2. Amaliy sotsiologik tadqiqotlar fundamental sotsiologiyadan o’zining strukturasi, mazmuni va maqsadi bilan farq qiladi. Uning xususiyati shundaki, amaliy sotsiologiya orqali jamiyatning har bir sohasi uchun kerakli bo’lgan nazariy va empirik tadqiqotlarni qo’llash uslublari va vositalari joriy etiladi. Amaliy sotsiologiya XX asr boshlarida tashkil topgan empirik tadqiqotlar negizida shakillandi va rivojlandi.
Empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblanadi. Empirik tadqiqotlar o’zgartiruvchanlik xususiyatga ega emas,uning vazifasi: kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o’rganish, so’rov metodlari orqali sotsial jarayonlar haqida faktlar va empirik ma`lumotlar yig’ishdir. Empirik tadqiqotlar natijalaridan ham amaliy maqsadlarda, ham nazariy bilimlar rivoji uchun foydalanish mumkin.
Amaliy tadqiqotlar tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo’lib, ular amaliy tadqiqotlarni ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish uchun tavsiyanomalarga aylantiradi.
SHunday qilib, amaliy sotsiologiya nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki yangi nazariy metodologik bilimlarni ham shakillantiradi. Amaliy sotsiologiya ilmiy bilimning amaliy effektivligi masalasini hal qilgan muammolarni o’rtaga qo’yadi.
Amaliy tadqiqotlar tarmoq yo’nalishini shakllantiradi (xulq-atvor sotsiologiyasi, industrial sotsiologiya va h.q.)
Sotsiologik tadqiqotlar 1) nazariy hamda 2) empirik bo’lishi mumkin. CHunki har qanday fundamental sotsiologiya nazariyadir, empirik tadqiqotlar esa nazariya bilan jipslashgan holda va o’zaro aloqada o’tkaziladi. Lekin har qanday fundamental sotsiologiya nazariy hisoblansa, har qanday nazariya fundamental sotsiologiya hisoblanadi.
Nazariya – bu kategoriya, tushunchalar, holatlar va printsiplarning kontseptual birligi bo’lib, u hodisalarning xossalari, munosabatlari va qonuniyatli aloqalarini ochib beradi. Nazariyada markaziy o’rinni tushunchalar egallaydi. Ularda fanning tajriba va yutuqlari to’planadi va ular nazariyaning mazmunini belgilaydi.
Sotsiologiya maxsus yo’nalishlar sotsial reallikni sotsiologiya ob`ekti sifatida qabul qilishda nazariy mushohada qilishlik va bir ob`ektning asosiy elementlarini aniqlash asosida vujudga keladi, maxsus yo’nalishlar fanning markaziy qismini tashkil qiladi, chunki u o’zida tadqiqotning boshqa barcha yo’nalishlari: tarmoq, empirik yo’nalishlarini mujassamlashtirgan bo’ladi.