Shaxsning ijtimoiy mavqei – bu shaxsning uning
huquq va majburiyatlari yoshi, jinsi, kelib chiqishi, kasbi,
oilaviy ahvoliga mos ravishda jamiyatda egallagan o’rnidir.
Shaxsning ijtimoiy mavqeini ikkiga ajratish mumkin:
tug’ma (ijtimoiy kelib chiqishi, millat va b. va egallagan
ma’lumotlar, malaka va b.) ijtimoiy mavqelar. Ijtimoiy
mavqeni shaxsning birlamchi guruhda uning inson sifatida
qanday baholanishiga bog’liq holda tutgan o’rni, ya’ni
shaxsiy mavqeidan farqlash lozim.
Shaxs faoliyati deganda , uning ichki va tashqi
tendentsiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lish
xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik insonning shaxs
sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak
qadriyatli
ehtiyojlarini
qondirish
usuli
va
sifat
ko’rsatkichidir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim
sifatidir.
Shaxs faolligi uning hayotini boshqarish bilan, kasb
tanlashini amalga oshirishi bilan bog’liq bo’ladi. Shu
jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va tor ijtimoiy
darajalarda o’rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda
o’rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
Shaxs manfaati – bu individ faoliyatining u yoki
bu ehtiyojni qondirish bilan bog’liq yo’nalganligidir.
Manfaat shaxsni mavjud sharoitda hayot shaklini
o’zgartirish yoki saqlash uchun kurashishga undovchi
hal qiluvchi omil hisoblanadi. Manfaatlar asosida
kishilarning ehtiyojlari yotadi. Ular sotsial qonunlar
talablarini ifodalaydi, buning natijasida manfaat
ehtiyojni anglashda muhim omil sifatida namoyon
bo’ladi. Bundan tashqari, manfaatlar orqali shaxs
faoliyatini amalga oshirishi jarayonidagi harakatida aks
etadi. Manfaatning to’rt turi farqlanadi:
1. Munosabat manfaat shaxsning faoliyati
jarayonida u yoki bu ob’ektdagi voqea va
hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi.
Munosabat manfaat shaxsda shu voqellikka
nisbatan e’tiqodining shakllanishidan paydo
bo’ladi.