Sotsial psixologiya



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə39/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Sotsial psixologiya

Intim munosabatlar . Bu nafaqat seksual munosabat, nafaqat jinsiy aloqa, balki ancha ochiq, yaqin, ma`naviy muloqotdir. Intim (fransuz tilida — intime — «yaqin», «qulay», «ko`ngildan», lotinchada— intimuz — «chuqur», «chin dildan») muloqotlar deyilganda psixologiyada shunday muloqotlar tushuniladiki, unda odam boshqa odam oldida qandaydir bir ijtimoiy rolni (rahbar yoki xodim, sotuvchi yoki vrach va shu kabi) bajaruvchi emas, balki aynan «yagona» shaxs sifatida — nodir, takrorlanmas mavjudod sifatida namoyon bo`ladi, bunda u mutloqo oshkora, ochiq, hech narsadan qo`rqmay, o`zining ichki olami, o`zining barcha xususiyatlarini uyalmasdan namoyon qila oladi. Bunday muloqotda suhbatdosh odamlar o`rtasida chuqur va keng o`zaro oshkoralik (jismoniy, psixologik, shaxsiy, ma`naviy) amalga oshadi. Bunda suhbatdoshlarning tanasi, fikri, hissiyoti, xarakteri va hayotiy rejalari, qadriyatlari, fikrlari ochiladi.

Intim munosabatlarga sevgi, do`stlik, dushmanlik, yolg`izlik kabilarni kiritish mumkin. Biroq intim muloqotlar nafaqat istalgan muloqotlar sifatida, balki xavfli, «qo`rqinchliroq» muloqotlar sifatida ham idrok qilinishi mumkin. Bu muloqotlar tushunish va hamdardlikka, o`zaro qo`llab-quvvatlash, dalda berish, bir-birini tushunishga bo`lgan ehtiyojlarni qondiradi. Er-xotin o`rtadagi muloqot jarayonida o`z hissiyotlarini, ichki kechinmalarini jilovlashga harakat qiladi, uning fosh bo`lib qolishidan, pinhoniy tuyg`ularining ochilib qolishidan hayiqish hissi namoyon bo`ladi. Shuning uchun ayrim odamlar muloqotda ko`pchilik tomonidan qabul qilingan muloqotlar darajasida qolishga harakat qiladilar. Buning boisi, avvalo odamning ichki kechinmalarini oshkora qilib qo`yishdan qo`rqish yoki jufti oldida o`zini «fosh» qilib qo`yishni xohlamaslik, o`zining pinhoniy, hatto o`zi ham o`zida ko`rishni istamaydigan xislatlarni fosh qilib qo`yishdan qo`rqishdir. Odamlarning «tashlab ketilishdan» qo`rqishlari (borlig`ingni oshkora qilib qo`yganingdan so`ng sen jufting uchun qiziqarli bo`lmay qolasan, u sening barcha xislatlaringni bilib, ko`rib bo`lganidan so`ng, senga qiziqmay qo`yadi va seni tashlab ketishi mumkin), «jiddiy tanbehlar»dan qochishlari (bunaqa erkin, oshkora, ochiq muloqotda o`zing haqingda sheriging yoki biror bir muhimroq masala haqida nojo`ya gapni «gapirib», «laqqillab» qo`yishing mumkin) ham shu bilan bog`liq. Bulardan tashqari, muloqotlarning intimligidan (yaqin bo`lishidan) ko`pincha o`zining ajratuvchi (destruktiv), buzuvchi impulslaridan qo`rqish ham ushlab qolishi mumkin. Intim muloqotlarda biz xulqning ijtimoiy me`yorlari, ijtimoiy ta`qiqlariga eng kam darajada bog`liq bo`lamiz va shuning uchun o`zimizga eng yaqin odamga nisbatan bo`lgan munosabatlarimizda biz o`zimizni shunday tutishimiz mumkinki, boshqa hech bir odamga nisbatan o`zimizni bunaqa tuta olmaymiz. Nihoyat, muloqotlarning intim bo`lishidan ayrim odamlarning boshqa odam individualligiga haddan tashqari ortiqcha kirishib, qo`shilib ketishi, boshqa odamga «aralashib», singib ketishi tufayli o`zining individualligini yo`qotib qo`yishdan qo`rqishi ham ushlab turadi. Shuning uchun «birlashishdan oldin dastlab chegarani, aloqalarni yaxshilab belgilab, aniqlab olish» o`z individualligi va shaxsini mustahkamlab olish lozim.

Oiladagi er-xotin muloqotining muhim xususiyatlaridan biri shuki, u ma`lum darajada kundalik, maishiy prozaik fonda amalga oshadi. Boshqa odamlar, boshqa erkaklar va ayollar bilan bo`lgan muloqotda biz ko`tarinkilikni, uyda esa uning oshxonasini ko`ramiz. Bular esa bir-birlaridan juda uzoq va odamlarga turlicha talablarni qo`yadigan tushunchalardir.

Psixologlar muloqotning o`ziga xos uch xil kommunikativ pozitsiyasini farq-laydilar. Bular: «ota yoki ona», «katta», «bola». Ularning hammasi bir odamda mujassam bo`lishi mumkin.

«Ota yoki ona» pozitsiyasida bo`lish — bu o`zining boshqalardan ustunligini anglash, rag`batlantirish va jazolash huquqiga egalikni his qilish demaklir. «Ota yoki ona»ning murojaati odatda pand-nasihatli, e`tirozga o`rin qoldirmaydigan, uzil-kesil bo`ladi, uning o`zi buni doimo namoyon qilavermasa-da, o`ziga hurmatni talab qiladi. U tartibni nazorat qilishni va odamlarni boshqarishni, «otalarcha» («onalarcha») homiylik qilib, xuddi zaifroq odamga yondoshgandek yondoshishni yoqtiradi.

«Katta» pozitsiyasi odamning atrofidagilar bilan teng darajada muloqotda bo`la olishini bildiradi. Atrofdagilarga o`z hukmronligini ham o`tkazmaydi yoki o`ziga nisbatan «ma`qullovchi» munosabatni ham kutmaydi.

«Bola» pozitsiyasida odam xafagarchilikka yuqori sezgirlikni, ko`ngli bo`shlik, oson ishonuvchanlik, o`yinqaroqlik, injikdik, boshqalardan mehr olishni istash, sezishni, kuchliroq odam tomonidan panoh tutishni va shu kabilarni namoyon qiladi.

Agar shu pozitsiyalar o`zaro muvofiq kelsa va o`zaro mos bo`lsa, masalan, kimdir juftiga nisbatan bo`lgan munosabatda «otalik» yoki «onalik» pozitsiyasini tutsa-yu, ikkinchi tomon esa bajonidil «bolalik»ni namoyish etsa — bu yaxshi, agar ikkita «katta» pozitsiyasi o`zaro to`qnash kelsa, bu ham yaxshi, biroq oilada ikkita «ota» («ona») duch kelib qolsa, unda ularning muloqotida zo`riqish, nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar.

Nizoli vaziyatlar odatda uzoq vaqtlar davomida yetiladi, shuning uchun oqil va tajribali odamlar ularning dastlabki alomatlarini o`z vaqtida payqab, ularga lozim darajada munosabat bildirib, ularni bartaraf qilishi yoki mumkin qadar zaiflashtirishi mumkin.

Biz yuqorida oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasiga tegishli masalalarga qisman to`xtalib o`tdik. Endi esa mazkur masalada yosh oila mezonlari haqida fikr yuritsak. Psixolog va sotsiologlarning fikricha, kelin-kuyovlarning yoshi 30 dan oshmagan 1-nikohdagilar yosh oila hisoblanadi. Odatda yosh oila tushunchasi oilaviy hayotning dastlabki 10 yilini o`z ichiga oladi.

Nikohdan o`tib oila qurilgandan so`ng u bir necha bosqichlarni bosib o`tadi. Shulardan eng ko`p kuzatiladigani − sotsial va psixologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadigani ham aynan shu yosh oila bosqichiga to`g`ri keladi. Bu bosqichda er-xotinlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shakllanadi, farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish bilan bog`liq bo`lgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan yosh oilalar, ularning mustahkamligini ta`minlash va ularni ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy qo`llab quvvatlash, yangi oilaning barqarorligini ta`minlashga imkoniyatlar yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Oilaning mustahkam bo`lishi, er-xotinning baxtiyor, tinch-totuv yashashlarida ularning o`zaro qovushuvi muhim rol o`ynaydi. O`zaro qovushishlarni shartli ravishda uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin:

1. Biologik qovushuv.

2. Psixologik qovushuv.

3. Sotsial (ijtimoiy) qovushuv.

To`ydan keyingi dastlabki «asal oyi» odatda, osoyishta, shirin, totuvlik bilan o`tadi. Tabiiyki, «Qolgan oylar va yillar ham xuddi shunday yaxshi, baxtli davom etishi uchun nimalarga e`tibor berish kerak?», «Yuqoridagi qovushuv turlaridan eng muhimi va asosiysi qay biri?» degan savollar tug`iladi. Quyida biz ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin