Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar
4
7
seminar
Sоtsial munosabatlar sоtsiоlоgiyasi
2
8
seminar
Ijtimoiy taraqqiyot: nazariya va amaliyot
2
9
seminar
Empirik sоtsiоlоgik tаdqiqоt va uning metodlari
2
jami
20
O’qituvchi ______________________
________
imzo
2.2. JORIY O‘QUV-METODIK TA’MINOT 2.2.1. MA’RUZALAR MATNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
I J T I M O I Y F A N L A R kafedrasi S O T S I O L O G I Y A fanidan
MA’RUZALAR MATNI Tuzuvchilar:
o‘qituvchi Ergasheva M.
o‘qituvchi Sangirov.B
Jizzax – 2014
KIRISH
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarini tubdan isloh qilish respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida «Sotsiologiya» fanini o‘rganishni taqozo etadi.
Sotsiologaya boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, jamiyatni bir butun tizim sifatida hamda ijtimoiy munosabatlarni va shaxs xulq-atvorini aniq shart-sharoit bilan bog‘liqlikda o‘rganuvchi yagona fandir. Sotsiologiya insonni ijtimoiy guruh vakili sifatida, ijtimoiy maqom va muayyan ijtimoiy rolni ifodalovchi sifatida o‘rganadi.
Shaxs yoki guruh oldida turgan muammolar u yoki bu darajada insoniy munosabatlar xarakteri, atrofdagilar bilan hamkorlikda yashay olish, qadriyatlarga va axloqiy me’yorlarga tayanish, ularni saqlab qolish, murosaga kirishish yoki murakkab nizoli vaziyatlarni hal qilish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Inson oldida turgan muammolar qanchalik murakkab bo‘lsa, ularni hal qilishda shaxsning o‘zini anglab yetishi, o‘zi yashayotgan jamiyatni chuqur va atroflicha bilishi shunchalik katta ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar o‘z sohalarini bilishlari bilan bir qatorda odamlarning qiziqishlari, manfaat va intilishlarini, ijtimoiy munosabatlar bilan yaqindan tanish bo‘lishi kerak. Chunki ular asosida ijtimoiy guruhlar, jamiyat va umuman, butun dunyo hamjamiyati shakllanadi. Sotsiologiyani bilish murakkab ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy institutlarni tahlil qilishga tajriba va bilim bilan qurollanib, hayotni o‘rganishga yordam beradi. Sotsiologik tafakkur orqali esa ijtimoiy hayotni ilmiy baholash va obyektiv axborot olish mumkin.
Sotsiologiya bizda fan sifatida, asosan, oxirgi 20-25 yillar ichida shakllandi, chunki uzoq vaqt davomida ijtimoiy bilim faqat siyosatchilar, madaniyat xodimlari, ta’lim-tarbiya sohasi xizmatchilariga kerak, boshqa soha xodimlariga sotsial bilim shart emas, deb hisoblangan. Bu esa shaxs rivojlanishi va butun jamiyat madaniyati taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Mutaxassislar qay bir sohada ishlamasinlar, o‘z faoliyatlarining ijti-moiy oqibatlarini e’tiborga olishlari kerak, bu esa sotsiologik tafakkurni talab qiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina sotsiologiya faniga obyektiv munosabat vujudga keldi. Ijtimoiy hayotning barcha soha-larini o‘rganish, ijtimoiy munosabatlarni, jamiyat taraqqiyotini va unda shaxslar, ijtimoiy guruhlar hamda tashkilotlarning‘ xulq-atvorini tadqiq qi-lishga barcha sharoit yaratildi.