatning nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bo`sh vaqtini muntazam ravishda qanday o`tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik darajasiga, ma`naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki, dam olish va sog`lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin ko`pchilik turli sabablar bilan (ularning o`zlari ko`proq moddiy sababni ko`rsatishadi) madaniy dam olishga e`tibor bermay qo`yganligini ham aytib o`tish lozim. Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o`z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta`minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko`rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bo`lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o`z sog`liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari, sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning o`z a`zolari ahloqiy-psixologik himoyalanganligini ta`minlashdagi roli tobora ortib bormoqda.Chunki odam faqat o`z oilasidagina va faqat o`z yaqinlari qurshovidagina o`zini tom ma`noda xotirjam, erkin his qila olishi mumkin. Bu borada oilaning o`rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.
Oilaning felitsitologik funksiyasi
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felicite» — baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko`p jihatdan hal qiluvchi bo`lib bormoqda. Baxt nima o`zi? Hozirgi zamon oilasi o`z a`zolarining baxtini ta`minlashda qanday rol o`ynaydi? Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o`ziga ato etilgan baxtning to`rtdan uch qismini oiladan, qolgan qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to`liq tushunishi — ularning o`zlarini baxtli his qilishlarini ta`minlaydi. Shuningdek, o`zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro`yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o`zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba`zan nopok yo`llar bilan pul topish orqali baxtli bo`lishga intilish yoki o`zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab turadi. Ba`zan esa oila a`zolarining (ayniqsa, er-xotinning) shaxsiy baxtga o`z-o`zicha intilishi oilalarda noxush holatlar (xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxs o`zida ko`proq vijdonlilik, poklik, halollik kabi ma`naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e`tibor berishi lozim.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a`zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro`ni amalga oshirishni o`z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma`naviy tomondan qo`llab-quvvatlash nazarda tutiladi. O`tgan zamonlarda oilaning boshqaruv funksiyasi ma`lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham qo`yilgan. Unga ko`ra oilada kim oila boshlig`i bo`lishi, uning obro`si va ustunligi alohida qayd etilgan va oilaning shu a`zosi (asosan ota) butun umri davomida o`z farzandlari va oila a`zolari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo`lgan. Ota-onasiga bo`ysunmaganlarni jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zamon egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv funksiyasi, asosan ahloqiy me`yorlar, oila a`zolarining shaxsiy obro`si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan bo`lgan munosabatlaridagi o`rni kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko`ra ba`zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a`zolarining qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba`zi oilalarda (er-xotinning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e`tibordan chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko`chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiladi. Ba`zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi o`g`il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko`payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksiyasi oila a`zolarining xulqi, mas`uliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni, nazorat qilishni o`z ichiga oladi. Odam oila ko`rganidan so`ng albatta uning ijtimoiy mavqei o`zgaradi. Endi u «uylanmagan yigit», «turmushga chiqmagan qiz» emas, balki «oilali» odamdir. Shunga ko`ra u o`zining xatti-harakatlari, xulqini ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko`rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning mas`uliyati ortadi. Erning va xotinning xulqi ham endi o`ziga xos boshqariladi.
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir. Bu degani oila a`zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yanada tiklash demakdir. Ma`lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo`jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko`proq jismoniy, ruhiy zo`riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi-xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o`zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishini taqozo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi - insonni tezda toliqib, o`zining mehnat qobiliyatini yo`qotishiga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko`tarinkilik, kuchli zo`riqish bilan ishlagan xodim, ishchi ishdan so`ng o`z uyida, oila a`zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, ular ko`rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand bo`lib, ular bilan bo`ladigan o`zaro muloqotdan, emotsional qo`llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olishi, ertangi kun mehnat faoliyatiga o`zini qayta tiklab olishi lozim bo`ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o`zaro tushunish, hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm surmog`i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional-ruhiy jihatdan o`zini qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlikka, jarohatlarga yo`l qo`yishiga, turli kasalliklarga duchor bo`lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta`minlovchi mezon hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, oila — jamiyatning bir bo`lagi, uning asosiy yacheykasidir. Oilaning o`z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog`lomligiga ham ta`sir etadi. Shunday ekan jamiyatni sog`lomlashtirish uchun eng avvalo oilaviy munosabatlarni yo`lga qo`yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarini ham hal qilishga hissa qo`shishini ta`minlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |