Sotsiologiyaa


Amaliy sotsiologik tadqiqot



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə190/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo’lib qo’rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
1. BOSQICH. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:

  1. Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash.

  2. Sotsiologik tadqiqot o’tkazish bo’yicha byurtma qabul qilish va uni o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzish.

  3. Bajariladigan ishlar bo’yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasi)ni tuzish.

  4. Dastur ishlab chiqish.

  5. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish.

2. BOSQICH. Asosiy bosqich bo’lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o’z ichiga oladi:
2.1. Sotsiologik tadqiqot tanlovini o’tkazish.
2.2. Pilotaj.
2.3. Dastlabki sotsiologik ma`lumotlarni yig’ish.
2.4. Empirik ma`lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.
3. BOSKICH. Empirik ma`lumotlarni qayta ishlash:

  1. Olingan empirik ma`lumotlarni guruhlarga ajratish.

  2. Taqsimiy jadval tuzish.

  3. Empirik ma`lumotlarni kompyuterga kiritish va modellashtirish.

4. BOSKICH. YAkunlovchi bosqich bo’lib, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi:

  1. Tadqiqot ma`lumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq.

  2. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish.

  3. Berilgan vazifa bo’yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash.

Germaniyalik sotsiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo’rsatadilar.
1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:

  1. Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash.

  2. Empirik tadqiqot g’oyasini ishlab chiqish.

  3. Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish.

  4. Analitik muolaja tayyorlash.


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin