Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə193/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Tadqiqot vazifalari:
Maqsad ma'lum bir vazifalarni yechish natijasida amalga oshadi. Agar maqsad tadqiqot nima uchun o‘tkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa tadqiqotlarni qanday o‘tkazish, qo‘yilgan maqsadga qanday erishishni, nimadan boshlash kerak, qanday nazariy, metodologik va metodik xarakterga ega bo‘lgan masalalarni yechish zarur degan savolga javob beradi.
Maqsad bir qancha vazifalarga bo‘linadi. Yuqorida aytilgan tadqiqotlarda vazifalar quydagicha ifodalangan:
-dindorlik va uning komponentlariga tushuncha berish;
-studentlar dindorligining nazariy tipologiyasini berish;
-dindorlikni empirik referentlarini ishlab chiqish va boshqalar.
Asosiy va asosiy emas vazifalarni ajratish kerak. Bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, tadqiqotda e'tiborni eng muhim vazifalarga qaratishga yordam beradi.Tadqiqotni keyingi bosqichlari, qo‘yilgan vazifalarni yechishdan iborat.
Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko’tarish muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o’zgartirishdan iborat.
Tadqiqot ob`ekti va predmeti:
Maqsad va vazifalarni qo‘yilishi tadqiqotning ob'ekt va predmetini aniqlashga olib keladi. Sotsiologik tadqiqotlarning ob'ekti turli sohalar izlanilayotgan muammoni o‘zida aks ettirgan ijtimoiy voqelikni mikroprotsesslari bo‘lishi mumkin. Empirik tadqiqot ob'ektini aniqlaganda muammodan kelib chiqish kerak.69 Ko‘pincha mehnat jamoalari ob'ekt bo‘lib xizmat qiladi. Lekin bu ob'ektni juda keng va aniq bo‘lmagan talqinidir.Yuqorida keltirilgan misolda empirik tadqiqotlar ob'ekti talabalar guruhi emas, balki ularning ongidir, chunki muammo talabalarning dindorligini aniqlashdadir, Tadqiqot qilinayotgan muammoning «tarqatuvchisi» talabalarning ongidir, aniqrog‘i, ongining qadryatlar tuzilmasidir. Ob'ekt qanchalik aniq bo‘lsa metod shunchalik to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi. Misol uchun empirik tadqiqotlarning tipik ob'ektlari- odamlar fikri, kollektivdagi munosabatlar, va boshqarish metodlarining va mehnatni tashkil qilishning effektivligi, siyosiy jarayonning baholash va h.k.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin