3 o’quv-topshiriq Dyurkgeymning “anomiya” g’oyasini muhokama qiling.
Dyurkgeym “O’z-uzini o’ldirish “ asarida, anomiya, bu –ahlok inqirozi, chunki bu davrda individual ehtiyojlarni, hissiyotlarni boshqaradigan sitema buziladi. Shaxs muvozanati chayqaladi. Shaxs qaysi guruxga mansubligini his qilish qobiliyatini yuqotadi. Intizom va birdamlik buziladi, natijada hulk-atvor chetga toshish hollari ruy beradi, irq va etnoslar o’rtasida ommaviy tartibsizlik harakati kelib chikadi. Eng harakatlisi – jamiyat va shaxs o’rtasida ajralish, ahlokiy bo’shlik vujudga keladi. Chunki esa norma va qadriyatlar uz vazifasini bajara olmay koladi. Yangilari esa hali mukammal ishlab chiqilmagan, mavjudlari xam o’z ta’sirini jamiyatga, ommaga, individga o’tkaza olmay turgan davr hisoblanashini ta’kidlaydi.
Savol: bu kasallik va illatdan qaysi yo’l bilan qutilish mumkin? J: Dyurkgeym amanomiya holatidan qanday qutilish mumkin degan savolga javob berishga xarakat qiladi va bu kasallikdan tinchlik yuli bilan qutilish mumkin, buning uchun shaxsni ezmaslik, uni mashina holatiga olib bormaslik kerak . Jamiyat gullab yashnashi uchun xar bir shaxs ravnak topish kerak. Jamiyat diferensiallashuvivi zarar, uning asosida sotsial imtiyozlar emas, balki shaxsning individial qobiliyati yotishi kerak. Shundagina tenglik, odillik va erkinlik kabi asoslarda eng ilg’or jamiyat barpo etilishi mumkin. Xozirgi kapitalistik jamiyatni takomillashtirib, shu uchlik asosiga qurmok kerak deb hisoblaydi.