19-MAVZU: PSIHODIAGNOSTIKA TARIXI
Reja:
1.Psihodiagnostikaning fan sifatida vujudga kelishi.
2.Individual farklarni aniqlashda testlarning ishlatilishi.
3.Psihodiagnostika rivojlanishining asosiy boskichlari
4.Psihodiagnostika mustakil fan sifatida HIH asrning ohirlarida vujudga keladi. Bu fanning paydo bo’lishi F. Gelьton(1879); Dj. Kettell (1890); N. Ebbingauz (1891); A. Bine (1896) nomlari bilan uzviy boglangan. Bu olimlar utkazgan tadqiqotlarda individual farklarni o’rganishning yangi statistikaga asoslangan kuroli – test ishlatila boshlangan.
Mashhur ingliz olimi F. Galьton 1884-1885 yillar davomida bir necha seriyalarda tajribalar utkazadi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan hohlovchilar arzimagan hak evaziga labarotoriyada uzlarining jismoniy xususiyatlari-kuchi, reakciya tezligi; organizmning fiziologik imoniyatlari hamda psihik hislatlarini 17 kursatkich buyicha tekshirishlari mumkin edi. Bu kursatkichlar qatoriga shuningdek, buy ohirlik, upkaning tiriklik sigimi, kaft va musht kuchi; harflarni eslab kolish qobiliyati, kurish utkirligi, rangni farklash kabi kursatkichlar ham kiritildi. Tulik dastur buyicha hammasi bulib 9337 kishi tekshirib chikildi. F. Galьtonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanining haqiqiy asosi, poydevorideb karala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta`kidlab utgan: kachonki asosini eksperiment va ulchash, aniqlash tashkil kilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr kilingan ilmiy ishida u 50 turdagi laborotoriya testlarining ruyhatini keltiradi, Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’prok topshiriqlar deb atash to’g’rirok bo’ladi, Bu topshiriqlar testlarga kuyiladigan talablardan fakat ikkitasiga ega edi: uni kullash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy harakteri ta`kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laborotoriya yahshi jihozlanishi: testni o’tkazish vaqtida begonalar bulmasligi: barcha tekshiruvchilarga bir hilda ko’rsatma berilishi, ya`ni ular nima qilishlari kerakligini yahshi uzlashtirib olishlari lozim edi.
F. Galьton va Dj. Kettell dastlabli asarlari nashr etilgach,test metodi goyasi turli mamlakat olimlarining dikkatini o’ziga tortdi. Shu tarika uning tarafdorlari va karshi bo’lgan olimlar paydo bula boshladi. Bu metodni kullash tarafdorlariga kuyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G. Myunsterberg, S. Krepelin, V. Onri, Franciyada-A. Bine, AKShda – Dj. Gilbert va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya`ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan boglashga uringan olimlar edilar. Birok amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yirooklashish deb baholandi. Dj. Kettellning ta`kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual farklarni aniqlash maqsadida 1885 yilda kullangan, ammo V. Vundtning karshiligi tufayli ularni nashrdan chikara olmadi.
Asrimizning 20-yillarida psihodiagnostika fan sifatida keng shakllana bordi. Bunga shveycariyalik va psihiatr H. Rorshahning «Psihodiagnostika» asarining nashr etilishi asosiy turtki (1921) bulib psixologik diagnostikada yangi davr boshlandi. Psihodiagnostika tarakkiyotining ushbu davri psihometriyadagi shahsni o’rganishning yangi metodlari bo’lgan proektiv metodlar bilan boglik edi. Proektiv psixologiya bir butun shahsni o’rganish mumkin emas deb talkin kiluvchi psihometrik nuktai-nazar va biheviorrizmga karshi e`tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi.
Psihodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan testlar kullanila boshlandi. Aklni o’rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D. Veksler (1939, 1955) ning subtestlari keng tarkaldi. Yangi proektiv metodlar ham yaratilib, keng kullanila boshlandi (Amerikalik psixolog G.Myurrey (1935, 1943)ning tematik appercepcion testi (TAT), nemis psixologi S. Rozencveygning frustraciyaga bo’lgan reakciyani o’rganish testi va boshqalar).
Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish uz tarihiga ega. Bunda psihodiagnostika rivojlanishining 2 boskichni ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi boskich 20 yillarnnig boshidan 30 yillarning urtasigacha bo’lgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psihotehnikada test metodlari tarkaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishi M.S. Bernshteyn, L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D. Levitov, G.I.Rossolimo, P.I.Shpilьreyn va boshqalar katta hissa kushdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilgor fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar tuhtatildi va psihodiagostikannig keyingi rivojlanishiga jiddiy tusik vujudga keldi.
Psihodiagnostika rivojlanishdagi ikkinchi boskich 50-60 yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda aqliy tarakkiyotni o’rganishga katta e`tibor beriladi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy tarakkiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalarni hal qilishda uz mahsuldorligini namoyon kildi va ko’pgina tadqiqotlarda uz aksini topdi.
Respublikamizda psihodiagnostikaning rivojlanishiga M.G. Davletshin, B. R. Kodirov, G.B. Shoumarov, E.G. Goziev, V.A. Tokareva, R.Z. Gaynutdinov kabi olimlar uz hissalarini qo’shganlar.
Dostları ilə paylaş: |