Mavzu bo`yicha tayanch atamalar:
Jamiyat, farovonlik (mo`l-ko`llik) jamiyati, istе'mol qilish jamiyati, ochiq va yopiq jamiyat, industrial (sanoat) jamiyati, totalitar jamiyat, avtoritar jamiyat, dеmokratik jamiyat, ijtimoiy tuzilma.
IV. Mаvzu: Sotsial gurunlar va sotsial institutiar 1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy bеlgilari va turlari
2.Sotsial institut tushunchasi va uning turlari.
3. Sotsiologiyada oila ijtimоiy institut sifаtidа
1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy bеlgilari sotsial guruh turlari Kishilar o‘z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar, masalasi nafaqat sotsial psixologiyasi fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar asosan sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko‘p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojlikdan, goh manfaat yuzasidan, ba'zan majburiylikdan, ba'zan o‘zi xohlamagan holatda yuqorida ta'kidlangan guruhlarga a'zo bo‘ladi va ularning vakili bo‘lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi, xususiyat) bilan nisbatan ma'lum guruhlarga ajratish — sotsiologik tahlilning g‘oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o‘tish lozimki, garchi «sotsial guruh» termini sotsial tadqiqotlarda keng ko‘lamda qo‘llanilsa ham, lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategorik xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o‘ziga hos sub'ektni aniqlash uchun ishlatiladi.
«Guruh» tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida 2 ta ma'noga ega. Bir tomondan, u biror bir umumiy belgilariga qarab kishilarni ma'lum toifalarga ajratilganda qo‘llaniladi (ko‘pincha statistikada, demografiyada). Ba'zan bu ma'noda «guruh» termini psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin.