Sotsiologiyaa


Programmani tuzishdagi keyingi qadam interpretatsiyadir



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə195/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Programmani tuzishdagi keyingi qadam interpretatsiyadir.
Nazariy tahlil natijasida olingan tushunchalar interpretatsiya qilinadi. U empirik tadqiqotni asosiy komponenti.
Bu sub'ektiv omillarni tadqiqotga ta'sirini isbotlovchi yo‘nalishlar ta'siridir. Interpretatsiya bu hodisalarni, voqslikni tushunchalar mazmunini sub'ekt tomonidan tushuntirish, aniqlash interpretatsiya tadqiqot konsepsiyasining nazariyasi nuqtai nazaridan respondentlar nuqtai nazaridan bo‘lishi mumkin. Interpretatsiya muammosi murakkab va ko‘p qirralidir. U ilmiy tadqiqot hamda madaniyat, faoliyat sohasidagi o‘zaro munosabatlar va boshqa omillarga taalluqli bo‘lgan muammolarni o‘z ichiga oladi. Bunday tafakkur stereotiplari, fikrni shakllanish qonunlarini nazarda tutish kerak, interpretatsiya tafakkur, ongni o‘zaro aloqasini nazarda tutish usulidir.
Programmani tuzish jarayonida tushunchalarni nazariy va empirik interpretatsiya qilinadi.
Nazariy interpretatsiya—bu tushunchalar mazmunini, muammoning nazariy aspekti nuqtai-nazaridan tushuntirishi. Misolda quyidagi tushunchalar interpretatsiya qilinadi: «e'tiqod» va «qadriyat» interpretatsiya natijasida qadriyatlar turi va dindorlar tipi belgilanadi.
Empirik interpretatsiya—tushunchalarni empirik faktlar bilan taqqoslash, o‘rganilayotgan soha bilan moslikni aniqlash, operatsional tushuncha to‘plash, operatsional tushunchalar empirik metodlarni ishlab chiqish uchun zarur, qadriyatlar, manfaatlar kabi abstrakt nazariy tushunchalarni, konkret va aniq tushunchalarga aylantirmaguncha ularni tadqiqot qilib bo‘lmaydi. Aynan shu operatsional tushunchalar empirik metodlar asosida yotadi.
Ular asosida anketa savollari, kuzatish va eksperimentda yotadigan belgilar aniqlanadi, hozirgi zamon sotsiologiyasining yo‘nalishlari one ratsionalizatsiya tartibini tanqid qiladi, uni noilmiy deb hisoblaydi. Bu noto‘g‘ri fikrlar, chunki sotsiologiya nazariy bilimlarga tayanishi kerak. Nazariy bilimlar bilan empirik tahlilni o‘zaro bog‘lash aynan operatsional tushunchalar vazifasidir. Operatsional tushunchalarni empirik referentlar deb ham atashadi. Masalan: «E’tiqod» tushunchasining empirik referenti urf-odatlarga bo‘ysunish, borliqni paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar va h.k.
Programma tuzishning keyingi bosqichi — bu ob'ektni sistemali tahlilidir, o‘rganilayotgan ob'ekt sistemali tahlil qilinadi.
Bu ob'ektni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy bog‘liqlikda o‘rganishdir. Sistemali metod ob'ektni funksional asosini belgilashga qaratilgan. Sotsiologiyada sistemali metod T.Parsons, R.Merton tomonidan ishlab chiqilgan.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin