Sotsial psixologiya


-MAVZU: SHAHS PSIHODIAGNOSTIKASI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə49/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Sotsial psixologiya

18-MAVZU: SHAHS PSIHODIAGNOSTIKASI

Reja:

1.Individ, shahs, individuallik. Shahsning psihik holatlari va xususiyatlari.

2.Shahs motivaciyasini psixologik diagnostika qilish.

3.Shahsning individual-psixologik xususiyatlari psihodiagnostikasi.

4.Shahslararo munosabatlar psihodiagnostikasi.

Shahs jamiyat a`zosi bo’lgan inson.

Shahsning boyligi uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan bo’ladigan alokalarning turli-tumanligiga boglik bo’ladi.

Shahs psixologiyasiga u a`zo bo’lgan ijtimoiy guruh psixologiyasi ta`sir etadi. Mulokat jarayonida kishilar uzaro bir-birlariga ta`sir etadilar va buning natijasida jamiyatga, mehnatga, insonlarga, shahsiy sifatlarga nisbatan karashlarda, ijtimoiy ustanovka hamda boshqa munosabatlarda umumiylik tarkib topadi.

Shahsning mulokot doirasi kanchalik keng bulsa, uning hayotning turli sohalari bilan alokasi shunchalik turli-tuman bo’ladi, shahs ijtimoiy munosabatlar dunyosiga shunchalik chukurrok kira oladi. Uning ma`naviy dunyosi boy bula boradi.

Inson, shahs, individ tushunchalari bir-biridan farklanadi.

Inson-bir tomondan biologik mavjudot, ongga ega bo’lgan, tashki dunyoni bilish hamda uni faol ravishda uzgartirish kobilyatiga ega bo’lgan mavjudotdir. Insonga ikki oyokda yurish, bilish va dunyoni uzgartirish vositasi sifatida kulning tarakkiyoti va miyaning yuksak darajada rivojlanishi hosdir.

Boshqa tomondan, inson – ijtimoiy mavjudot. Bu uning eng muhim belgisi, chunkmi ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosabatlar va mehnat biologik mavjudot bo’lgan insonning tana to’zilishini uzgartirdilar va uzlariga buysundirdilar.

Individ-biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot. Individ insonning biologik tomonini harkterlaydi.

Inson haqida gapirar ekan, psixologiya «shahs tushunchasiga tayanadi.

Shahs inson tushunchasiga karaganda torrok tushuncha. Shahs-ijtimoiy mavjudot sifatida karaluvchi insondir. Fanda «inson», «shahs», «individuallik» tushunchalari keng kullaniladi. Ba`zida bu tushunchalar ayni bir hil tushunchalar, ba`zi hollarda esa bir-biriga karama-karshi bo’lgan tushunchalar deb karaladi. Lekin bu karashlarning barchasi noto’g’ri karash hisoblanadi.

«Inson» tushunchasi boshlangich, birlamchi tushuncha. Inson avvolo Hoto sapiens sinfiga mansub biologik mavjudot. Birok boshqa hayvonlardan farkli inson ongga ega. Biologik tur sifatida inso o’ziga hos tana to’zilishiga ega. Shu bilan bir vaqtda inson ijtimoiy mavjudotdir. Inson ijtimoiy mahsul bulish ongning egasi. Jamiyatda va jamiyat tuvfayliinson fakat mehnat va bilishga emas, balki o’zining ichki jarayonlari, ichki dunyosini anglash, aklan harakat qilishga ham qobiliyatlidir. Uz-o’zini anglash inson ongli tarakkiyotining yuksak boskichi bulib hisoblanadi.

«Shahs» ijtimoiy-tarihiy tushunchadir. Uning ijtimoiy mohiyati va vazifalari – shahs tavsifnomasidagi asosiy kursatkichlardir.

Shahs jamiyatda ma`lum holatni egallovchi, muayyan ijtimoiy rolni bajaruvchi ongli individ. Shahs ijtimoiy munosabatlar sub`ekti va obьekti. Shu bilan birga shahs faoliyat sub`ekti va uning mahsuli. Shahs faoliyatda shakllanadi ham.

Demak, shahs – o’zinnig kelib chikishi jihatidan ijtimoiy bo’lgan, uz e`tikodi karash, munosabatlari, baholariga ega bo’lgan sub`ekt. Shahs bulish uchun har bir inson 3 ta hususityaga ega bo’lishi lozim. Bular: ijtimoiy mavjudot bulishlik; ongga va uz-o’zini anglashga bulishlik hamda o’zini aktiv faoliyatda namoyon qilishlik. Shahsning poziciyasi – bu uning munosabatlari tizimidir. Shahsni hayotni moddiy sharoitlariga, jamityaga, insonlarga, o’ziga, o’zinnig shahsiy burchlariga bo’lgan munosabatlari muhim munosabatlar hisoblanadi. Bu munosabatlar shahsning ahlokiy kiyofasini, uning ijtimoiy ustanovkalarini belgilaydi.

Har bir shahs o’zining individualigiga ega bo’ladi. Individuallik – bu o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lgan shahs. Individuallik deyilganda avvalo shahsning uni boshqa kishilarga uhshamaydigan kiluvchi qandaydir muhim xususiyati tushuniladi. Har bir inson individuallika ega, ammo ba`zi kishilarda individuallik yakkol, yorkin namoyon bulsa, boshqalarda esa unchalik kuzga tashlanmaydi.

Demak, individuallik-individning boshqalardan farklanadigan ijtimoiy xususiyatlari, psihikasining o’ziga hosligi hamda uning kaytarilmasligi.

Individuallik psihik faoliyatning intellektual, emocional, irodaviy sohalarida yoki bu sohalarning mumkin.

Individuallik shahsni aniq va tula harakterlaydi. Individuallik shahs psixologik xususiyatlarining kaytarilmas, o’ziga hos boglikligidir.

Shahsning psihik xususiyatlari insonning ijtimoiy tajribasi, uning hayoti va faoliyati, ta`lim tarbiya ta`siri ostida tarkib topadi. Shahsningshakllanishi u yashaydigan jamiyat sharoitlari hamda mana shu ijtimoiy sharoitlarda u oladigan ta`lim va tarbiya bilan belgilanadi.

Shahsning individual-psixologik xususiyatlari, uning faoliyati motivlari, boshqalar bilan bo’ladigan munoabatlari hamda emocional-irodaviy sohalarini o’rganish uchun mahsus metodikalar ishlab chiqilgan. Shahsni o’rganishda turli mahsus metodikalardan foydalanish bilan birga shahsning kizikishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofdagi odamlar bilan munosabatiga tegishli bo’lgan ko’plab savolnomalardan ham foydalanish mumkin. Bu savolnomalar yordamida eksprimental-psihodiagnostik tadqiqotlar yanada boyiydi, tuldiriladi.

Shahsning turli tumanlarini o’rganishga qaratilgan mana shunday metodikalar bilan tanishib chikamiz.

Motivizaciya psihodiagnostikasi.

Shahs tizilishida motivaciya hal kiluvchi urinni egallaydi. Motivaciya faoliyat, hulk-atvorning harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirishda foydalaniladigan asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Motiv - anglangan ehtiyoj (Kovalev. A.G.), ehtiyoj predmeti (Leontьev A.G.) sifatida karaladi yoki ehtiyoj bilan aynanlashtiriladi(Simonov P.V.). Motiv faoliyatga undovchi va unga yunaltiruvchi ehtiyoj predmeti.

Motiv tarkibida bir tomondan o’ziga hoslik individual – takrorlanmaslik; konkret, muayyan vaziyat bilan belgilanishlik hos bulsa, boshqa tomondan barkarorlikni ajratib ko’rsatish mumkin. Bunday barkarorlik ehtiyoj predmetini emas, balki bu ehtiyojni his kiluvchi shahsni ko’prok harakterlaydi. S.L. Rubinshteynning fikricha «harakter hislatlari – ohir natijada tendenciya, undash, motiv bulib, bir hil vaziyatlarda insonda qonunan vujudga keladi», predmetli, umumlashgan mazmun-mohiyatini ko’zda tutgan. M.M adsenmotivaciya haqidagi turli nazariyalarni tahlil kilar ekan, ba`zi psixologlar motivaciyada diopozon va funkcional uzgaruvchilarni aniq farklashsa, boshqalar esa aynan bir hil tushunchalardan foydalanishlarini ta`kidlaydi. Masalan, G.Myurrey fikricha, ehtiyojlar (yoki motivlar), bir-tomondan, barkaror motivacion to’zilma sifatida namoyon bulsa, boshqa tomondan, shu tushunchalarning o’zi funkcional uzgaruvchilar to’g’risida gapirganda ham kullaniladi. M. Madsen dipozicion va funkcional uzgaruvchilarni bir-biridan aniq farklash lozim deb, hisoblaydi. Bu muammoni L. Kronbah ancha batafsil va keng hal qiladi. U ilmiy psixologiyada 2 ta yo’nalishni farklaydi: biri individual farklarni baholashga, boshqasi hulk atvor va hatti-harakat xususiyatlarini aniqlashga karatiladi. J. Atkinsonnning ta`kidlashicha, agar motivaciya shahsiy determinantlar birligi, ya`ni shahsning barkaror motvlari va bevosita vaziyatning birligi sifatida karalsa, bu ikki karash urtasidagi o’zilish bartaraf kilinadi.

Umumlashgan hamda konkret motivlar farklanadi. «Umumlashgan motivlar» shahsning barkarorligiga mansublik rolida namoyon bo’ladi, birok ular dinamik to’zilma bulib, bir holatdan, ya`ni latentlik holatidan, boshqa holatga, faollikka utishi mumkin. Motivning aktuallashishi muayyan harakat tendenciyasiga ega. Bunday motivacion munosabat jarayonida inson mavjud vaziyatni istalganiga kayta uzgartiradi.

Ehtiyojlar motivlarda konkretlashtiradi va ular orkali joriy kilinadi. Birok bundan ehtiyojlar tizimi bilan motivlar tizimi urtasida uzaro bir yoklama moslik mavjud degan fikr kelib chikmaydi. Ehtiyojlar ham, motivlar ham o’ziga hos xususiyatlarga egaki, ularni aynanlashtirish mumkin emas. Birinchidan, ayni bir ehtiyoj turli motivlar orkali, ayni bir motivning o’zi turli ehtiyojlar orkali amalga oshishi mumkin. Shunday qilib ehtiyojlar butun motivlar sinfiga mos kelishi motiv esa turli hil ehtiyojlar sinfiga kirishi mumkin. Motiv murakkab ichki to’zilishga ega. Masalan, «umumlashgan motivlar» bir kancha konkret motivlarda uz aksini topadi. Ehtiyoj va motivlar urtasidagi munosabatlar nafakat genetik, balki funkcional jihatdan karalsa, u holda ehtiyojlarning motivga aylanishi imkoniyatning ruyobga chikishi, umumiyning konkretga, genotikning fonetikga qarab harakati sifatida namoyon bo’ladi.

Motivlar bilan ehtiyojlarning diagnostikasi turlichadir. Motivlar diagnostikasi uchun zarur.

Har bir motiv o’zining «motivacion ogirligiga» egaki, ular muayyan ehtiyojlarni kondirilishiga uz hissasini kushadi. Boshqa tomondan, muayyan ehtiyoj bilan boglik bo’lgan motivlar-bu oddiygina motivlar yigindisi emas, balki uz to’zilishiga ega bo’lgan tizim bulib, bunda ba`zi motivlar ustunlik qiladi.

Motivaciya insonni faoliyatga undash bilan birga psihik faoliyatning barcha sohalariga kirib boradi.

Shahs motivacion sohasini o’rganishning bevosita metodlari hamda proektiv metodikalar mavjud. Shunday metodikalardan biri yutukka erishish motivaciyasini aniqlashga bagishlangan test-savolnomadir. Ushbu savolnoma0-test A. Mehrabion tomonidan kayta uzgartirilgan.

Yutukka erishish motivaciyasini aniqlash savolnoma-testi shahsning 2 hil umumlashgan barkaror motivlari: muvaffakiyatga erishishga intilish hamda muvaffakiyatsizlikdan kochish motivlarini diagnostika qilishga muljallangan. Bu test yordamida ushbu motivlardan kaysi biri ustunlik qilishi baholanadi.

Ushbu metodika tadqiqotchilik maqsadlarida yutukka erishishi motivaciyasini yukori sinf o’quvchilari va talabalarda diagnostika qilish uchun kullaniladi.

Test ikki shaklda-erkak (A shakli) va ayollar (B shakli) ga muljallab to’zilgan savollardan iborat. Test o’tkazish uchun dastlab sinaluvchilarga quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Test harakterning alohida tomonlariga tegishli hamda muayyan hayotiy vaziyatlarga taalukli bo’lgan fikr-mulohazalardan to’zilgan. O’zingizning shu fikrga kushilishingiz yoki kushilmasligingizni kuyidagi javoblar orkali baholashingiz lozim:»

+3 tulik kushilaman

+2 kushilaman

+1 menimcha kushilaman

0 betaraf, befarkman

-1 menimcha kushilmayman

-2 kushilmayman

-3 tulik kushilmayman

Testdagi mulohazalarni o’qib chikib, unga kushilish yoki kushilmaslik darajangizni belgilang. Buning uchun javoblar varakasida mulohaza nomeri yoniga uz fikringizni ettiruvchi javobning sonini kuying.

Miyangizga kelgan birinchi javobni berishga harakat Uylab utiriishga vaqt ketkazmang.

Natijalarni kayta ishlashda javoblar mazmuni tahlil kilinmaydi, balki tuplangan ballar muayyan tizim asosida hisoblab chiqiladi. Test natijalari fakat ilmiy maqsadlarda ishlatiladi hamda ular ovoza kilinmasligiga tulik kafolat beriladi.

Agar sizda qandaydir savollar tugilsa, testni bajarishga kirishishdan oldin ularni surab oling. Endi ishga kirishishingiz mumkin!»

A shakli savolnomasi 32 ta, B shakli esa 30 ta mulohazadan iborat.

Savolnoma (A shakli)

1. Men yomon baho olishdan havfsirashdan ko’ra, ko’prok yahshi baho olish haqida uylayman.

2. Agar biror murakkab, menga notanish bo’lgan topshiriqni bajarish kerak bulsa, uni yolgiz emas, balki kim bilandir bajarishni afzal ko’raman.

3. Ko’pincha men, hatto o’zimga ishonmasam kkab vazifani bajarishga kirishaman.

4. Men omadsizlikka olib kelishi mumkin bo’lgan qiyin ishga nisbatan uni muvaffakiyatli bajarishga amin bo’lgan osonrok jalb qiladi.

5. Agar biror ish kulimdan kelmayotgan bulsa, uddasidan chika oladigan boshqa ishga utishdan ko’ra, bor kuchimni sarflab shu ishni ohiriga etkazishga harakat kilar edim.

6. Maoshi urtacha bo’lgan, uz rolini o’zim belgilashim lozim bo’lgan ishga nisbatan vazifam anihamda maoshi dan yukori bo’lgan ishni afzal ko’raman.

7. Badiiy adabiyot ukishga nisbatan mahsus adabiyotni ukishga ko’prok vaqt sarflayman.

8. Etarli darajada muhim, birok unchalik murakkab bulmagan ishga nisbatan muhim, murakkab ishning muvaffakiyatsizlik ehtimoli 50 foiz bulsa ham shu ishni tanlagan bulardim.

9. Men yuksak mahoratni talab kiluvchi va ko’pchillikka noma`lum bo’lgan, kamdan kam uchraydigan uyinlarga nisbatan barchaga yahshi ma`lum bo’lgan kungilochar uyinlarni urgangan bular edim.

10. Men uchun uz ishimni, hattoki urtoklarim bilan tortishuvgacha borsam ham iloji boricha yahshi bajarishim muhimdir.

11. Agar karta uynashga kirishsam, chukur uylashni talab kiluvchi murakkab uyinga nisbatan engilrok uyinni tanlagan bulardim.

12. Barcha ishtirokchilar kuch jihatidan deyarli teng bo’lgan joyga nisbatan boshqalardan kuchli ekanligimni bilgan erda musobakalashishni afzal ko’raman.

13. Ishdan bush vaqtimda dam olgandan ko’ra uz malakalarimni rivojlantirish uchun biror uyinni urganar edim.

14. Biror ishni boshqalar maslahati bilan emas, hattoki 50% yanglishishni ehtimoli bulsa ham uz hohishim buyicha bajarishni afzal ko’raman.

15. Agar menga 2 ta ish – maoshi 100 sum bo’lgan, shu mikdor noaniq vaqt saklanib koladigan ish bilan oylik maoshi 80 sum, birok 5 yildan sung men 180 sum oylik olishim kafolatlangan ish taklif qilishsa, men birinchi taklifni tanlangan bulardim.

16. Birga-bir musobakalashgandan ko’ra komandada uynagan bulardim.

17. Men natija bilan tulik konikish hosil kilmagunimcha uz kuchimni olmasdan ishlagan bulardim.

18. Imtihonda uz fikrini bildirish kerakbo’lgan savolga nisbatan aniq utilgan mavzu buyicha berilgan savolni afzal ko’raman.

19. Natijalariga ko’ra hech qanday uzgarishga olib kelmaydigan ishga nisbatan biroz muvaffakiyatsizlik ehtimoli bor, lekin yutukka erishish imkoni mavjud bo’lgan ishni tanlagan bular edim.

20. Imtihondagi muvaffakiyatli javobimdan keyin yahshi bahodan hursand bulishdan ko’ra engil nafas engil nafas olgan bular edim.

21. Ohiriga etkazilmagan 2 ish – ogir va engil ishga kaytish mumkin bulsa, men murakkabini tanlar edim.

22. Ёzma ishni bajarayotganimda men uni qanday qilib to’g’ri echish haqida emas, biror hato qilib kuymaslik haqida ko’prok kayguraman.

23. Agar biror ishdan natija chikmayotgan bulsa, yahshisi yordam surab boshqalarga murojaat kilaman.

24. Muvaffakiyatsizlikka uchrasam ishni davom ettirishga hohish yukotmay, yanada gayratli va mulohazali bulib kolaman.

25. Agar biror ishda muvaffakiyatsizlik ehtimoli mavjud bulsa, shu ishga kirishmay kuya kolaman.

26. Biror murakkab ishga kirishsam, uni muvaffakiyatli bajarishga ishonchdan ko’ra uning uddasidan chika olmaslikdan kurkaman.

27. Men o’zim emas, balki boshqa birovning rahbarligi ostida samaralirok ishlayman.

28. Tanish ishga nisbatan murakkab notanish topshiriqni bajarish menga ko’prok yokadi.

29. Agar vazifani qanday bajarish haqida aniq ko’rsatma berishsa, uning ustida yahshirok ishlayman.

30. Agar biror ishni muvaffakiyatli yakunlasam umuman boshqa turdagi topshiriqni bajarishdan ko’ra, shunga uhshash ishni bajarishga bajanudil kirishar edim.

31. Agar musobakalashish kerak bulsa, tashvish va havotirlanishdan ko’ra menda ko’prok kizikish va ehtiros paydo bo’ladi.

32. Menimcha amalga oshirishga harakat qilishga nisbatan kelajak rejalarim haqida ko’prok orzu kilaman.

Savolnoma (B shakli)

1. Men yomon baho olishdan havfsirashdan ko’ra, ko’prok yahshi baho olish haqida uylayman.

2. Ko’pincha men hal qilishim aniq bo’lgan engil vazifaga emas hal kila olishimga unchalik ishonch bulmagan murakkab ishga kul uraman.

3. Meni omadsizlikka olib kelishi mumkin bo’lgan ishga nisbatan uni muvaffakiyatli bajarishimga amin bo’lgan engilrok ish ko’prok jalb qiladi.

4. Agar biror ish kulimdan kelmayotgan bulsa, uddasidan chika olishim mumkin bo’lgan boshqa ishga utishdan ko’ra, bor kuchimni sarflab shu ishni ohiriga etkazishga harakat kilar edim.

5. Maoshi urtacha, uz rolimni o’zim belgilashim lozim bo’lgan ishga nisbatan vazifam aniq hamda maoshi urtadan yukori bo’lgan ishni afzal ko’raman.

6. Muvaffakiyatga bo’lgan ishonchga nisbatan menda omadsizlikdan kurkish hissi kuchli kechinmalarni tugdiradi.

7. Kungilochar janridagi adabiyotga nisbatan ilmiy-ommabop adabiyotni afzal ko’raman.

8. Etarli darajada muhim, birok unchalik murakkab bulmagan ishga nisbatan muhim hamda murakkab ishni yoktiraman, hatto uning muvaffakiyatsizlik ehtimoli 50% bulsa ham.

9. Men yuksak mahoratni talab kiluvchi va ko’pchillikka noma`lum bo’lgan, kamdan-kam uchraydigan uyinlarga nisbatan barchaga yahshi ma`lum kungilochar uyinlarni uzlashtirgan bular edim.

10. Hatto urtoklarim bilan tortishuvgacha borsamda, uz ishimni iloji boricha yahshirok bajarishim muhimdir.

11. Imtihonda muvaffakiyatli javob bergach, yahshi baho olganimdan hursand bulishdan ko’ra engil nafas olishni ko’prok hush ko’rardim.

12. Agar karta uyiniga kirishsam, chukur uylashni talab kiluvchi murakkab uyinga nisbatan engilrok uyinni tanlagan bulardim.

13. Barcha ishtirokchilar kuch jihatidan deyarli teng bo’lgan joyga nibatan boshqalardan kuchli ekanligimni bilgan erda musobakalashishni afzal ko’raman.

14. Muvaffakiyatsizlikka uchraganimdan sung, ishni davom ettirishga hohish yukotmay yanada gayratli va mulohazali bulib kolaman.

15. Muvaffakiyatsizxlik meni omad kuvonch keltirishga karaganda hayotimni ko’prok zaharlaydi.

16. Yangi, noaniq vaziyatlarda kizikuvchanlikka nisbatan ko’prok tashvishlanish paydo bo’ladi.

17. Har doim mazali chikadigan odatdagi taomni tayyorlashdan yomon chikishi ham mumkin bo’lgan yangi, kizikarli taomni tayyorlashga harakat kilaman.

18. Ёkimsiz ishga nisbatan yokimlirok ish bilan shugullanishga intilaman.

19. Bir vaqtningo’zida 2-3 ta ishni tezda bajarishga shu vaqtni ketkazaman.

20. Agar kasal bulib uyda kolsam, uz vaqtimni kitob ukish yoki biror ishga emas, balki dam olishga ishlataman.

21. Agar men bir honada bir necha kizlar bilan yashasam va biz qandaydir kecha uyushtirmokchi bulsak, bu ishni boshqa kizga topshirishdan ko’ra uni o’zim tashkil kilar edim.

22. Agar kilayotgan ishim chikmasa, uni amalga oshirish yo’lini o’zim kidirgandan ko’ra boshqalarga yordam surab murojaat kilaman.

23. Agar kim bilandir musobakalashiishim zarur bulsa, bu menda gam-tashvish emas, kizikish uygotadi.

24. Biror murakkab ishga kirishsam, uni muvaffakiyatli bajarishga ishonmasdan, uning uddasidan chika olmaslikdan chuchiyman.

25. Men o’zim emas, balki boshqa birovning rahbarligi ostida samaralirok ishlayman.

26. Tanish ishga nisbatan murakkab notanish topshiriqnibajarish menga ko’prok yokadi.

27. Agar biror ishni muvaffakiyatli yakunlasam, umuman boshqacha topshiriqka utishdan ko’ra, shunga uhshash ishni bajrishga kirishar edim.

28. Menga topshiriqni qanday bajarish haqida aniq ko’rsatma bermay, uni umumiy tarzda bajarish vazifasini kuysalar samaralirok ishlayman.

29. Birok muhim ishni bajarishda hatoga yo’l kuysam, o’zimni kulga olish va hatoimni to’g’rilash urniga ko’pincha o’zimni yukotib kuyaman.

30. Kelgusi haqidagi rejalarimni amalga oshirishga harakat kilmay, ular haqida ko’prok orzu kilaman.

Ballarni hisoblash.

Ballar yigindisini quyidagicha hisoblab chikamiz.

Agar kalitda «+» belgisi bulsa:

-3 -2 -1 0 1 2 3

--------------------------------

1 2 3 4 5 6 7

Agar «-» belgisi bulsa,

-3 -2 -1 0 1 2 3

--------------------------------

7 6 5 4 3 2 1

A shakl uchun kalit :

+1, -2, +3, -4, +5, -6, +7, +8, -9, +10, -11, -12, +13, +14, -15, -16, +17, -18, +19, -20, +21,

-22, -23, +24, -25, -26, -27, +28, -29, -30, +31, -32.

B shakli uchun kalit:

+1, +2, -3, +4, -5, -6, +7, +8, -9, +10, -11, -12, -13+14, -15, -16, +17, -18, +19, -20, +21, -22,

+23, -24, -25, +26, -27, +28, -29, -30.

Ballar yigindisini hisoblash asosida tekshiriluvchida kaysi motivaciya ustunlik qilishi aniqlanadi.

Ushbu metodikadan tashkari M.Sh. Mogomed. Eminov tomonidan kayta ishlangan A. Mehrabionning affilyaciya motivaciyasini aniqlash uchun savolnoma-test Yu.N. Orlov tomonidan ishlab chiqilgan yutukka erishish ehtiyojlarini aniqlash savolnoma-testidan foydalanib, shahs motivaciyalarini diagnostika qilish mumkin.

II. Shahsning individual-psixologik xususiyatlari psihodiagnostikasi. Shahsning individual-psixologik xususiyatlari qatoriga qobiliyatlar, harakter hislatlari, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarni o’rganish uchun ko’plab psihodiagnostik testlar, surovnomalar ishlab chiqilgan. Mana shunday metodikalarning ba`zilari bilan tanishib chikamiz. Ayzenkning surovnoma-testi.

Ushbu metodika A.G. Shmelev tomonidan moslashishtirilgan. Surovnoma-test G. Ayzenk tomonidan individuallikning asosiy kursatkichlari deb karalgan 2 xususiyat-«introversiya-ekstroversiya» hamda «neyrotizm-emocional barkarorlik» kabi xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan.

Surovnoma-test bir-biriga uhshash bo’lgan 2 shakli A va B shakllaridan iborat. Har bir shakldagi savollardan har bittasi kuyidagi 3 ta shkaladan biriga taalukli hisoblanadi:

1. Ekstraversiya-introversiya (24 ta savol).

2. Neyrotizm-barkarorlik (24 ta savol).

3. Ёlgon-ochiklik (9 ta savol).

Kalit bilan mos tushgan javoblar 1 ball bilan baholanadi. Savollarga «ha» yoki «yuk» deb javob berish suraladi. 12 baldan ortik kursatkich shahsning ekstrovertligidan dalolat beradi, 12 baldan kam kursatkich introvertlikni bildiradi. Neyrotizm shkalasi buyicha 12 baldan ortik kursatkich hissiy bekarorlikni aks ettiradi. Ёlgonchilik shkalasi buyicha 4-5 ball tankidiy kursatkich bulib, sinaluvchining savollariga fakat «yahshi» javob berishga moyilligidan dalolat beradi. Bu esa neyrotizm, ekstroversiya va introversiya shkalalari buyicha kursatkichlarning ishonchliligiga ta`sir qiladi.

Tinchlik ekstravert-boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan mulokot qilishga, yangi ta`sirotlarga doimo intiluvchi odam. U ulfatlarni yoktiradi, tanishlari va dustlari ko’p. Tajavuzkor, serjahl, ta`sirchan inson bulib, ko’pincha dakika ta`sirida harakat qiladi. His-tuygularini kattik nazorat kila olmaydi, tanishish uchun odatda birinchi suz boshlaydi. Ёlgiz ishlashni va shugullanishni yoktirmaydi. Tipik –intravert-muloqiyinchilik bilan kirishuvchi, uyatchan,ogir, uz ichki dunyosiga kumilgan uz-o’zini kuzatadigan odam. Boshqa odamlardan ajralgan. U uz harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi, kutilmagan istaklarga ishonmaydi. U tartibni yoktiradi, hayotda jiddiy, his-tuygullarini kattik nazorat ostiga olgan, kamdan-kam jahli chikadi, kizishib ketmaydi, mulokotdagi kelishmovchiliklarni jim turib tuhtatishga intiladi. U dikkatni kuchli bir joyga tuplaydigan va kam harakat talab qiladigan faoliyat turlarini yoktiradi.

Ayzenk savolnoma-testi buyicha tipik nevrotik qisman Freyd goyalari asosida ishlangan bulib, onglik va ongsizlik urtasida yorkin nizolarni harakterlaydi, shuning uchun ham salbiy his-tuygularini yomon boshqaradi. Hissiy bekarorlik odatda insonning gap kutara olmasligi bilan boglangan bulib, u o’ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga yoki kullab-kuvvatlashiga doimiy muhtoj. Uning kayfiyati uzgaruvchan. Ko’pincha u jiddiy sabab bulmasa ham o’zini bahtsiz, boshqalardan yomonrok his qiladi, ba`zida o’zini aybdor deb biladi. U ko’p orzu qiladi, har narsadan shubhalanadi, jizzaki.

Odatda u boshidan kechirgan kungilsizlikni uzok vaqt eslab yuradi, muvaffakiyatsizlikdan kurkadi. Unga karor kabul qilish qiyin, vaziyat shuni talab kilsada uz niyatlaridan voz kecholmaydi.

Hissiy barqarorlikka ega bo’lgan inson uz hissiy barqarorlikka esha bo’lgan inson uz hissiy holatini uzgartira oladi, odamlar bilan bir hil mulokotga kirishadi, uni muvozanatdan chikarish qiyin. U boshqalar tomonidan doimiy kullab kuvvatlanishga muhtoj emas, ogir bosik.

«Ёlgonchilik shkalasi buyicha samimiy emaslik-bu yolg’onchilik emas, bu o’ziga hos da`vogarlik bulib, uz ijobiy hislatlarini ortikcha bahola o’zini yahshi kursa tishga intilishdir».

neyrotizm

tez hafa bo’ladi sezgir

tashvishli notinch

ko’p uylaydi jahldor

umidsizlanadi ta`sirchan

muloyim uzgaruvchan

odamovi tashki ta`sirlarga

yuvosh beriluvchan

melonholik holerik

intravertlik ekstravertlik

flegmatik sangvinik

sust mulokotga qirishuvchan

ehtiyotkor aloka kiluvchi

aqlli hayrihoh ko’pgap

tinch-osoyishta kungilchan

o’zini nazorat qila erkin

oladi quvnoq

ishonuvchan peshkadamlikka intiluvchi

hissiy barqarorlik

Talab utilgan shahs hulk-atvori stereotiplari fakat tugma hislatlar natijasi emas, balki muhit ta`sirining ham natijasidir.

Ushbu metodikadan tashkari shahs hislatlarini aniqlash uchun Kettellning surovnoma-testi hamda boshqa psihodiagnostik testlardan foydalaniladi.

III. Shahslararo munosabatlar psihodiagnostikasi.

Shahslararo munosabatlar sohasi juda keng. U uz ichiga insonning katta ijtimoiy guruhlardan (millat, ishlab chikarish jamoasi) tartib intim, ikki yoklama (ota-ona-bola, er-hotin urtasidagi) munosabatlarni ham oladi.

Hozirgi kunda psixologiyada shahslararo munosabatlarni o’rganishning juda ko’p konkret metodikalari mavjud. Shahslararo munosabatlar psihodiagnostikasi metodikalarini turli hil asos buyicha tasniflash mumkin: 1) ob`ektga qarab (guruhlar urtasidagi munosabatlar, guruh ichidagi jarayonlar, ikki yoklama munosabatlar diagnostikasi; 2) tadqiqot kuyadigan vazifalar asosida (guruh jipsligini, moslikni aniqlash); 3) kullaniladigan metodikalarning to’zilish hussiyatlariga qarab (surovnomalar, proektiv metodikalar, sociometriya) va boshqalar.

Shahslararo munosabatlarni o’rganish metodikalaridan biri sociometriya metodidir. Birinchi bulib bu metod amerikalik psixolog Djon Moreno tomonidan taklif qilingan (1934). Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich buyicha guruh a`zolarini tanlashi lozim. Kilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shahslararo munosabatlar to’zimida tutgan haqida hulosa chikarish mumkin.

Sociometriya metodi yordamida guruh a`zolari urtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sociometriya metodini operativ tarzda o’tkazish, uning natijalarini esa matematik kayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.

Sociometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba`zi kamchiliklarini ham kursatib utish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sociometriya metodi mavjud munosabatlar sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sociometriyadan olingan ma`lumotlar boshqa metodikalar natijalari bilan tuldirilishi lozim.

Sociometriya metodidan guruh, jamoa a`zolari uzaro bir-birlarini yahshi bilgan hollardagina foydalanish mumkin. Ushbu metod yordamida shahning ish yuzasidan bo’ladigan va shahsiy munosabatlardagi haqiqiy urnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish birlamchi guruhlarning paydo bo’lishi va tarkab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.

Sociometriya metodi teshiriluvchilarning birga kilinadigan ishlar yoki guruh a`zolarining boshqa ishlarni birgalikda hohishlari haqidagi savollarga beradigan javoblarini kuzda tutadi. Beriladigan savollar tanlash katkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz kursatkichlari farklanadi. Kuchlilari chukur va barkaror munosabatlarni, kuchsizlari-bekaror va yuzaki munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi. Kuchli va kuchsiz kursaikichlar mazmun jihatidan turli hil bo’lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa-natija, ya`ni sherik tanlashdir.

Tanlashlar soni cheksiz bo’lishi mumkin, birok amaliyotning ko’rsatishicha, kishining guruhdagi holati va uzaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishini tanlash kifoya. Bunda tekshiriluvchidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar birinchi bilan imkon bulmasa ikkinchi navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash imkoni bulmasa, uchinchi navbatda kimni tanlashi haqida suraladi.

Sherik tanlash uzaro va bir tomonlama bo’lishi mumkin. Birinchi holda A B ni, B A ni tanlaydi A B.

Bu uzaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama bo’lganda A B ni A B V

G

B esa V ni yoki G ni tanlaydi.



Guruh, jamoadagi uzaro munosabatlar grafik ravishda zanjir, uchburchak, yo’lduzcha shaklida ifodalanishi mumkin. Bunday ifodalash a`zosi unchalik ko’p bulmagan guruhlarda mumkin. Agar guruh ko’p sonli bulsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. 1-yoki markaziy aylanaga eng ko’p tanlangan guruh a`zosining shartli belgisi kuyiladi. Markazdan keyingi, ya`ni 2- aylanaga uch marta tanlangan kishining nomeri yoziladi. Uchinchi aylana ichiga 1-2 ta tanlash olgan guruh a`zosi, 4-aylanaga tanlanmagan guruh a`zosining shartli belgisi hamda aylanadigan tashkariga rad etilgan guruh a`zosining nomeri kuyiladi.

Bunda aylana ikki qismga ajratiladi va chap tomonga kizlar, ung tomonga ugil bolalarning shartli belgilari joylashtirib chiqiladi. Kizlar doira, ugil bolalar esa uchburchak bilan ifodalanadi. Aylana va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab strelkali chiziklar bilan birlashtiriladi. Bu-sociogramma deb ataladi.

Agarda guruhda 20 dan ortik a`zo bulsa, sociogramma to’zish qiyinrok. Shuning uchun bunday hollarda matricadan foydalanish maqsadga muvofik bo’ladi. Matrica quyidagicha to’ziladi. Turtburchak yoki kvadrat chizilib, guruh a`zolarining soniga qarab katakchalarga bulinadi. Chap tarafdan, yukoridan pastga va yukoridan ung tomonga ung guruh a`zolarining shartli belgilari kuyib chiqiladi.

Guruh a`zolarining shartli belgilaritekshiriluvchilarning familiyasi yoki uning bosh harfi, ularning tartib nomeri ham bo’lishi mumkin. Gorizontal chizik buyicha qatorlarga tanlayotgan guruh a`zosi, vertikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgan haqidagi ma`lumotlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» belgisi bilan, uzaro bir-birini tanlash esa

«+» belgisi bilan ifodalanadi.

Ma`lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh mavjud bo’lishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa boshqa matricada belgilanadi. Buninguchun yukorida kursatilganidek turtburchak yoki kvadrat chizilib, matricaning chap burchagidan pastdagi ung burchagiga karatib, dioganal chizigi utkaziladi. Bu chizik kvadratning shu dioganal chizigiga to’g’ri kelgan kataklari ustidan utadi.1-matricadan uzaro tanlanishga ega bo’lgan istagan bir kishi tanlab olinadi. Uning tartib nomerini va familiyasini matricaning 1-qatoriga utkaziladi. Huddi ana shu nomerni yukoridagi 1-katakka kuyiladi. Sungra 1-matricadan 1-qatorga yozilgan uzaro tanlanishida bo’lgan shahslarni tanlab olinadi. Uning tartib nomeri va familiyasi 2-qatorga yoziladi. Huddi ana shu nomerni yukoridan 2-ustunga yoziladi. Matricaning shunga muvofik keladigan kataklariga + belgisi yozib kuyiladi. Matrica 1-qatordagi kishi bilan uzaro tanlanishda bo’lgan guruhning navbatdagi a`zosini uning 1-matricadagi nomerini saklagan holda 3-qatorga yoziladi. Shu nomerni 3-ustunning yukori qismiga ham kuyiladi. Tegishli katakka plyus (+) belgisi kuyiladi. Shu tarika 1-matricadan tanlab olinadigan familiyalarni navbatdagi qatorga yoziladigan uzaro tanlanishda bo’lgan birorta ham kishi kolmagunicha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, uzaro tanlanishda bo’lgan kishilar doirasi yakunlanishi lozim. Uzaro bir-birini tanlamagan kishilar matricaning ohiriga yoziladi. Mikroguruh, ya`ni birlamchi guruh 2-5 kishidan iborat bo’lishi mumkin. Shunday qilib, sociometriya metodi ob`ektiv va aniq ma`lumotlar, ya`ni shahsning guruhdagi yoki jamoadagi haqiqiy holatini aks ettiruvchi ma`lumotlar olishga imkon beradi va amaliy maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Shunday qilib, sociometriya metodi ob`ektiv va aniq ma`lumotlar, ya`ni shahsning guruhdagi yoki jamoadagi haqiqiy holatini aks ettiruvchi ma`lumotlar olishga imkon beradi va amaliy maqsadlarda foydalanilishi mumkin.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin