Sotsiologiyaa


O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy negizga asoslanmoqda. Bu negizlar



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə188/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   279
SOTSIOLOGIYA

O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy negizga asoslanmoqda. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilishi;
- vatanparvarlik66.
Davlat ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e`zozlash – o’zining qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash demakdir.
Islohotlar strategiyasini amalga oshirishda biz uchun quyidagilar uzluksiz ustuvor yo’nalishlar hisoblanadi:
- ta`lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
- aqliy va ma`naviy salohiyatni mustahkamlash;
- aholini ijtimoiy himoya qilish.
Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, birinchi navbatda, kadrlar potentsialiga, ularning kasb jihatdan tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar – o’z yo’liga, – degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. – Ularni hal etish mumkin, xalqning ta`minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma`naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda! Shu boisdan «hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an`nalarimizning saqlanishi va madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji bilan bog’liqdir»67.
O’tgan mustaqillikning 20 yili davomida «O’zbek modeli» o’zini oqladi. Bu modelga milliy manfaatlar nuqtai nazaridan qaralib, «shok terapiyasi» usullaridan tamomila farq qiladi. O’tish davrida davlat bosh islohotchi sifatida mas`uliyatni o’z zimmasiga oldi. Natijada O’zbekiston moliyaviy - iqtisodiy, byudjet, bank–kredit tizimi, iqtisodiyotning real sektori korxona va tarmoqlarning uzluksiz ishlashi ta`min etildi. Davlatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini tashkil etdi. CHet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko’proq oshdi. O’zbekiston jahon bozoriga eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlar chiqarmoqda. 2008 yil yakunlari bo’yicha respublika YAIM hajmi 9 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish hajmi 4,5 foizga, qurilish ishlari hajmi 8,3 foizga, transportda yuk va yo’lovchi tashish hajmi 10,2 foizga, savdo sohasi 7,2 foizga, xizmatlar hajmi 21,3 foizga oshdi68.
Prezident I.Karimov Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi (2010 yil 12 noyabrda) “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” yuzasidan ma`ruza qilib, uning oltinchi yo’nalishi sifatida “Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish” masalasini qo’ydi. Unda mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida qo’lga kiritilgan yutuqlarga to’xtalgan holda, yana qanday vazifalar oldimizda turganligiga izoh berib o’tdi. Ya`ni, 1991-2000 yillarda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e`tibor markazlashtirilgan ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratilganligi, Bular Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Chet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risidagi” qonunlar qabul qilindi. Islohotlarning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga soliy to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va boshqa iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va xayotga tadbiq etildi.
Navbatdagi vazifa sifatida, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator ustuvor vazifalar belgilanib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish yuzasidan takliflar o’rtaga tashlandi. YA`ni, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlari to’g’risidagi” Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, “Tadbirkorlik faoliyati soxasidaberish tartib-qoidalari to’g’risida” gi Qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish maqsadida biznesning yangim tashkiliy-xuquqiy shakli sifatida oilaviy-biznesni qonuniy belgilab qo’yish, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish, “Raqobat to’g’risida” gi yangi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish zarurligi qayd etildi.
“Hozirgi kunda mamlakatimizda ichki mahsulotning 80 foizdan ortig’ini nodavlat sektor ta`minlamoqda. 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida” gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti xujjati unga uyg’unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etmoqda”. Snoska....
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur`ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to’g’risida”, “Garov reestri to’g’risida”, “Rieltorlik faoliyati to’g’risida”, “Investitsiya va pay fondlari to’g’risida”, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to’g’risida” gi va boshqa bir qator yangi qonunlar qabul qilishni xayot taqozo etmoqda.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin