Mazkur konsepsiyaning psixologik asosiy tafakkurning empirik nazariyasi hisoblanadi va assotsiatsiya bilish jarayoni asosiy elementi sifatida tan olinadi, bu ilmiy tushunchalarni shakllantirishning universal vositasi sanaladi. Nazariyaning taxminiga ko’ra bir qancha o’zaro o’xshash predmetlarni kuzatish jarayoni o`quvchilarga sxematik ifodalangan elementlarni takkoslash asosida nazariy jixatdan xulosa chiqarish imkonini beradi. Takkoslash, solishtirish operatsiyasi har qanday mavxumlash (abstraksiyalash) va umumlashtirishning zaruriy sharti tarikasida namoyon bo`ladi. Bu takdirda o`quvachilar hissiy emmotsional va yakqollik, konkretlik negizidan muhim belgilarni nomuhimdan ajratish imkoniyatiga ega bo`lishi zarur. Shuni alohida ta’kidlab etish lozimki, turli tushunchalar va ta’riflarni muhim belgilarni o’zlashtirish mavhum tasavvur, empirik bilimlarning uzginasi, xuddi shu bois o`quvchilar bir tushunchadan ta’rifdan, qonuniyatdan boshqasiga utishni uddalay olmaydilar. Bunday mavxumlikni vujudga kelishi bilan jarayon yakunlaymaydi, balki edi boshlanadi, ma’lumki, xakikiy tushuncha ta’rif nafaqat mavxum, ammo u yakqol xamdir. Dialektik mantikda voke yaqollik fikrning yo’qoriga yo’nalishining boshlangich nuktasi sifatida tushuniladi, bunda muhim va nomuhim alomatlar, yopiq aloqalar va munosabatlar sintezlashadi. Bu esa tushunchalar, ta’riflar xakikiy moxiyatini ochish imkonini beradi, shuning uchun ham ta’lim jarayoni shunday tashqil qilinishi kerakki, bunda o`quvchilar oldida vujudga keladigan muamoli vaziyatlar kaysidir ma’noda ilmiy tushunchalar ta’riflar, ijtimoiy-tarixiy paydo bo`lishi jarayonining takrorlanishiga yerdam bersin. Mazkur konsepsiyada, aksincha, tushunchalar ta’riflar, o`quv faooliyati tarkibiga "Tayor holda" kiritiladi, natijada ular tarixiy rivojlanishidan o’zilib qoladi. Murakab tushunchalar ta’riflarni vujudga kelish jarayoni va ularning ilk ko’rinishiga ta’siri o’rganilimaganligi uchun ularni o’zlashtirish jarayoniga asos bo`lib ta’rif va tayor chizma xizmat qiladi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra tushunchani o’zlashtirish - bu ta’rifni yed olish, tayor tasvirlari, alomatlari, modeli bilan solishtirish demakdir.
Bundan yakqol ko’rinib turibdiki, bu konsepsiya ichida o`quvchilarda o’ziga xos shunday ustanovka shakllantiradiki, har qanday muammoli vaziyatda tushuncha ta’riflarni muhim alomatlari o’zgar mas, holbuki shunday ekan, demak unga har doim suyanish va muljal qilish mumkin. Ma’lumki, tabiiy - matematik turkumdagi fanlarga ob’ekt genetik jixatdan kurilmaydi, shuning uchun kurgazmalilik yaratish jarayoniga tushunchalar manbai, aloqalar va munosabatlar orasidagi elementlarining xususiyatlari ochilmay qolaveradi. Boshlangich dastlabki harakatlar, operatsiyalar moxiyati ham ochilmay qolishi yakqol ob’ekt dialektikasi vujudga kelishiga tuskinlik qiladi. Matematik tushunchalar mavjudligi faktik holda hissiy mushoxada darajasida urgatiladi, uning negizida so`z mantik rasmiy ta’rifi yetadi. Shunga o’xshash bir qator ishlarga tayor chizmalar roli va ularning variatsiyalari to’g’risida fikr yuritiladi, lekin ming afsuski, shakllarni tayorlash usuli va chizmani yasash kursatilmaydi, o`quvchilar tafakkuri va tushunchalar shakllanishiga yerdam beruvchi vositalar yuzasidan axborot bildirilmaydi. Unda chizmaning roli yetarli darajada baholanmaydi, shuningdek, uning rasmiy mantikiy ta’rifi, nutkiy ifodasi chizmaga asoslanishi tushirib qoldiriladi.
