Sotsiologiyaa


«Sotsial dinamika» tushunchasini ham sotsiologiya fani nomini kashf qilgan fransuz mutaffakiri Ogyust Kont ishlab chiqqan



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə180/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   279
SOTSIOLOGIYA

«Sotsial dinamika» tushunchasini ham sotsiologiya fani nomini kashf qilgan fransuz mutaffakiri Ogyust Kont ishlab chiqqan. To‘g‘ri, hamma sotsiologiya tizimlarda «sotsial dinamika» atamasini bevosita qo‘llaniladi deb aytish qiyin. Shunday bo‘lsada, Kont ta'riflagan bu sotsiologik yondashuv turli xil ijtimoiy tadqiqotlarda nazariy yo‘llanma sifatida ishtirok etmoqda. Jumladan, rus-amerika sotsiologi P.Sorokin o‘z sotsiologik tizimidagi sotsial genetika yoki genetik sotsiologiya O. Kontning sotsial dinamikasiga mos kelishini qayd qilgan edi. Ko‘p sotsial dinamika nima?
O.Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o‘rganishdagi muayyan yovdashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadigan bo‘limidir. Umumiy ma'noda dinamika harakat holatini, narsa-hodisalarning o‘sish, o‘zgarish, rivojlanish jarayonini anglatadi. Sotsiologiyani fiziologiyaning bevosita davomi yoki «sotsial fizika» deb hisoblagan Kont ijtimoiy voqelikni tabiiy qonunlarini topishga harakat qilgan edi. Ana shu vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy voqelik ikki yo’nalishda — sotsial statika yo‘nalishida va sotsial dinamika yo‘nalishida ko‘rilishi lozim. Sotsial statika ijtimoiy elementlarning o‘zaro muvozanatini, mavjudlik qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy elementlarining o‘zaro uyg‘unligini, ularning o‘zaro muvozanatlashgan tarzda mavjudligini jamiyatni yaxlit butunlik deb qarashga imkon beradi. Shuning uchun ham jamiyat alohida o‘ziga xos tizim bo‘lib, bunda eng muhimi elementlarning o‘zaro aloqasidir. Sotsial statika har qanday jamiyat barqarorlik, muvozanat holatini, asosiy tartibotni o‘rgansa, sotsial dinamika jamiyatdagi o‘zgarish, rivojlanishning izchilligi, birin-ketinligini ochib beradi. Shunday qilib, sotsial dinamika jamiyatning o‘zgarish va rivojlanish holatlarini, ijtimoiy o‘zgarishlarning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) omillarini ifodalovchi sotsiologik kategoriya deb qaralishi mumkin. Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, qatlamlarning harakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha mobilis-harakatchan, o‘zgaruvchan) va sotsial o‘zgarishlar deb ataladigan ko‘rinishlarni ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasini sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P.Sorokin kiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o‘tishlarini (sotsial o‘zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg‘ulotlarning almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun jamiyatlar «ochiqligi» yoki «yopiqligi»ni tavsiflash uchun ishlatiladi. Intergeneratsion (avlodlar orasidagi) va integeneratsion (avlod ichidagi) sotsial mobillik ajratiladi. Sotsial holatning otadan o‘g‘liga (kamdan-kam hollarda onadan qiziga) o‘tishi generatsion sotsial mobillikka, sotsial ko‘tarilish yoki sotsial pasayish bilan bog‘liq, individual belgilar esa intrageneratsion sotsial mobilikka misol bo‘ladi. O‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab vertikal (ko‘tarilish va pasayish) va gorizontal sotsial mobillik farqlanadi. Sotsial mobillikning empirik ko‘rsatkichi bo‘lib o‘zgaruvchanlik-mobillik barqarorlik-stabillik indeksi xizmat qiladi. Bu indeks tekshiralayotgan guruhdagi mobil va stabil shaxslar nisbatidan olinadi. Bundan tashqari, mobil (o‘zgaruvchan) shaxslarning jinsi, ma'lumot darajasi, «aqli rasolik koeffitsienti», millati, irqi, turar joyi, sog‘-salomatligiga qarab ham sotsial mobil shaxslarning miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korellyatsiya (mos keluvchi) koeffitsientlar hisoblanishi mumkin. Sotsial mobillikni o‘lchashda turli xil imkoniyatlarning mavjudligi miqdoriy analiz qo‘llanishidan kelib chiqadi. Sotsial mobillik darajasini aniqlash yordamida u yoki bu jamiyatni «an'anaviy», «zamonaviy», «industrial», «postindustrial» va hakozolarga bo‘lish mumkin.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin