Sotsial psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi


III bob Sotsial-psixologik tadqiqotlat va metodlar



Yüklə 37,73 Kb.
səhifə4/7
tarix15.04.2023
ölçüsü37,73 Kb.
#98593
1   2   3   4   5   6   7
kur ishi

III bob Sotsial-psixologik tadqiqotlat va metodlar
a) Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi.

Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo bo`lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma’lumotlar tuplash, u yoki bu goyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omildir.


Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o’ziga xoski, ularda metodologik muammolarga qiziqish ancha yo’qoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo`lib, ular avvalo jamiyatda ro’y berayotgan keskin o’zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uygunlashuvi, amaliyotning fan oldiga kuyayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nixoyat har bir fanda ro’y berayotgan o`z tadqiqot prinsiplari va tekshirish usullarning qayta kurib chiqishga intilishning yakqol namoyon bo’layotganligidir.
Ijtimoiy psixologiya to’g’risida gapiriladigan bo’lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga kuyayotgan talablari o’ziga xos bo`lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha Ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo’ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko’pdir. Shuning uchun ham, G. M. Andreeva Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolariga tuxtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko’pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, -deb yozadi u, - Ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.
"Metodologiya" tushunchasining ilmiy moxiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda gaplashadiganlar turlicha shartlaydilar va tushunadilar. Masalan, Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin "metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengrok tushunchadir. Hozirgi zamon yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, "metodologiya" tushunchasi "konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi. Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni kay turdagi ma’lumotlarni ijtimoiy psixologik ma’lumotlar sifatida kabo’l qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida kuz bilan kurib qayd qiladiganlar xulq-atvor shakllarni kabo’l qilishsa, kognitiv psixologiya vaqillari faqat ongga taalluqli bo`lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jixatlari to’g’risida tasavvurga ega bo`lishi kerak. Bundan tashkari, tadqiqot birligi aniqlangan takdirda, qanday xajmdagi birliklar tadqiqotchini kanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Masalan, Ijtimoiy psixologiya bo`yicha sof eksperimental ish qilinganda, ilgari sinalgan usul yerdamida cheklangan mikdoridagi kishilar yoki guruhda tadqiqot o’tkazish mumkin - bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Lekin, ba’zan tadqiqotchi ko’p sonli tekshiruvchilar bilan ish ko’radiki, bunda turli guruhlarni o’zaro takkoslash bilan ma’lumotlarning to’g’ri yoki noto’g’riligi aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion tadqiqotlar deb ataladi.
Ikkinchi metodik muammo - bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum tax minlar yuritadi, lekin shu taxminlarning aniq chiqishi usha muammo bo`yicha pishik - puxta nazariyaning bir yo’qligiga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham ko’pincha fan sohasiga endigina kadam kuygan yesh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar-taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki Ijtimoiy psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali to’zilmaydi, ya’ni deduktiv usul har doim ham qo’l kelavermaydi.
Uchinchi muammo - bu ijtimoiy psixologik muammolarning sifati masalasi, ya’n i qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.


Ijtimoiy-psixologik ma’lumotlarning ishonchliligi.
Sifat haqida gap kyotganda, tadqiqotchining tadqiqot ob’ektini qanchalik to’g’ri tanlangani hamda tuplagan ma’lumotlarining ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi.
Ba’zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu narsa uning reprezentativlilik qonunini bo’zganligi belgisidir. Yo’l qo’yilishi mumkin bo`lgan yana bir kamchilik - bu usha o’rganish ob’ektining xajmi yoki soni xususida. Chunki amaliyotda ko’pincha tekshiriluvchi qanchalik ko’p bo’lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo`ladi, degan noto’g’ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni maqsadlarini, vazifalarini tadqiqotning nazariy asosini Yaxshi bilgan holda to’g’ri ilmiy taxminlar-gipotezalar ilgari surilgan bo’lsa, u kichikrok guruhda o’tkazgan eksperimentlarning ma’lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akakdemik guruhida o’rganish mumkin).
Lekin tadqiqot uslubini-metodlarini to’g’ri tanlashda pilotaj-sinov tadqiqoti o’tkazishning ahamiyati kattadir. Unda usha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar ob’ektining to’g’ri tanlanganligini ham ma’lumotlarning turgunligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashkari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o’tkazish uchun qo’lay vaziyat va vaqtni belgilash, o`z yerdamchilarining ishga qanchalik yarokliklarini ham sanab olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Lekin asosiy tadqiqot o’tkazilgandan sung tekshiruvchi tuplagan ma’lumotlarning asosligi (validlilik), ya’ni tanlangan uslubining aynan shu sifatlarini tekshirishga qaratilganligini, ularning turgunligini, ya’ni har qanday sharoitda ham shu metod yerdamida va shu sharoitda ayni shu xildagi ma’lumot tuplashini va ma’lumotlarning aniqligini, ya’ni tanlangan uslub maqsadga iuvofikligini isbotlab berishi kerak.
Nixoyat, ma’lumotlarning sifati tadqiqotchining o`z ishlari bo`yicha to’zgan hisobotiga ham bog’liq. Ijtimoiy psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi bo’limlarni o`z ichiga oladi:
1. Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o’tkazishdan kuzlangan maqsad, unga sabab bo`lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o’tkazganligi yoziladi.
2. Dastur qismi, bu yerda foydanilgan ADABIYOTLAR, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin-gipotezalar beriladi.
3. Tadqiqot ob’ekti va uslublar - empirik tadqiqot ob’ektining xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov bosqichida to’plangan ma’lumotlar, ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi.
4. Natijalar - natijalar tadqiqotning o`z oldiga kuygan vazifalari va gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar yoki grafiklarga kursatiladi.
5. Xulosa va tavsiyalar - ular tadqiqotning mantikidan chiqariladi.
6. Yakun - barcha qilingan ishlar bo`yicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi.
7. Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, kompyuter dasturlari, statistika ma’lumotlari, katta jadvallar va shunga o’xshash tadqiqotga taalluqli xujjatlar ilova qilinadi.
Yo’qorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi kursatkichlar hisoblanadi va u o’tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi.

b) Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari.