Predmetli amaliy faoliyat jarayonida narsaning mazmuni aniqlanadi, nutkiy ifodalanishga qaraganda chizmada ma’lumotlar, ko’prok aks etishi qayd qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, chizmasiz, obrazsiz va chizmadan tashkari turli topshiriqlar, ta’riflar xukm surishi mumkin emas. Shunday qilib, assotsiativ reflektor konsepsiyasi ichida bilishini hissiy va mavxum javhalari munosabati adekvat tarzda qaralmaydi.
Bu konsepsiyada bir tomondan, fa’zoda chizmani variatsiyasi oldingi qatorga suriladi, ikkinchi tomondan, bilimlar manbai sifatida uning funksiyasi yetarli darajada baholanmaydi. Tahlil qilinayotgan ilmiy tushunchalar, ta’riflar xususiyatlari, shakl, obraz moxiyatidan kelib chiqadi, shuning uchun, bizningcha o`quvchilarning ob’ektga tayanishlari, mavxum fikrlashda qiyinchiliklarni his etishni tasdiklashi notabiiyrok tuYo’ladi. Topshiriqni yechishda o`quvchilarning ob’ektiv to’zilishga intilishi so`z mavxum muloxaza yurita olmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, insonni har qanday fikrlash faoliyatining hissiy va mavxum (obstrakt) munosabatiga taalluqlidir, ushbu jabhalar (kompanentlar) o’rtasidagi aloqaning yo’qligi tafakkur turlari shakllanmaganligdan dalolat beradi.
Mazkur konsepsiyada analiz va sintez munosabatiga alohida e’tibor qilinadi, binobarin, bilimlarni egallash jarayonining turlicha darajalariga ham xuddi shunday qaraladi. Mazkur konsepsiya tadqiqotlarida ob’ekt analizining roliga alohida e’tibor qilinadi, analiz va sintez ularning munosabatlari rasmiy mantikiy jixatdan olib qaraladi.
Murakkab ob’ekt tarkibiga kiruvchi shakllar (tasvirlar) ni alohida chizish o`quvchilardan talab etiladi, ammo har xususiyatli topshiriq talablari hisobga olinmaydi. Ob’ekt empirik kurgazmalilik nuktai nazaridan tahlil qilish hissiy shakldagi turlicha chizmalar va ularning majmuasi bir-biriga bog’liq emasligini kursatadi. Ularning rolini ta’rif va topshiriqlar konteksti asosida aniqlash mumkin, ma’lumki bunda alohida elementlarning o’zaro aloqasi namoyon bo`ladi. Ilmiy tahlil muayyan maqsaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, chunki bilish faoliyatiga bilimlar, ko’nikma va malakalar kiritiladi, uning negizida tushunchalar to’g’risida yangi bilimlar vujudga keltiriladi.
Mazkur konsepsiyaning ko’pgina ma’lumotlarida bir qator psixik xususiyatlar funksiyasi va roli ta’kidlanadi, jumladan, o`quvchanlik, barkarorlik, aqlning tezligi, tafakkur egiluvchanligi, faollik, mustaqillik, ixchamlilik, tejamkorlik hamda ularga qarama-karshi sifatlar. Ularning individual xususiyatlariga asoslanib, fikriy tasdiklar moxiyatining noadekvatlik vositasini ochish mumkin. O`quvchilarni fikrlash jarayoniga topshiriqlarning turli-tuman ifodalanishi ta’sirini o’rganish maqsadida psixologlar tomonidan tajribalar o’tkazilgan: o`quvchiga bitta topshiriqni yechish turlicha ifodada beriladi, bunda chizma va harfiy ifoda o`z holicha qolidiriladi; teng yenli uchburchak o’rniga turli tomonlisi beriladi. Bunda dastavval savol paydo bo`ladi: topshiriq shartida teng yenlilik eslatilmasa-da "lekin teng yenli uchburchak chizmasiga asoslanib toprshirik yechish mumkinmi? Shunday qilib, eksperimentator xususiy matematik tasdikni umumiy yeyish imkoniyatiga ega bo`ladi. Predmetli amaliy faoliyatning maxsus shaklini tashqil qilish imkoniyati va uni vujudga keltiruvchi boshqa faoliyat ko’rinishlari o’rganilmaydi hamda o`quvchilarda shakllantirilmaydi. Tafakkurning egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lmagan bolalar topshiriq bajarish jarayonida asosan chizmani muljallaydi, ko’pincha sharoitning muhim tomonlari xayoldan ko’tariladi, chunki ularda obstraksiya bilan obraz o’rtasida yetarli darajada aloqa yo’qdir. so`z - mantiqiy umumlashtirishning rivojlanishi to’g’risida ta’riflarni ko’r-ko’rona esga tushirish, so`z orqali dalillashga asoslanib mualliflar muloxaza yuritadilar. Bizningcha, bunday vositalar negizida xech kachon nazariy tafakkurni shakllantirish mumkin emas.
Mantikiy tafakkur shakllanishiga olib boruvchi vositalar e’tiborga olinmasa, nazariy tafakkur to’g’risida so`z bo`lishi mumkinmi? Darhaqiqat, kachonki o`quvchilar yakqollik (konretlik) va mavxumlik (obstraktlik) usullari harakat va ma’noni solishtirishni uddalay olsalar, u holda faoliyatni moddiy va moddiylashgan holda amalga oshira bilmaydilar, vaholanki ularda o`quv faoliyatining zarur tajribalari shakllangan bo`lishi lozim. Chunki chizma ham tushunchalar ham o`quvchilarga tayor holda berilganligi sababli rasmiy mantikiy ta’riflarga va chizmaga asoslanib tushunchalarning muhim belgilarini ajratishga o`quvi yetmaydi.
Mazkur konsepsiyada bilimlarni o’zlashtirish jarayonida ilmiy tushunchalar paydo bo`lishi, ta’riflar dalillanishi, muammolar yechilishi genesiziga e’tibor qilinmaydi, ularning o’ziga xos xususiyatlari tadkik etilmaydi. Shunga qaramsdan, aqliy harakatlar bajarilishi izchilligiga aosiy maqsaddan kelib chiqilmasada, e’tibor berish ta’kidlanadi, ammo o`quvchilarning tushunchalar mazmuni, moxiyati, ichki aloqalar va munosabatlar muammosini yechish imkoniyati cheklanganligicha qolaveradi. Shuni ta’kidlab utish o’rinliki, kurgazmalilikning an’anaviy tamoyilini bunday shakda qo’llash ilmiy-nazariy tushunchalarni ma’naviy o’zlashtirish jarayonini koniktirmaydi. Chunki ularning fikrlashi bilishnig oqilona uslubiga asoslanib shakllantirilmaydi, bilimlarni egallash jarayoni analiz va sintez, solishtirish, umumlashtirish, mavxumlashtirish operatsiyalari negiziga kuriladi. Bizningcha, ushbu fikrlash operatsiyalarining barchasi bir-biridan bikik holda olib qaraladi, ularning o’zaro ta’sir, o’zaro yaqinlashuv, o’zaro yetishuvlar yetishmaydi. Bu nazariyada rasmiy mantikiy usullar negizida aqliy ko’nikmalar va malakalar shakllantiriladi, o`quvchini aqliy rivojlanish sari yetaklaydi, ularning individual psixologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bizning nuktai nazarimizcha, bunday yondashuv asosida tub ma’nodagi mantikiy tafakkur shakllantirish mumkin emas, chunki predmetli amaliy faoliyat negizidagina yo’qsak bilish kursatkichlariga erish mumkin, holos.
Shunday qilib, assotsiativ reflektor nazariyasida o`quv faoliyatining turlicha ko’rinishlari ijtimoiy-tarixiy va nazariy izchilikda namoyon bo`lish hisobga olinmaydi, natijada bilimlarni egallashning umumlashgan usullari imkoniyati ochilmay qoladi, sub’ekt faoliyatini takomillashtirish, harakatlar ierarxiyasi muammolari tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi, reproduktivlik "tayor maxsullar" ga asoslanish ustivorlik kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |