Sotsial psixologiya


AQSH TARAQQIYOT PSIXOLOGIYASIDA IJTIMOIY O’RGANISH NAZARIYASI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə42/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Sotsial psixologiya

AQSH TARAQQIYOT PSIXOLOGIYASIDA IJTIMOIY O’RGANISH NAZARIYASI


AQSH ning yirik psixologiya, programmalashtirilgan ta’lim nazariyasining asoschilaridan biri B. Skinner insonning ichki turtki (ko’zgatuvchi, kuzgovchi) asosida vujudga keluvchi barcha xulq-atvorni inkor qilib, xulq butunlay boshqa manbaga suyanish, xuddi shu boisdan uni tashki muxit tasiri orqali aniqlash kerakligini takidlaydi. B. Skinner nazariyasining asosiy (bosh) tushunchasi - mustaxkamlash, ya’ni xulq aktini qayta takrorlanish extimolligining kamayishi yoki kuchayishi xodisasidir.

B. Skinnerning fikricha, mustaxkamlanish ragbatlanish (stimul, mukofotlanish) sari yo’nalgan bo`ladi, lekin u biron-bir asosga sira tenglashmaydi (). Uning ta’kidlashicha mustaxkamlanish ijobiy (pozitiv) va salbiy (negativ) birlamchi va shartli ko’rinishlarga egadir. Pul, mexr alomati, ma’qo’llash ijobiy mustaxkamlanish maxsullari bo`lib hisoblanadi. Ja’zo salbiy mustaxkamlanishga yerkin misol bo`lib, u xotirlangan izlarni tubdan yo’qka chiqaradi.

Ijtimoiy o’rganishning vaqili Dj. Aronfrid B. Skinner ja’zolash tushunchasini shubxa ostida qoldirishga harakat qilib, u ijtimoiylashuv bolada ja’zo chorasiz ham utishi mumkin deb uktiradi. Shuning uchun ruhiy shikast beruvchi ja’zo kattalar bilan bolalar o’rtasida motivatsiya va ustanovkada farklarni keltirib chiqaradi. O’yinchoklar yerdami bilan amalga oshiriladigan o’yin faoliyati trening nuktai nazardan bolalar va kattalar uchun alohidalik xususiyatiga ega bo`ladi. Binobarin, o’yinchoklarga qo’l tegizish, qo’l kutarish, ja’zolash yoki tanbexni keltirib chiqaradi.

Dj. Aronfridni qiziqtirgan bosh masala-bolalarga tanbex berilgan xatti-harakatning ichki na’zorati ularda qanday shakllanishdir. Muallif mazkur holatni tekshirish maqsadida sinaluvchilarga test tavsiya qiladi, bundan asosiy maqsad: affektiv holat bilan uning ichki harakatlari korrelyatorlar o’rtasida aloqa urnatish jarayonini aniqlashdan iboratdir.

O’rganish konsepsiyasi N. Miller, K. Holl tomonidan yangicha talkin qilina boshlandi, bunda s-R muayyan drayv (porsiya) holatida ochlik, tashnalik va ogrik kabilarda ifodalanishi kat’iy ta’kidlanadi. Ularning fikrlari sobiq Sovet psixologlari D. N. Soqolov B. Birlayn, (Kanada)ning neyrofiziologik qarashlarga o’xshab ketadi: Jadallik, murakkablik, yangilik, rang, noaniqlik kabilar. B. Skinnerning "Xulq texnologiyasi", K. Rodjersning "Ozodlik - bu inson o’zi yashayotganligini aniqlashdir" nomli qarashlarida "O’rganish nazariyasi" va "Ijtimoiy xulq" bixeviorizm va psixoaniliz yo’nalishlari bilan aloqadorligi yakqol ko’zga tashlanadi. Birinchi navbatda bu narsa bolalik davrida motivatsion va emotsional o’zgaruvchanlikda aks etadi, natijada "drayva, libido" o’zaro sinonimlar sifatida qo’llaniladi. Z. Freydchasiga, ontogenezda "Bola - voyaga yyotgan inson, bola- muomala" orqali rivojlanadi, bu moslanish (adaptatsiya) qoida, norma va odatlarni o’zlashtirish taqlid, immetatsiya, asosida kuriladi.

Psixolog R. Sirs shaxs rivojlanishini diada tamoyili bo`yicha tahlil qilish goyasini ilgari so’radi va diada munosabati quyidagicha tizimga ega bo`lishi ta’kidlangan:

a) bola-ona b) ukituvchi-o`quvchi v) ota- ugil

Yo’qoridagilarga asoslangan holda AQSH taraqqiyot psixologiyasida imfrintim nazariyasi vujudga kelgan bo`lib, u"Ta’sirlanish yoki iz qoldirish"degan ma’no anglatadi va dastlabki reaksiyasi, reaksiyasini barkarorligi tarikasida o`z aksini topgan. Bu xodisa Harlou, Lorensgacha ye. Xess tomonidan izoxlab berilgan bo`lib, kuchayish qonuni - bu taassurot olish qonuni davrida ta’sirlantiruvchi ob’ektni egallashga sarflangan iz qoldirish kuchining kuchayishi logarifmasiga tengdir. ye. Xess kritik davrlarningdavomiyligi, uzluksizligi mezonlarini ishlab chiqadi.

1) Hayvonlarning harakat qobiliyati takomillashuvi davr boshini aniqlovchi omildir;

2) Qo’rqinch reaksiyasining usishi uning xotimasidir. Uning fikriga qaraganda ijtimoiy o’zaro munosabatning birlamchi tarkibi emotsional ko’zgalishdir. a) ijtimoiy tabassum (birinchi yeshda va ikki, uch yeshda) b) sensor deprevatsiyasi.

v) ijtimoiy izolyatsiya g) intensivlik stimulyatsiyasi. Jumladan, bolaning uch oyigacha davrida uning ilk reaksiyasi yo’qsak intensivlikdagi stimulga nisbatan fiziologik majburiy reaksiyadan ya’ni javob berishdan iboratdir.

Shuni ta’kidlab utish joizki AQSH taraqqiyot psixologiyasida yesh kategoriyasi mavjud emas, xuddi shu sababdan:

- faoliyat - taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi

- ijtimoiy tajribani o’zlashtirish-taraqqiyotning asosiy shakli ekanligi

- taraqqiyot muammosining yechimida tarixiy yondashuvning yo’qligi ko’zga tashlanadi.

Vaholanki,"psixikaning usishi"kategoriyasi mavjud emasligi tufayli barcha narsa o’rganish xulqiga borib takaladi, natijada umumiy xulosa quyidagi shaklda ifodalanadi: bola rivojlanishining psixologik asosi uning biologik tabiatida o`z ifodasini topadi, chunki uning zaminida moslashish (adaptatsiya)ning biologik jarayonlari yetadi.

AQSHning Ielsk universitetining yesh olimlari N. Miller va D. Dollard va boshqalar shaxsning psixoanalitik nazariyasining muhim tushunchalarini K. Hallning o’rganish nazariyasi tiliga kuchirishga harakat qildilar va tadqiqotning asosiy yo’nalishlarini belgilab chiqadilar. Natijada Miller va Dollard psixologiya faniga"Ijtimoiy o’rganish"atamasini olib kirdilar va uning negizida ijtimoiylashuv masalasi yetishini ta’kidlab utdilar. Uning fikricha, ijtimoiylashuv - bu bolani jamiyatda o’rin egallashga imkon yaratuvchi jarayondir. Ijtimoiylashuv jamiyatning tulakonli a’zosi sifatida chakalokning aks ijtimoiy holatidan gumaniet bosqichiga utishini ta’minlovchi psixologik xodisadir.

A. Banduraning talkiniga ko’ra yangi xulq-atvorga urgatish uchun bolani mukofotlash yoki ja’zolash yetarli emas. Chunki bolalar emitatsiya modeli sharofati tufayli xulqning yangi shakllarini egallaydilar. U o’rganishning uch shakli mavjudligini ya’ni kuzatish orqali o’rganish, imitatsiya va identifikatsiyasini ta’kidlaydi. Identifikatsiya - shaxs tomonidan o’zgalar fikrini, hissietini aks ettirishdan iborat bo`lib, model sifatida boshqalar xatti-harakatidan foydalanishdir. Imitatsiya yerdamida bola model o’rniga o’zini kuyib kurishi extimol, xuddi shu sababdan u mazkur insonga nisbatan empatiya, hamdardlik xamishtirokchilik tuygularini namoyish qiladi. Muallif tomonidan bolaning onaga nisbatan tabiiy extiejini kondirish ijtimoiy xulqni mustaxkamlash irodaviy odamlar xulqiga taklid qilishlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

Miller va Dollardlar Freydning xulqda motivatsiyaning roli nuktai nazariyani tan oladilar va roxatlanish atamasini mustaxkamlash tushunchasi bilan almashtiradilar holos. Ularning fikricha stimul bilan javo orasidagi aloqaning kuchayishi o’rganishni bildiradi va bu holat mustaxkamlanish evaziga yuzaga keladi. Kuzgovchi qancha kuchli bo’lsa, stimul javob aloqasini mustaxkamlash shu kadar kuchayadi. O’zidan-o’zi konikuvchi, o’zidan-o’zi ruxlanuvchi shaxslar negativ xulqli o`quvchilar hisoblanadi. Mualliflar Adlerning insoniy munosabatlar yuzasidan dastlabki namunani beruvchi ona ekanligi to’g’risidagi fikriga asoslangan holda uning ijtimoiylashuviga muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab utadilar. Miller va Dollardlar nizoli vaziyatning manbai sifatida quyidagilarga ahamiyat beradilar: ularni boqish, gigienaga urgatish ularda seksual identifikatsiya va tajovuzning paydo bo`lishi kabilar.

Utmishni tushunmasdan turib, kelajakni o’zgartirish mumkin emas, degan iboralari ularning eng kimmatli goyalaridan biridir.

K. Hallning shogirdi R. Sirs bola rivojini diadik tamoyil asosida o’rganib, maxsus jarayon uch fazadan iborat ekanligini bayon qilib beradi:

1) Rudimentar xulq fazasi - bola hayotining birinchi oyini o`z ichiga olib irsiy extiejlarga va ilk o’rganish tartiblariga asoslanadi.

2) Motivatsion tizimning ikqilamchi fazasi - oila davrasidagi o’rganishga asoslanadi va ijtimoiylashuvning asosiy bugini hisoblanadi.

3) Motivatsion tizimning ikqilamchi fazasi - oila muxitidan tashkaridagi o’rganishga asoslanadi va bolaning maktab ta’limiga kirishuv jarayoni bilan aloqador.

R. Sirs o`z tadqiqoti natijalarini umumlashtirib, xulq-atvor ifodalashining 5 ta shakli mavjudligini izoxlaydi:

1) Diqqatni salbiy holatlarga yo’naltirish: janjal, arazlashish, ikror bo’lmaslik, oppozision xulq kabilarga diqqatni tortish:

2) Uzluksiz qat’iyatni qidiruv: O’zgarish, ortikcha va’dabozlik uchun xuzur so’rash, ximoya qidiruv, konfort, o’zini tinchlantirish, yerdam ko’rsatish va raxnamolik qilishga intilish.

3) Diqqatni ijobiy holatlarga yo’naltirish: maktov, kidiruv, guruhga qo’shilish xohishi, faollik ko’rsatish guruhdan chiqish istagi va boshqalar.

4) Aralashuv va tan oldiruv: notajovuzkorona aralashuv, boshqalarga kuchok ochish va ularni tutib turish.

5."Enida bo`lish"xulq shakli: bolaning boshqalar davrasida doimiy ishtiroki, tengkurlari kurshovida, kattalar muxitida va boshqalar.

A. Bandura sub’ektda xulq-atvor yangi ko’rinishining shakllanishida taklid modelining roli to’g’risida muloxaza yuritib,"stimul reaksiya"sxemasi turt oralik jarayonidan iborat ekanligini kursatib utadi:

1. Harakatdagi modelga bola diqqati qaratilgan. Modelga qo’yiladigan talablar: aniqlik, tafovutlilik, to’yinganlilik, funksional ahamiyatlilik va xoka’zo.

2. Ta’sir o’tkazuvchi model to’g’risida axborotlarni saklovchi xotira.

3. Kuzatuvchi esga tushirish jarayoniga imkon beruvchi harakat malakalari.

4. Bola kurib turganlarini bajarishga nisbatan xohishini aniqlovchi motivatsion kabilar.

AQSH taraqqiyot psixologiyasi vaqillarining fikriga qaraganda, ular tomonidan yaratilgan modellar ta’siri ijtimoiy o’rganish nazariyasiing moxiyatini tashqil etib, samaradorligi ko’p jixatdan o’zida aks ettirilgan axborot qo’lami, mazmuni, ma’nodorligi, bilan aniqlanadi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin