Sotsiologiyaa


Sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish sotsial boshqarishning shakllari sifatida qaralishi mumkin



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə186/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish sotsial boshqarishning shakllari sifatida qaralishi mumkin. Sotsial rejalashtirish — sotsial boshqarnshning dastlabki bosqichlariga xosdir. Rejalashtirish — o‘ziga xos sotsial boshqarish bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy jarayonlar maqsadini, uning ustivor tomonlarini, ularga erishishning vosita va maqsadlarini aniqlash, rejalarni ishlab chiqish va ularni bajaruvchilarga etkazish, rejalar bajarilishi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Odatda, direktiv va indikativ rivojlantirini farqlashadi. Direktiv rejalashtirish yuqori organlar tasdiqlagan ko‘rsatkichlar majburiy bajarilishini taqozo etadi. Indikativ rejalashtirishda reja ko‘rsatkichlari yo‘naltiruvchi, axborot tarzida bo‘ladi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar rejalashtirishni mutloqlashtirganlari uchun, u jamiyat rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqqa aylangan edi. Bozor iqtisodi amal qilayotgan ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda indikativ rejalashtirish keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreyada rejalashtirish yaxshi samara bermoqda. 1962 yildan beri «rejali» rivojlanayotgan Janubiy Koreya jahonda etakchi o‘rinlardan biriga chiqdi. Hozirgi vaqtda bu mamlakatda 1990—1994 yillarda fanda eng ko‘p qo‘llanilayotgan sohalarni rivojlantirish bo‘yicha reja qabul qilingan va bajarilmoqda.
Sotsial boshqarishni yana bir shakli sotsial loyihalashtirish tushunchasi hali mavjud bo‘lmagan, lekin yaratilishi lozim bo‘lgan, shuningdek, tubdan o‘zgarish lozim bo‘lgan ob'ektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Sotsial loyihalashtirishni sotsial rejalashtirishning ko‘rinishi deb ham aytish mumkin. U ijtimoiy munosabatlar, sotsial jarayonlar va aholi yashash sharoitlarni yaxshilash vositasidir. Sotsial rejalashtirish mavjud bo‘lmagan yoki tubdan o‘zgarish lozim bo‘lgan ob'ektlarga nisbatan «rivojlanish» iborasini qo‘llash qiyin. Ular yaratilgandan so‘nggina rivojlanishi mumkin. Sotsial loyihalashtirish sotsial rivojlantirishni emas, balki yangi ob'ektlarning dastlabki sotsial holatini loyihalashtirishdir. Undan tashqari, agar sotsial rejalashtirishda sotsial jarayonlarning hamma boshlang‘ich sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniq ko‘rsatilgan ob'ekt bilan ish ko‘rilsa, sotsial loyihada esa bu boshlang‘ich tavsiflar mavjud bo‘lib turgan sotsial institutdagidek bo‘lmaydi.
Sotsial boqarish shakllari orasida sotsial prognozlashtirish alohida o‘rin tutadi. Inson va jamiyat faoliyatining bevositagina emas, balki ancha qeyin ro‘y beradigan natijalarni ko‘ra bilish va shunga yarasha sotsial rivojlanishni boshqarish zaruriyati sotsial prognozlashtirishni keltirib chiqardi. Turli xil mezonlar — maqsadi, vazifalari, vaqti, usuli, prognozni tashkil etishi va hokazolarga asoslanib har xil prognozlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Vaqt mezoniga ko‘ra quyidagi prognozlarni qayd qilsa bo‘ladi:
—joriy prognozlar - soatlar, kunlar, hafta va oylar;
—qisqa muddatli prognozlar- 1-5 yil oralig‘ida;
—O‘rta muddatli prognozlar - 5-10 yil oralig‘ida;
—Uzoq, muddatli prognozlar - odatda, keyingi ikki-uch o‘n yillikni o‘z ichiga oladi;
—O‘ta uzoq, muddatli prognozlar — uzoq muddatlidan keyingi davr;
Sotsial prognozlashtirish usullari g‘oyat ko‘p.Ularning eng asosiylari quyidagilardir: ekstrapolyatsiya tarixiy analogiya, kompyuterda modellashtirish, kelajak senariysi, ekspert baholar. Ekstrapolyatsiya hozirgi ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini kelajakka ko‘chirish demakdir. Mazmuni va bajaradigan vazifasiga ko‘ra prognozlarning quyidagi to‘rtta asosiy turini ko‘rsatish mumkin:
1. Qidiruv prognozlari. Bu prognozlar «rivojlanish qaysi yo‘nalishda ketmoqda hozirgi tendensiyalar saqlanib qolganda nima ro’y beradi?» degan savolga javob beradi;
2. Normativ prognozlar. Bunda oldindan aniqlangan normalar, maqsadlar, ideallar asosida ijtimoiy xodisalarning kerakli holatiga erishish prognoz qilinadi, buning uchun maxsus takliflar — rekomendatsiyalar tavsiya etiladi;
3. Analitik prognozlar. Kelajakni tadqiqot etish metodlarning ilmiy — bilish ahamiyatini aniqlash amalga oshiriladi.
4. Prognoz ogohlantirishlar. Taxmin qilinayotgan noxush kelajakni oldini olish, odamlar ongiga ta'sir etish uchun ishlab chiqiladi.
Prognozlashtirishning usullari va turlari o‘rtasidagi tafovut qo‘llanish ob'ektiga qarab nisbiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bir vaqtning o‘zida boshqalari qo‘llanilishi bilan bartaraf qilinishi mumkin.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin