Stratifikatsiya (lot stratum - qatlam va fatsio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.
Sotsial stratifikatsiya - sotsiologik tushuncha bo’lib, jamiyat va uning ayrim qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi yoki boshqacha aytganda, jamiyatning mulk, maqom va hokimiyat munosabatlaridan kelib chiqadigan tizimi bo’lib, u ijtimoiy rollar va vazifalarni o’zida aks ettiradi. Sotsial stratifikatsiya jamiyatdagi mehnat taqsimotida turli guruhlarning ijtimoiy differentsiyasidan (tabaqalanishuvi), shuningdek u yoki bu faoliyatning ahamiyatini va ijtimoiy tengsizlikni qonuniylashtiruvchi qadriyatlar va madaniy namunalar (standartlar) tizimining xususiyatidan kelib chiqadi. Ijtimoiy stratifikatsiyaning asosiy vazifasi–turli faoliyat xillari uchun rag’batlantiruvchi tizim yordamida ijtimoiy rollarni mos ravishda idrok etish va bajarishni ta`minlashdir.
Sotsial stratifikatsiya: ma`lumot, maishiy sharoit, mashg’ulot daromad, ruhiy, din va shu kabi belgilar asosida jamiyat «yuqori», «o’rta» va «quyi» sinflar hamda strat (qatlam)larga (2 dan 6 gacha) bo’linadi. Tengsizlik har qanday jamiyatda bor. Sotsial stratifikatsiya tizimida kishilarning o’z qobiliyatlari va kuch-g’ayratlariga muvofiq maqomlarni o’zgartirishlari (sotsial mobillik) esa jamiyatning barqarorligini ta`minlaydi va sinfiy kurashni «ortiqcha» qilib qo’yadi (Marksistik tadqiqotlar ijtimoiy sinflar nazariyasiga asoslanib kelingan).
Sotsial stratifikatsiyaning tarixiy tiplari Umuman, stratifikatsiya yigindilari: -daromad; -boylik: -obro` Stratifikatsiyaning tarixiy tiplari: -daromad; –hokimiyat; -obro`; Stratifikatsiya kishilik jamiyatining paydo bo`lishi, tug`lishi bilan yuzaga keladi.