Ijtimoiy psixologiyada qo’llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko’ra fark qilmasada, ijtimoiy psixologik tadqiqotdagi uslublar o’ziga xos xususiyatlarga hamda ko’rinishlarga ega. Bu o’ziga xoslik avvalo tadqiqot kamrab oladigan ijtimoiy kontekstdan, uning xilma-xil ko’rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib utilganidek, ijtimoiy psixologik tadqiqotda nimani o’rganish qancha vaqt mobaynida o’rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.


Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo’lsak, u Ijtimoiy psixologiyada o’ziga xos ijtimoiy sharoitlarida o’ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday Yo’l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yerdamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo`lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish, malum reja-sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish, olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yerdamida tekshirib kurish.
Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko’ra kuzatish har xil bo`ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish obekti bo’lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo’shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda malumot tuplaydi. Bunday kuzatish turi "birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy psixolog U. Uaytning usmirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik xodisalarni o’rganishga qaratilgan mashxur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi ogir usmirlar xulq-atvorining ijtimoiy motivlarini o’rganish maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo`lib, ma’lumot tuplagan. U kuzatishlari okibatida 92 % tarbiyasi ogir bolalarning o`z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo’lmaganligini aniqlagan.
Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o`z ob’ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "ob’ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo`lgani kabi tashki xulq atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot tuplashga asoslanadi. Bunday Yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham Ijtimoiy psixologiyada yerdamchi usul sifatida ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob’ektiv kuzatishning "muhim vaziyatlarni qayd etish" formasi keng qo’llanilmoqda. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, unda alohida shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan, tasodif vaziyatga solinib, ularning shu vaziyatga munosabati, undan chiqish Yo’llari, ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda o’zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy sharoitlarda ham o`quvchilar guruhlarida turli munozarali o’yinlar sharoitini yaratish Yo’li bilan har bir shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlarini kuzatib, qayd etish mumkin.
Bizning fikrimizcha ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma’lumotlar tuplashga yerdam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos bo`lgan eng kimmatli narsa sharoitlarning tabiiyligi saklanib qolinadi.
Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. Xujjat deganda ogzaki (suzlangan nutk matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy xujjatlar, gazetalar, jurnallardagi maqolalar, xatlar siesiy yoki badiiy adabiet materiallari) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham mikdoriy analiz qilinish usuli Ijtimoiy psixologiyada kontent - analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy moxiyati shuki, uning yerdamida biror matnda ma’lum fikr, goya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun mikdor ko’rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo`lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jaxon urushi yillarida bir siesiy gazetaning mazmunini, goyaviy yo’nalishini aniqlash maqsadida qo’llagan edilar. Ular "Xakikiy amerikalik" nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo’nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta’kiklashga erishgan edilar.
Kontent-analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv birliklari-kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining etikodi va dunyoqarashiga ko’ra har xil bo`lishi mumkin. Masalan, usha kontent-analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik-ramziy birlik yoki simvollar bo`lishi mumkin, deb hisoblashgan bo’lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik Yaxlit mavzu bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari esa ijtimoiy goya yoki ahamiyatli mavzu bo`lishi kerak, degan fikr tarafdorlari.
Aslida, manaviy birliklar kontent-analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko’pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so`zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demoqratiya, faollik, tashabbus, xamkorlik va xoka’zo)
b) Yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalar va shunga o’xshashlarda ko’tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy kadriyatlar mavzusi va xoka’zo)
v) tarixiy allomalar, siesatshunoslar, Taniqli shaxslarning nomlari;
g) ijtimoiy xodisa, rasmiy xujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O`zbekiston Konstitusiyasi muxokamasi, yangi yozilgan asarga o`quvchilarning munosabati va shunga o’xshash)
Tanlab olingan analiz birliklari boshqa turdosh yoki ungacha birlikka nisbatan hisoblanishi mumkin (masalan, u yoki bu faktga qancha "Tarafdoru, qancha odam karshi" manosida), yoki bu kategoriya tekshirilayotgan massivda necha marta qayd etilgani absolyut ravishda hisoblab chiqiladi. Masalan, hozirgi zamon ayolining mehnatga munosabatini aniqlash uchun "Saodat" jurnalining malum davrdagi barcha sonlardagi ishlayotgan ayollar fikri"ijobiy"eki"salbiy"moddalar jixatidan analiz qilish Yo’li bilan aniqlanadi. Bazan ko’tarilgan mavzu yoki o’rganilayotgan faktning ijtimoiy ahamiyatini aniqlash maqsadida matnning jismoniy maydoni: qatorlar soni, abzatslar soni, unga ajratilgan varaklar, radio bo’lsa, unga ajratilgan vaqt, televidenieda esa necha marta qaytarilayotganligi, efir vaqti va xoka’zolar hisobga olinadi.
Yaxshi o’tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Lekin olingan malumotlarning ishonchliligini shu borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo’llash va malumotlarni solishtirish va ayni obekt va ayni vaziyatda qayta analiz qilish Yo’llari bilan erishildi. Tuplagan mikdoriy malumotlar Yaxshigina matematik qayta ishlovdan o’tkazilmogi lozim. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina o`quvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish maxorati bo`lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadkikod sungida qo’lga kirilgan mikdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, yani tushuntirib berish kerak.

Yüklə 37,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin