Sosiologiyaning amaliy yo’naltirilganligi nimada nomoyon bo’ladi?
A) Ijtimoiy muammolar yechimi uchun aniq tajribalar zarurati va bu bunda sosiologiyaning amaliy tadqiqotlarining ahamiyatida
B) Sosiologiya ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish mayllari haqidagi ilmiy asoslangan ma’lumotni ishlab chiqishga qodir
V) Sosiologiyaning amaliy yo’naltirilganligi uning boshqa falsafiy fanlar bilan yaqin aloqasida namoyon bo’ladi
G) Sosiologiyadagi nazariy xulosalarning amaliyotda tajribalar orqali isbotlanganligida
Sosiologiyaning mafkuraviy funksiyasi deganda nima tushuniladi?
A) Tabiiy-tarixiy jarayonlarni anglash, jamiyat taraqqiyotining yaqin oradagi maqsadlarini va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilganligi tushuniladi
B) Ilmiy va mafkuraviy munozarani boshqa qarashlar tizimi orqali olib borish, aholi o’rtasida ilmiy va milliy mafkurani tarqatish va malakali mutaxassislarni tayyorlash, ular tomonidan ilmiy mafkurani har tomonlama o’zlashtirish
V) Insonlardagi yaratuvchanlikka intilish va yangidan yangi g’oyalar orqali jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan omillarni bartaraf etish
G) A va B javoblar to’g’ri
Nima sababdan sosiologiya insonparvarlik funksiyasini ham bajaradi?
A) Odamlar o’rtasida munosabatlarni shakllantirishga, uyg’un hissiyotlarni ijtimoiy munosabatlarga xizmat qildirib yaxshilashga yordam berganligi uchun
B) Hozirgi zamon fannida muammolar markazida inson omilining qo’yilishi natijasida insonparvarlik g’oyalarini rivojlantirish zarurati mavjud bo’lganligi uchun
V) Sosiologiyaning insonparvarlik funksiyasi mavjud emas, faqat bunday yondashuv uning mafkuraviy vazifasi tarkibigakiritiladi
G) A va B javoblar to’g’ri
Sosiologiyaning ijtimoiy ong shakllarini o’rganuvchi yo’nalishi qanday masalalarni o’rganadi?
A) dunyoqarash, ilm-fan, san’at, madaniyat, axloq, huquq,
psixologiya, din
B) mexnat,turmush tarzi, hordiq, ijtimoiy-siyosiy faoliyatlar
V) oila, yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.
G) matbuot,radio,televideniye,jamoatchilik fikri