Sotsial psixologiya


-MAVZU: EKSPERIMENTAL–PSIXOLOGIK TADQIQOTLARNI TASHKIL QILISH, O’TKAZISH VA OLINGAN NATIJALARNI QAYTA ISHLASH



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə51/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Sotsial psixologiya

20-MAVZU: EKSPERIMENTAL–PSIXOLOGIK TADQIQOTLARNI TASHKIL QILISH, O’TKAZISH VA OLINGAN NATIJALARNI QAYTA ISHLASH

Reja:

1.Tadqikotchi uchun zarur bo’lgan sifatlar.

2.Eksprimental-psixologik tadqiqotni tashkil qilish.

3.Olingan natijalarni mikdor va sifat jihatdan tahlil qilish.


Shahs husuiyatlari va psihik tarakkiyot darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalaniladi. Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shahs psihik xususiyatlarining namoyon bo’lishini aniqlashdan iborat. Eksperimental metodikalarni ishlab chikish va o’tkazish psixolog va tadqiqotchilarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui shahs psihik tarakkiyoti, uning aqliy darajasini hamda individual-psixologik xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan. Bular eksperimental tadqiqot sharoitida suzli, predmetli va psihometrik metodlar yordamida amalga oshiriladi. Har bir konkret holda olingan ma`lumotlarni sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan boglash zarur.

Psihodiagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Metodikaning ishonchliligi olingan natija kanchalik to’g’ri ekanligini kursatadi. Har qanday metodikaning, testning ishonchliligi urganilayotgan psixologik xususiyatlarning ularda aks etishi nuktai-nazaridan to’g’ri kullashni harakterlaydigan ma`lumotlar majmui sifatida karalmogi kerak.

Testning ishonchliligi – psixologik tadqiqot aniqligini belgilovchi test sifatlari kursatkichidir.

Testning ishonchliligi ba`zi maqsadi jihatidan 2 ta bir hil testning ekvivalentligi darajasining namoyon bo’lishi sifatida karalsa, ba`zi hollarda testni kayta utkazilganda natijalarning barkarorligi (stabilligi) sifatida karaladi.

Validlik – test sifatliligiasosiy kursatkichlaridan biri. Testning kanchalik validligi yukori bulsa, unda tekshiralayotgan hislat shunchalik yahshi aks ettiriladi. M, intellektni ulchash validligi «intellekt» tushunchasining ta`rifiga; undan kelib chikkan holda to’zilgan test topshiriqlari tarkibiga emperik kursatkichlarga bogliuladi.

Shunday qilib, maqsadga muvofik tanlangan metodika va testlar psihik faoliyat kurinishlarini tk va har tomonlama o’rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi tadqiqot o’tkazish uchun u yoki bu metodikani tanlaganida ko’rsatmani salgina uzgartirganda metodikaning yo’nalishi uzgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin tekshiriluvchi ko’rsatmani to’g’ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning natijalari ma`lum darajada shunga ham boglik bo’ladi.

Tadqiqot o’tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda kuyidagilarga e`tibor berish zarur:

a) tadqiqot maqsadi, psihik tarakkiyot darajasini aniqlash uning yoshga, ma`lumotiga mosligi, shahs xususiyatlarini aniqlash;

b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta`lim va tarbiyasi amalga oshirilayotgan sharoit;

v) tekshiriluvchining eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulokotga kirishishi, verbol aloka urnatish xususiyatlari.

Tanlangan eksperimental psiholgik metodikalarni tekshiriluvchiga qiyinligi usib borishi darajasida berish kerak.

Psixolog-eksperimentator faoliyati tadqikotdat olinadigan natijalarga ta`sir qiladigan muayyan xususiyatlarga ega. Shuning uchun bulajak tadqkotchi M. P. Kononova ta`kmdlaganidek, o’zida kuyidagi sifatlarni shakllantirmogi lozim:

a) tadqiqot karorlarini tez va aniq to’zish;

b) uz dikkatini tekshiriluvchi topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning huk atvorini kuzatishga karatish;

v) bola bilan yahshi alokaga kirishish, unnig hamma aytganlarini yozib, uning hukidagi ba`zi reakciyalarni to’g’ri baholash qobiliyatini yukotmaslik.

Eksperimental – psixologik tadqiqot natijalari ishonchli bo’lishi uchun tadqiqotchi uni o’tkazishda muayyan reja va tartibga amal qilish kerak. Dastlab tekshiriluvchi haqida umumiy ma`lumotlar tuplashga harakat kilinadi, suhbat utkaziladi. Bunda tadqiqotchi tekshiriluvchi bilan ijobiy hissiy aloka urnatib, bajariladigan topshiriqnnig maqsad va vazifalarni tushuntirib beradi. Sungra tadqiqotning eksperimental qismiga utish mumkin,

Eksperiment jarayonida olingan natijalarni puhta yozib borish keyingi sifatiy tahlilni yoritib beradi. Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha boskichda utkazilishi zarur. Birinchi boskichda tadqiqotchi tekshiriluvchi bilan aloka urnatadi, uning kizikish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Ikkinchi boskichda olingan ma`lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa metodiklarda olingan natijalar bilan uzaro bogliklik aniqlanadi. Uchinchi boskichda tajribada olingan natijalar tahlil kilinadi, umumlashtirib, hulosa chikariladi.

Olingan ma`lumotlar asosida tadqiqotchi tekshiriluvchi shahsning harakteri, akli, xotirasi, hissiyoti, psihik bo’zilishlar mavjudligi yoki yukligi hakila hulosa chikaradi.

I. Dikkatda shahsning faolligi va uning ob`ektiv vokelidagi predmet va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lishi uz aksini topadi. Unda inson psihikasining boshqaruvchanlik roli namoyon bo’ladi: dikkatsiz maqsadga muvofik ish yuritish mumkin emas.

Har qanday masalani yoki har qanday hayotiy muammoni echish kishidan mazkur masalaning mohiyatiga, harakat uslubiga dikkatni tuplash va karatishni talab qiladi.

Inson psihik faolyatida dikkat alohida urinni egallaydi. Dikkat o’zi mustakil psihik jarayon bulmasada, inson psihik faoliyatining barcha sohalarida ishtirok etadi. Dikkat ongning zarur ob`ektga yunaltirilishi va karatilishida, ayni paytda boshqa narsalarga chalgimaslikda ifodalanadi.

Dikkat bir kancha xususiyatlarga ega. Bular-dikkatning hajmi yoki kulami, dikatning taksimlanishi, tuplanishi, barkarorligi va uning bir obektdan boshqa ob`ektga yoki bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga utkazilishidir.

Dikkatning xususiyatlarini o’rganish uchun bir kancha eksprimental metodikalardan foydalaniladi. Shunday metodikalardan biri koss kubiklari deb nomlanadi. Ushbu metodika 1923 yilda S. Koss tomonidan taklif etilgan bulib, fazoda ish tutish, dikkat, ziyraklik, kurish-yasash xususiyatlarini o’rganishga muljallangan. Bu metodika D.Vekslerning (1939, 1955) metodikasiga aklni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.

Tajriba o’tkazish uchun bir hilda buyalgan plastmassa yokm yogoch kubiklardan foydalaniladi. Kubiklarning hajmi 3h3 sm kattalikda. Bunda shakl va rangi har hil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur bo’ladi. sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Shunday figurani turtta kubikdan yasang». Rasmning birinchi namunasi kursatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figuralarni kubiklardan yasay boshlaydi. Kubiklarni rasmning ustiga kuyib, topshiriqni bajarish mumkin emas. Vaqt hisobga olib boriladiyu Topshiriqning bajarilish aniqligiga va uzokligiga boglik ravishda mikdoriy baho kuyiladi.

Burdon korrektur sinovi.

Shahhs faol dikkatining xususiyatlarini, uning kuchirilishini o’rganish uchun B.Burdonning korrektur sinovi metodikasidan foydalanish mumkin. Bu kkatning tebranishini, kurish analizatori uzok vaqt ishlaganda bir hil kuruv kuzgatuvchilarga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashga imkon beradi. Buning uchun P.A.Rudik tomonidan uzgartirilgan Burdon testi mahsus kogozda kursatiladi. Kogozda harflar tasodifiy ravishda yozilgan bulib, sinaluvchi ularning ikkitasi yoki turttasini kuchirish kerak, Bunda eksperimentator har 30 yoki 60 soniyada sinaluvchi kalami turgan joyini belgilab kuyadi, shu bilan birga barcha topshiriqni bajarish uchun ketggan umumiy vaqt ham hisobga olinadi.

Tajribani individual va guruh bilan ham o’tkazish mumkin. Tajribani boshlashdan oldin, sinaluvchilarga quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Oldidaringizda harflar yozilgan kogoz turibdi. Sizlar bu harflarni dikkat bilan kuzdan kechirib , ularning ichidan AMKZ harflarini topib, vertikal chiziklar bilan uchirib chikasiz. «Boshlang» deyilgandan sung ishga kirishasiz va «tuhtang» deganda ishni bas kilasiz» Shundan sung bir dakika davomida sinaluvchilar mashk kildirilib urgatiladi, mashklardan sung sinaluvchi asosiy vazifani bajarishga kirishadi. Tajriba besh dakika davom etadi.

Dikkat natijalarini kayta ishlash mahsus kogoz orkali amalga oshiriladi. Unda uchiriladigan harflar urni va uchiriladigan harflar soni ung tomondan va har bir qatorga utganda bu uchiriladigan sonlarning yigindisi chap tomonda beriladi. Kalit (blank)ni sinaluvchi kogozi uchtiga kuyib, tadqiqotchi mikdoriy tahlilni osongina olib borishi mumkin.

Korrektur sinovni bajarish natijalari (dikkatnnig tuplanganli, topshiriqni bajarish tezligi, dikkatning kuchishi)ni mikdoriy aniqlash mumkin. Dikkatning tuplanganlik darajasini (K)ni kuyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

n1 – n2 –n3

K = ----------------------- . 100 %

n

bu erda n1 – to’g’ri uchirilgan harflar yigindisi;



n2 - uchirilmay kolgan harflar yigindisi;

n3 - noto’g’ri uchirilgan harflar yigindisi;

n - uchiriladigan harflar (AMKZ)larning umumiy

yigindisi.

Psihotehnikada dikkatnnig tuplanishi (K)ni sifatiy baholashda kuyidagi tizim kabul kilingan: 81-100% - juda yahshi; 61 – 80 % - yahshi; 41 – 60 % - urta; 21 – 40 % - yomon; 0 – 20 % - juda yomon.

Topshiriqni bajarish tezligi kursatkich (A) Kuyidagi formula bilan aniqlanadi:

A = S / t

Bu erda S – sinaluvchining korrektor jadvalda ishlagan qismi; t – bajarish vaqti. Dikkatnnig kuchishini o’rganish uchun sinaluvchi korrektur jadvalda tok va juft qatorlardagi har hil harflar tuplamini uchirish taklif etiladi. Dikkatning kuchish darajasi (s) kuyidagi formula bilan hisoblanadi:

So

S = ____ . 100



S

Bu erda So – hato ishlangan qatorlar soni. S – sinaluvchi jadvalda ishlangan qatorlarning umumiy soni.

Huddi shuningdek, dikkatnnig boshqa xususiyatlari – dikkatnnig kuchishi, dikkatnnig taksimlanishi va hajmini aniqlash uchun turli metodikalardan foydalanish mumkin.

II. Xotira – insonning bilish jarayonlaridan biridir.

Alohida psihik jarayon bulish bilan bir qatorda Xotira boshqa barcha psihik jarayonlar uchun ham zarur hisoblanadi. Xotira inson hayotida juda katta urinni egallaydi. Chunki Xotirasiz inson hech qanday utmish tajribaga ega bula olmaydi, bilimlarini uzlashtira olmaydi.

Xotirada bir necha jarayonlar farklanadi. Bular esda olib kolish, esda saklash, kayta esga tushurish va unutish, bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy boglangan bulib, esda saklash kanda qilib esda olib kolinganligiga; tez va puhta esga tushirish qanchalik xotirada mustahkam saklanishga boglik bo’ladi.

Insonning uz oldiga kuyadigan maqsadiga qarab, ihtiyoriy va ihtiyorsiz xotira farklanadi. Esda saklash muddatiga ko’ra xotiraning uzok muddatli, kiska muddatli va operativ xotira turlari mavjud. Bulardan tashkari yana harakat xotirasi, suz mantikli xotira, obrazli xotira va emocional xotira turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Xotira tomonlari, uning o’ziga hos xususiyatlarini anklash uchun bir kancha metodikalar ishlab chiqilgan. Shulardan ba`zilari bilan tanishib chikamiz.

Meyli testi yordamida kurish va eshitish xotirasini o’rganish.

RyuMeyli testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bulib, kurish va eshitish xotirasini o’rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki boskichda utkaziladi.

Birinchi boskichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib kolish va kurish xotirasi urganiladi. Ikkinchi boskichda tadqiqotchi o’qib bergan suzlarni – predmetlarning nomlarini eshitib esda olib kolish qobiliyati urganiladi. Bu tadqiqot boskichlari bir vaqtda utkazilmaydi. Shu sababli xotiraning urganilayotgan xususiyatlarini yahshilab tahlil qilish uchun imkon yaratiladi.

Tajribani o’tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta rasm ikki seriyada va 60 ta suzlar tuplami – 2 qatorda zarur bo’ladi. Ko’rish xotirasi urganilayotganda kuyidagi katma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni kursataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasizlar».

Rasmlarning har biri 2 soniya davomida katiladi. 10 soniyalik tanaffusdan sung sinaluvchi predmetlarni aytadi. Eksperimentator to’g’ri aytilgan predmetlarni ham, rasmda mavjud bulmagan predmetlarning nomini ham yozib boradi.

Rasmlarnnig 2-seriyasi boshqa kuni, so’zlar qatori buyicha tajribalar ham boshqa vaqtda utkaziladi.

Eshitish Xotirasini o’rganish buyicha tadqiqotlar ham shu tarzda utkaziladi. Sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Hozir sizga suzlar qatorini o’qib beraman, siz eshitib bulgach, ularni istalgan tartibda aytib berasiz».

Tadqiqotchi tadqiqot karoriga sinaluvchi aytgan barcha suzlarni, takror aytilgan va mavjud bulmagan suzlarni yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda mikdoriy ulchash orkli tahlil qilishi mumkin.

Piktogramma metodi. Bevoita esda olib kolish xususiyatlarini piktogramma, ya`ni rasmli associaciyalar metodi orkali ham o’rganish mumkin. Piktogramma eksperimental – psixologik tadqiqot usuli sifatida birinchi marta L.V. Zankov (1935) tomonidan kullanilgan, sanaluvchi aniq suzni rasmdagi tasvir orkali eslab kolishi kerak. Sinaluvchi suz va tasvir urtasidagi alokani uylab topishi kerak, bu esa keyinchalik suzni kayta esga tushurishga imkon beradi.

Rasm va suz urtasidagi associativ alokani shakllantirish jarayonida inson shunday mazmunli alokalarni tanlaydiki, uning fikricha, bu rasmlar suzni eslab kolish uchun yarokli bo’ladi. shuning uchun ham bu metodika orkali tadqiqot o’tkazish fakatgina associativ, bevosita xotira xususiyatlarinigina emas, fikrlash faoliyati harakteri, tushunchali tafakkurnnig rivojlanish darajasi haqida ham bilish imkonini beradi.

Bunda sinaluvchi biror suz yoki tushunchani aniq esda olib kolishi uchun o’zi istagancha rasm yoki biror sxema chizishi kerak bo’ladi. Chizilgan rasm yoki sxemaga qarab turib, tekshiriluvchi suz yoki tushunchani esga tushunchani esga tushurish zarur. Bunda ayrim suz yoki harflarni yozish ruhsat etilmaydi.

Ushbu tajribani o’tkazish uchun oldindan varaq, hamda qalam tayyorlab qo’yiladi. Sinaluvchiga beriladigan ko’rsatma aniq va tushunarli bo’lishi lozim. Uning mazmuni quyidagidan iborat: «Hozir men sizlarga so’zlarni o’qibeshittiraman, siz esa ularni yahshi esda olib kolish uchun rasm chizib olishingiz kerak bo’ladi. Bunda rasm chizish tezligi va uning sifati hech qanday ahamiyatga ega emas. Eng muhimi, rasmga qarab turib, qanday so’z aytilganini esga tushurishdir».

Utkazilgan tadqiqot asosida, metodikani o’tkazish davomida tadqiqot karori to’ziladi. Ushbu metodika yordamida associativ jarayonlar xususiyatlari, so’zning aniq yoki mavhum mazmuni urtasida aloka urnata olish qobiliyatini aniqlash mumkin.

Xotira, esda olib kolish xususiyatlarini «Umumiy psixologiyadan praktikum»da berilgan boshqa metodikalar yordamida ham aniqlash mumkin.

III. Inson bilish faoliyati tarkibiga aks ettirishning oliy shakli bo’lgan tafakkur jarayonini ham kiradi. Ma`lumki, vokelikning bilishning ikki yo’li mavjud bulib, ular bevosita va bavosita bilish yo’llaridir. Tafakkur – tashki dunyoni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish jarayonidir. Hissiy bilish imkoniyati mavjud bulmaganda biz tafakkurga murojaat kilamiz, ya`ni bu holda tashki dunyoni tahlil qilish, sintez, takkoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish usullari orkali bila olamiz.

Insonning aqliy faoliyati bilishga, tajribaga va ijodiy tafakkurga asoslanadi. Yangilikni yaratish insonda ilgari idrok etilgan predmet va hodisalar haqida tasavvursiz amalga oshmaydi. Aqliy faoliyat xususiyatlari boshqa oliy psihik funkciyalar – Xotira, iroda, hissiyot hamda shahsning individual – psixologik xususiyatlari, kizikishlar, ehtiyojlar, qobiliyatlar, bilimlar, ko’nikmalar, odatlar bilan uzli boglangan.

Inson aqliy faoliyati turli metodikalarni va ishlab chiqilgan mahsus testlar yordamida urganiladi. Shunday metodikalarning ba`zilari bilan tanishib chikamiz.

Intelektni o’rganish metodikasi.

Inson aqliy faoliyatini o’rganishning keyin tarkalgan metodikalardan biri-amerikalik psiholok D. Veksler tomondan ishlab chiqilgan testlardir. Bu testlar asosan katta yoshdagilar intelektini tekshirishga muljallangan bulib, keyinchalik 5-15 yoshda bo’lgan bolalarni tekshirish uchun uzgartirishlar kiritildi.

Rossiyada birinchi bulib Veksler shkalasi V. M. Behteerv nomli Leningrad psizxonevrologik ilmiy-tadqiqot institutida moslashtirilgan. Ushbu metodika B. G. An`anev (1969) maktabi psixologlari tomonidan intellekt tarakkiyotini uzok yillar o’rganishda, jumladanbolalarda psihik tarakkiyotdan chetga chikishlar va orkada kolishlarni differencial-diagnostika qilishda keng kullanilgan.

Mazkur metod 11ta alohida to’zilgan subtestlardan iborat bulib, ularnnig 6 tasi verbal (so’z bilan) va 5tasi noverbal (so’zsiz) topshiriqlardan tashkil topgan.

Birinchi subtest – Umumiy bilimdonlik subtesti bulib, umumiy, nisbatan sodda ma`lumotlar va bilimlardan habardorlik tekshiriladi. Ushbu subtest 30ta savoldan iborat bulib, har bir to’g’ri javob 1 ball bilan baholanadi.

Ikkinchi subtest – umumiy anglanganlikni o’rganishga xizmat qilib, muammoli vaziyatni anglashga, iboralarning mazmunini tulik tushunishga qaratilgan. Ushbu subtest fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy me`yorlarni tushunishni baholaydi. Sinaluvchidan tasvirlangan vaziyatda mumkin bo’lgan echimlar haqida javob berish talab kilinadi. Bunda 14ta savol taklif kilinadi, javobning aniqliga qarab baho kuyiladi. Masalan: 0,1,2.

Uchinchi subtest – arifmetik topshiriqlardan to’zilgan. Bunda sinaluvchi dikkatining tuplanishi, sonili ifodalarni tez echa olishi tekshriladi. Sinaluvchidan arifmetik masalalar seriyasini ogzaki echish talab kilinadi. Javobning aniqligiga, ketgan vaqtga qarab baholanadi.

Turtinchi subtest – narsa va hodisalardan uhshashlikni topishga muljallangan bulib, tushunchalarni takkoslashni nazarda tutadi. Bunda tushunchalarning shakllanganligi, klassifikaciyalash, takkoslash, mavhumlashtirish qobiliyatlari tekshiriladi. Sinaluvchiga 16 juft tushunchalar beriladi va ulardan tushunchalar jufti urtasidagi umumiylikni topish talab kilinadi. Umumlashtirish darajasiga boglik ravishda 0 dan 2 balgacha baho kuyiladi.

Beshinchi subtest – son qatorlarini idrok qilishdan iborat bulib, to’g’ri va teskari tartibda izohlab berishni takazo qiladi. Kiska muddatli Xotira va dikkatni o’rganishga muljallangan, ikki qismdan iborat: sonlarni to’g’ri va teskari tartibda eslab kolish va takrorlashdan iborat. Ung va teskari takrorlashlarni baholash qatordagi to’g’ri esga tushirilgan raqamlar soniga teng. Subtestnnig umumiy bahosi ung va teskari takrorlashlarning umumiy bahosiga teng.

Oltinchi subtest – lugat deb atalib, odamlarning lugat boyligini aniqlashda kullaniladi. Ogzaki tajribani o’rganishga muljallangan ushbu subtestda 40ta so’z ma`nosini tushuntirish uchun beriladi. Sinaluvchi topshiriqni bajarishiga qarab 0 dan 2 balgacha baho kuyiladi.

Ettinchi subtest – rasmlardan etishmaydigan detallarni topishga qaratilgan bulib, har bir ekspoziciyani kuzatish uchun 20 soniya vaqt ajratiladi. Ushbu subtest kurish idroki xususiyatlarini, kuzatuvchanlikni, muhim qismlarni farklay olish qobiliyatini o’rganishga muljallangan. Sinaluvchiga 20 ta rasm kursatiladi, ularning har birida etishmaydigan qismni yoki mos emaslikni topish zarur. To’g’ri javob 1 ball bilan baholanadi.

Sakkizinchi subtest – rasmlar izchilligi (ketma-ketligi)ni urnatish bilan boglikdir. Bunnig uchun turli mazmundagi, izchillik principiga oid rasmlar tanlanadi. Topshiriq echimi 4-6 ballargacha baholanadi.

To’qqizinchi subtest – Koos kubiklari deb atalib, insonning fazoviy tasavvurlari va konstruktiv fikr yuritishlarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Topshiriqlar shartiga ko’ra berilgan standart kubiklarni kuz bilan kuzatishdan ma`lum konstrukciya mohiyatiga kuchish nazarda tutiladi. Ushbu subtest qismlardan butunni hosil qilish qobiliyatini, sensomator koordinaciyani tekshirishga qaratilgan. Sinaluvchiga berilgan namunaga qarab har hil rangli kubiklardan shunday figuralar yasashlari kerak. O’nta figura beriladi. Har bir topshiriq buyicha vaqt chegaralangan bo’ladi. Baholar aniqlikka va ketgan vaqtga boglik bo’ladi.

Uninchi subtest – figurani ko’rsatish deb nomlanib, alohida qism va bulaklarni kuzatish orkali yahlit figurani vujudga keltirish yoki aksincha, holatni namoyon qilish nazarda tutiladi. Unda sinaluvchiga ma`lum ketma-ketlikda turtta figuraning qismlari beriladi, lekin bu qismlardan nima yasash kerakligi aytilmaydi. Topshiriqnnig kanchalik to’g’ri bajarilganligiga hamda sarflangan vaqtga qarab baholanadi.

Un birinchi subtest – raqamlar simvolidan iborat bulib, tartibsiz joylashgan simvollarni 90 soniya ichida uz urniga kuyish talab kilinadi. Ushbu subtest kurish harakat malakalarini uzlashtirganlik darajasini aniqlashga muljallangan.

Test natijalarini kayta ishlashda verbal va noverbal subtestlarning har biri buyicha olingan balllar yigindisi topiladi. Olingan ballarni shkala ballariga aylantirish jadvaliga aylantirish jadvaliga muvofik har bir alohida subtestlarni bajarish natijalarining standart baholarini olish mumkin. Olingan ballar yigindisi buyicha(testning alohida verbal va noverbal qismlari buyicha) va jadvaldagi natijalar buyicha YQ – verbal shkala baholari, YQ – noverbal shkala baholari va umumiy YQ – kursatkichlari aniqlanadi. Veksler testi buyicha YQ – kursatkichlar talkini yosh me`yorlarini hisobga olgan holda utkaziladi. Sinaluvchinnig aqliy tarakkiyot darajasini aniqlashda ohirgi natija emas, balki har bir alohida olingan subtestlar buyicha aniqlangan natijalarni ham tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi.

Shu bilan birga umumiy hulosa to’zishda alohida subtestlar buyicha olingan natijalargina emas, boshqa metodikalardan olingan natijalarni ham muhimdir.

IV. Maktab aqliy tarakkiyoti testi.

Maktab aqliy tarakkiyot testi (MATT) usmirlik va o’spirinli davridagi o’quvchilar aqliy tarakkiyoti diagnostikasi uchun maktabdagi ta`lim jarayonida aqliy rivojlanishni nazorat qilish uchun muljallangan. Ushbu metodika M.K. Akimova, E.M.

Borisova, K. M. Gurevich, V. T. Kozlova, G. P. Loginova, V. G. Zarjin tomonidan taklif kilingan, MATT psixologik maslahat, ta`lim nazorati, o’quvchi aqliy tarakkiyotini tuzatish buyicha umumiy va individual tavsiyalar ishlab chikish sohalarida kullanilishi mumkin.

Maktab aqliy tarakkiyot testi uz ichiga 6 ta topshiriqlar tuplami yoki subtestlarni kiritib, ularning mazmuni kuyidagilardan iborat 2 ta subtest – «umumiy bilimdonlik», «ukmishlik», «tasniflash», umumlashtirish», «sonlar qatori». Test bir-biriga uhshash 2 ta shakl – A va B shakllariga ega.

Testni to’g’ri o’tkazish uchun ko’rsatmaga kat`iy to’g’ri amal qilish, sekundomer yordamida subtestlar bajarilish vaqtini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarishda sinaluvchilarga kumak bermaslik juda muhimdir.

Butun test buyicha sinaluvchilarga umumiy ko’rsatma tadqiqotchi tomonidan ogzaki kurinishda beriladi. Sinaluvchiga beriladigan ko’rsatmaning mazmuni quyidagicha: «hozir sizlarga fikrlash qobiliyatingiz, vokelikdagi predmet va hodisalarni takkoslash, ular urtasidagi uhshashlik va farklarni topish xususiyatlaringizni aniqlashga qaratilgan topshiriqlartaklif etiladi. Bu topshiriqlar darsda bajaradigan topshiriqlardan fark qiladi, topshiriqni bajarish uchun sizga ruchka va varak kerak bo’ladi».

Subtestlarni bajarish uchun sinaluvchiga muayyan vaqt belgilab beriladi. Kuyidagi jadvalda topshiriqla va ularga ajratilgan vaqt kursatilgan.

№ Subtestlar nomi Subtestlardagi topshiriqlar soni Bajarilish vaqti (m)

1. «Umumiy bilimdonlik 1» 20 8

2. «Umumiy bilimdonlik 2» 20 4

3. «Uhshashlik» 25 10

4. «Tasniflash» 20 7

5. «Umumlashtirish» 19 8

6. «Sonlar qatori» 15 7


Ko’rsatma: «Siz turli topshiriqlar tuplamini bajarishingiz lozim. Har bir topshiriq taklif qilishidan oldin, ular yahshilab tushuntiriladi hamda ularni echish yo’llari misollar bilan keltiriladi. Har bir topshiriqlar tuplamini bajarish uchun muayyan vaqt belgilangan. Topshiriqni bajarishni boshlash va uni tuhtatishni bizning buyrugimiz asosida olib borasiz. Har bir topshiriqni kat`iy, tartib bilan echishingiz zarur. Tez va xatosiz ishlashga harakat qiling!»

Sinaluvchilarga ko’rsatma o’qib eshittirilgandan sung tadqiqotchi javob varakasini tarkatib chikadi. Sungra o’quvchining familiya, ismi, sharifi; tadqiqot o’tkazish vaqti; o’quvchi ukiydigan maktab va smnf to’g’risidagi ma`lumotlarni tuldirish joylari kursatiladi. Bu ma`lumotlar to’g’ri tuldirilayotganini nazorat qilib boriladi. Bu ma`lumotlar olib bulingach, tadqiqotchi ruchkalarni kuyib, uni dikkat bilan eshitib turishlarini suraydi. Keyin birinchi subtest ko’rsatmasini o’qib, misollar bilan tushuntirib beriladi. Hammasi tushunarli bo’lganligi suraladi. Kerak bulsa, ko’rsatma yoki uning ayrim joylari kayta o’qib eshittriladi. Shundan sung varakning orkasini uchirib, topshiriqni bajarishni boshlash suraladi. Shu zahotiyok tadqiqotchi sinaluvchilarga sezdirmagan holda sekundomerda vaqtni belgilab kuyadi. Birinchi subtestni bajarish vaqti tugashi bilanok tadqiqotchi keskin ravishda ishni tugatishni aytadi. Sinaluvchilar ruchkalarni kuyib kuyganlaridan keyin ikkinchi subtest topshiriqlarini bajarish uchun ko’rsatma o’qib beriladi. Testni o’tkazish davomida tadqiqotchi topshiriqlar to’g’ri bajarilganligini doimiy nazorat qilib turishi shart.

Maktab aqliy tarakkiyot testining barcha topshiriqlari tinglovchilarga batafsil yoritib beriladi. (Ma`ruza matnida topshiriqlar mazmuni to’lik keltiriladi).

Olingan natijalarni qayta ishlashda berilgan kalitdan foydalaniladi. Birinchi subtest buyicha har bir to’g’ri javob – 1 ball, sinaluvchi eng ko’pi bilan 20 ball yig’ishi mumkin. Ikkinchi subtest buyicha har bir to’g’ri javob – 1 ball, eng yuqori ball 20. Uchinchi subtest ham 1 ball bilan baholanadi, hammasi bulib 25 ball to’plash mumkin. Turtinchi subtest buyicha har bir to’g’ri javob – 1 ball, eng ko’p – 20 ball. Beshinchi subtest buyicha juda aniq javob – 2 ball, tulikmas javoblar – 1 ball, eng ko’pi bilan 38 ball tuplash mumkin. Oltinchi subtest buyicha har bir to’g’ri javob – 1 ball bulib, hamma topshiriqdan 15 ball tuplash mumkin.

Ushbu test natijalariga ko’ra umumiy eng ko’p ball 138 ga teng bo’ladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin