Sotsial psixologiya


FRANSIYA PSIXOLOGIK MAKTABLARDA TARAQQIYOT MUAMMOSINING URGATILISHI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə45/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Sotsial psixologiya

FRANSIYA PSIXOLOGIK MAKTABLARDA TARAQQIYOT
MUAMMOSINING URGATILISHI


XX asrning zabardast psixologlaridan biri hisoblanmish Anri Valon o’zining original ta’limoti bilan eksperimental psixologiyada alohida o’rin egallaydi. Birinchi navbatda uning taraqqiyot genetikasiga oid qarashlari muhim ahamiyat kasb etib, genotip va fenotip negizlaridan kelib chiqqan holda muammo moxiyati tushuntiriladi. Taraqqiyotning dastlabki ko’rinishi o’yinlarda namoyon bo`lishini ta’kidlagan holda ularning uchta turkumga ajratishni lozim topadi:

1) funksional (muayyan vazifalarni aks ettiruvchi) o’yinlar;

2) ob’ektlarning xayoliy obrazlarini yaratuvchi o’yinlar;

3) bilishga oid (ijobiy izlanishga undovchi) o’yinlar.

A. Vallon P. Janening real (yakqol) faoliyat va o’yin faoliyati mavjudligi to’g’risidagi fikriga qo’shilgan holda psixik faoliyatning intizomligi muhim ahamiyatga ega ekanligini kat’iy ravishda tasdiklashga harakat qiladi va bu ma’noda muayyan ilmiy siljishlarga erishadi. Muallif SH. BYo’lerning mavxumlik moslashishiga nisbatan qobillikdir degan asoslanib, psixik faoliyat intizomligini ko’p jixatdan funksional mashklanishga (inertlikka) diqqat esa samaradorlikka (xususiyatga) bog’liq ekanligini uktiradi. Taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi muallif tomonidan I. B. Morgan goyasini asoslanib tushuntiriladi, ya’ni"bilishga zur berish tusiklarga nisbatan tezkorlikda javob qaytarishdan iboratdir"degan fikriga sodik qoladi.

T. Ribo monodeizm (ongning to’planish) goyasidan kelib chiqib, psixik faoliyatni boshqarish to’g’risida muloxaza yuritadi. Kognitiv jarayonlarni boshqarish birinchi navbatda bu - jismlarning moxiyatiga kirib borish, sung uni boshqa operatsiyalarga kuchirishdan iborat. Ikkinchidan, shaxsni faoliyatning moxiyatiga kirib borish imkoniyati, shuningdek, barcha butun ob’ektlarga yeyilishidir. Bu muloxazalar negizida ongli munosabatni keltirib chiqaruvchi ham sub’ektiv, ham ob’ektiv mexanizm yetadi. Funksional holatlarning o’zaro o’rin almashishi sifat jixatidan mutlako yangi omillarni keltirib chiqaradi.

SH. BYo’ller uchun ko’zgalish, jismoniy salomatlik uyku holatida uykusuzlikka utish davridagi mizgish muhim ahamiyatga ega, xuddi shu boisdan taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida taklid va uning modeli alohida rol uynaydi. Keyinchalik bilish faoliyatini tashqil qilish, uning tarkibiy qismlari, muammoli yechish vositalari bilan kurollanish zaruriyati tugiladi.

Fransiya psixologlari maktabi uchun ham"men"ning fa’zolari boshlangich tayanch nukta sifatida muayyan vazifa bajaradi. Jumladan real"men"- kelgusi"men", fantastik"men"dinamik"men"yana"men"va boshqalar. Fransuz psixologlari itellekt to’g’risida to’plangan jaxon ma’lumotlariga asoslanib tadqiqot ishlarini amalga oshiradilar, chunonchi sinkretizm, agglyutinizm, realiya, xayolot (fantaziya) kabilar. Jaxon psixologiyasidagi nufuzli qarashlar, yondashuvlar, taraqqiyparvar goyalar ular uchun metodologik asos vazifasini bajaradi.

Mazkur psixolog maktab tomonidan tana a’zolarida va bosh miya katta yarim sharlariga joylashgan markazlar, uchastkalar, ya’ni funksional oblastlarni o’zaro chegaralashga oid jaxon psixologiya fani yutuklari tan olinadi va tadbiq qilinadi. Jumladan, funksional oblastlarning affektiv doirasi o`z ichiga musqo’l, ovoz va imo-ishora harakatlarini kamrab oladi. Affektning propriotsipli bazasi hamda visteral funksiyasini bajaruvchi uchastkasi ham mavjuddir. Xuddi shundan kelib chiqqan holda shaxs kamoloti instinkt va refleks bilan bog’liq ravishda tushuntiriladi. Affektivlik esa kichkirik, musqo’l reaksiya hissiy sezgirlikka namoyon bo`ladi.

Bilish, izlanish faoliyatning negizida roxatlanish, hissiy kechinmalar (kayfiyat, shijoat, extiroz, emmotsional ton), xuzur qilish, komat tutish kabilar yetadi. Emmotsional intellekt darajasi samaradorligi kursatkichlarining asosiy omili bo`lib hisoblanadi.

A. Vallon tadqiqotlariga ko’ra, kognetivistik aktlar spontan (ixtiersiz), impulsiv (jadal), immitatsiya (taklid) shakllarida amalga oshadi.

U, Levi BrYo’l nazariyasiga asoslanib bilishning moxiyatini ochishga harakat qilgan. Jumladan, sinpretizm, idrok, tafakkur, nutkli tafakkur jarayonlari rivojlanishi ijtimoiy qonun bilan emas, balki qarama-karshiliklar qonuni, shuningdek, partisipatsiya (fikri umumlashtirishga yetaklovchi katnashuvchanlik) qonuni ostida namoyon bo`ladi.

A. Vallon bilish jarayonidagi fragment deganda ob’ektiv va sub’ektiv alomatlarini aralashib ketishini tushunadi. Idrokning konstantligi barkarorlashuvi taraqqiyot mezoni vazifasini bajaradi. Transduksiya xodisasi (usul, moxiyat, operatsiya, bilim kabilarning yangi sharoitga kuchishi) uzlashtirilayotgan tushunchalar o’rtasida mustaxkam aloqa urnatilishi bilan yakunlanadi, keyinchalik shaxsiy faoliyat uslubi shakllanishiga puxta zamin tayyorlaydi. Taraqqiyotning navbatdagi mezoni sababiylik, sabab-okibatni sub’ekt tomonidan anglash hisoblanadi. Bolaning tugilganidan to usmirlik yeshigacha mazkur kursatkichning sifat jixatidan o’zgarishi yuzasidan ma’lumotlar A. Vallonning qanchalik katta xizmatga ega ekanligini namoyish qilib turibdi.

Fransuz kognitiv psixologiyasida sababiyat va uni anglashning bir necha bosqichlari mavjud ekanligi ta’kidlab utiladi. Ularning eng sodda (primitiv) shakli quyidagi tarkiblardan tashqil topishi mumkin:

a) volyuntarizm (iroda emas, balki aql ruhiy hayotda hal qiluvchi rol uynashi haqidagi ta’limot), ya’ni xohish bilan vokelik (reallik) o’rtasidagi munosabat;

b) magizm (sexrli kuch), ya’ni reallik vositasi va undan reallikning o’ziga utish kabi bosqichlardan iboratdir.

Shaxsning kamoloti yuzasidan ham o’ziga xos qarashlar majmuasi mavjud bo`lib, ular biologik va ijtimoiylik munosabatlari, o’zaro ta’sir kuchlari omillari, o’zini o`z namoyon qilish tarkiblari singari vositalar orqali ifodalanadi.

Mazkur maktabning yerkin ajralib turadigan tomoni shundaki, shaxs kamoloti-bu zaruriyat bilan kurkinch hislari, kadriyat o’rtasidagi dueldir, shuningdek, o’zini tan oldirish, tasdiklash va uzligini namoyon qilishdir. Xullas, taraqqiyot psixologiyasining ko’pgina mezonlari, ta’sir o’tkazish tarkiblarini aksariyat vaziyatlarda qo’llash imkoniyati mavjud bo`lib, o’zining ishonchlilik darajasi bilan kafolatga egadir.


SHVETSARIYANING TARAQQIYOT PSIXOLOGIYASI YUZASIDAN
MULOXAZALAR


Jeneva psixologiya maktabi to’g’risida muloxaza yuritilganda eng avvalo J. Piaje, A. Sheminskiy, B. Inelder kabi olimlarning tadkikodlarining nazarda tutmoq maqsadga muvofiq, bu borada epistemologik nazariya alohida ahamiyatga ega.

Ayniqsa, intellekt prinsiplari muhim ahamiyat kasb etadi:

1. Xulqni tahlil qilish konteksti orqali intellekt aniqlanadi, ya’ni sub’ekt bilan tashki olam o’rtasidagi maxsus almashuv (o’zaro ta’sir)dan iboratdir. Bu o’rinda funksional xususiyatga ega: a) fa’zoviy (idrok) b) davriy (xotira) v) affektiv (energetik) g) kognitiv va xoka’zo.

2. Intellekt go’yoki biologik (tabiiy) jarayon va funksiyadan tashqil topgan bo`lib, adabtiv tabiatga egadir. Shuning uchun adaptatsiya deganda assimetriya (o`quv materiallarini xulqni xukm surib turgan sxemalari orqali o’zlashtirish) bilan akkodatsiya (mazkur sxemani muayyan vaziyatlarga moslashish) utasidagi tenglik tushuniladi. Tengvaznlik (tenglik) moddiy va funksional psixologik tarkiblarni o’zida mujassamlashtiradi.

3. Intellektning mohiyati - bu uning faoliyati va ishchan tabiatidir. Chunki akkomodatsiya faoliyatga bevosita ta’sir o’tkazadi.

4. Intellekitual faoliyat sub’ektning moddiy xatti-harakatlarining hosilasidir:

a) uning elementlari, operatsiyalari harakatlarining ichki qismini o’zida aks ettiradi;

b) Yaxlit tizimlarning barkaror, o’zgarmas harakatchanligini ifodalaydi.

5. Yaxlit tizimlarning o’zaro bir-biridan uzadan qaytaruvchanligi, u yoki bu ob’ektlar doirasiga taalluqliligi bilan farklanadi.

J. Piaje intellekt bu psixik to’zilishlarning kuchayib boruvchi qaytaruvchanligi demakdir yoki tengvaznlik holatining kognitiv va sensomotor kabelidagi izchilikka ega bo`lgan adaptatsiyaning ya’ni muxit bilan organizmning assimilyativ va akkomodatsion o’zaro ta’siridan iboratdir.

J. Piaje intellekt bilan biologik adaptatsiya o’rtasida uzviy bog’liqlik borligini tahlil qilar ekan tabiat mantikiy va biologik vositalar yerdamida insoniyat tomonidan aks ettiriladi deb ta’kidlaydi. Muxit bilan organizm o’rtasidagi munosabat affektiv (energetik) va kognitiv (bilishga oid) kanallar orqali amalga oshirish uktiriladi. U intellektning mumtoz talkin qilish imkoniyatlari mavjudligiga e’tiborni qaratib, psixologlardan Levi-BrYo’l Rassel goyalariga asoslangan holda uning moxiyatini tushuntirishga harakat qiladi, jumladan ularda misol keltirib:"ok atirgul", ya’ni"atirgul","oklik"tarkiblarga ajratilishiga ahamiyat beradi.

J. Piaje tafakkur psixologiyasi bo`yicha fikr yuritganda BYo’ler, Zels ongga mantik tashkaridan emas, balki ich tomondan kiritiladi degan muloxazaga birdamlik bildiradi. Muallif aksiomatika to’g’risidagi gap borganida gipotetiv deduktiv negizga qurilishini qayd qiladi. Intellekt taraqqiyoti quyidagilarga o`z aksini topadi;

1) turkumlarga kirish qismlarning yaxlit ierarxiyaga qo’shilishiga mos tushadi;

2) assimetrik munosabatlarning seratsiyasi operatsiyalarning fa’zoviy va vaqt jixatdan joylashuviga uning sifatiga mos tushishi lozim;

3) mantikiy simmetriya fa’zoviy va vaqt simmetrik munosabatlariga mutanosib;

4) multiplikativ operatsiyalar oldingi elementlar va tizimlarga mos ravishdagi operatsiyalar kombinatsiyasi sifatida namoyon bo`ladi.

J. Piaje nuktai nazaricha, munosat perseptiv va intellektual shaklda yuzaga kelib, uning kamchiligi, ob’ektivligi tafakkur evolyusiyasiga bog’liq bo`lib, sentratsiya, detsetratsiya, deformatsiya ko’rinishlarida aks etadi. Persepsiya (idrok) samaradorligi uning konstantlik xususiyati bilan belgilanadi. Persepsiyaning tarkibiy qismi yoki bosqichi bo’lmish sensomotor (harakat idroki) quyidagilar bilan tavsiflanadi:

a) sust muvofiqlashuv b) birlamchi malakalar v) kuruvda muvofiqlashuv va chang solish g) aniqlashuv (ikqilamchi reaksiyalar); d) assimilyatsiya ye) sensomotor intellektning tugallanishi (bolaning ikki yeshida). Odatda tushunchali va hissiy harakatlar (sensomotor) intellekt o’rtasidagi to’zilishga ko’ra tafovutlar birinchidan, harakatlarning muvofiqlashuvi va realizatsiyasida; ikkinchidan amaliy jixatdan konikishda o`z ifodasini topadi.

J. Piaje operatsiyalarning to’zilish bosqichlari tafakkur bilan uzviy bog’liq bo`lishi to’g’risida muloxaza yuritib, ular mana bunday ko’rinishda ifodalanishi ta’kidlab utadi:

1) til paydo bo`lishidan e’tiboran simvolik funksional davri boshlanadi, ularni o’zlashtirishga imkon yaratadi, u to 4 yoshgacha cho’zilishi mumkin, simvolik va tushunchagacha tafakkur ko’rinishining rivojlanishi bilan tavsiflanishi extimol:

2) 4 yoshdan 7-9 yeshgacha davrda kurgazmali tafakkurga bevosita asoslangan operatsiyalarga yaqinlashuvi tarkiblar majmuasi vujudga keladi;

3) 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yakqol operatsiyalar shakllanadi, ya’ni tafakkurning operatsional guruhi paydo bo`ladi va ob’ektlarga o`z munosabatini bildiradi, manipulyatsiya qilish, intuisiyaga asoslanib tez o’qib olish imkoniyati yuzaga keladi;

4) 11-12 yoshdan to ilk usmirlik davrgacha rasmiy tafakur tarkib topa boradi, yetuk refleksif intellekt tarikasida mujassamlashadi, guruhlararo tavsifga ega bo`lib gipotetik deduktiv darajasiga utadi.

Muallif testlar yerdamida aql darajasini ulchash uchun BINE va Spirment ta’limotiga asoslanadi va umumiy intellekt mushoxada, tushunish, bilim kursatkichlari orqali aniqlanadi, o’zlashtirishlik yengillik uning koeffisentlarini ulchashga xizmat qiladi.

Intellekt taraqqiyotining ijtimoiy omillarini izoxlasha tadqiqotchi quyidagilarga e’tibor qiladi:

1) Jamoa- belgilar(bolalar va kattalar) simvollar, imo-ishoralar.

2) Tilning shaxsga tub ma’nodagi tayor, shakllangan tizimlar, tushunchalar, tasniflar, munosabatlar xadya qilishi.

3) Munosabatlar: sinxron, diaxron.

4) Operatsional guruhlar va kooperatsiyalar mavjudligi.

5) Operatsiyalar: additiv, multiplikativ. J. Piaje tomonidan operatsiyalar paydo bo`lishining muayyan bosqichlari mavjudligi va ular o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi ta’kidlab utiladi:

Birinchi bosqich: Additiv kompozisiyaning yo’qligi.

Ikkinchi bosqich: Kurgazmali ravishda to’g’ri javobning kashf qilinishi. Uchinchi bosqich: Kashfning birdaniga yoki sitixiyali tarzda amalga oshishi. Operatsiyalarning psixologik taraqqiyoti ushbu ko’rinishga ega: 1) Sensomotor hissiy harakatli tugilganidan to ikki yeshgacha. 2) Operatsional davrgacha: 2 yeshdan yetti yeshgacha. 3) Yakqol operatsiyalar davri: 7 yeshdan 11 yeshgacha. 4) Rasmiy operatsiyalar bosqichi 11-12 yeshdan to 14-15 yeshgacha.

Intellektul taraqqiyotga yerkin misol tarikasida mana bunday psixologik modelni keltiramiz: kattalik, brutto-vazn, intensiv vazn, ekstensiv vazn va"kattalik"- ilmiy tushuncha. Namunadan ko’rinib turibdiki, intellekt taraqqiyoti o`z ichiga bir nechta bosqichni kamrab olgan bo`lib, mavxumlikdan asta-sekin moxiyatiga va undan fikrning yo’nalishiga, sur’atiga, jadalliligiga umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga fikran utish natijasiga anglash jarayoni vujudga keladi. Lekin intellektning Yaxlitligi, majmuaviy xususiyati, bilish jarayonlari maxsulasiga asoslanishi to’g’risida muloxaza yuritish bu o’rinda ortikcha deb hisoblaymiz.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin