Shaxs faoliyati deganda
,
uning ichki va tashqi
tendentsiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lish
xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik insonning shaxs
sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak
qadriyatli
ehtiyojlarini
qondirish
usuli
va
sifat
ko’rsatkichidir. Demak, ijtimoiy
faollik shaxsning muhim
sifatidir.
Shaxs faolligi uning hayotini boshqarish bilan, kasb
tanlashini amalga oshirishi bilan bog’liq bo’ladi. Shu
jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va tor ijtimoiy
darajalarda o’rganiladi. Shaxsning
bunday darajalarda
o’rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
Shaxs manfaati
– bu individ faoliyatining u yoki
bu ehtiyojni qondirish bilan bog’liq yo’nalganligidir.
Manfaat shaxsni mavjud sharoitda hayot shaklini
o’zgartirish yoki saqlash uchun kurashishga undovchi
hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Manfaatlar asosida
kishilarning ehtiyojlari yotadi. Ular sotsial qonunlar
talablarini ifodalaydi,
buning natijasida manfaat
ehtiyojni anglashda muhim omil sifatida namoyon
bo’ladi. Bundan tashqari,
manfaatlar orqali shaxs
faoliyatini amalga oshirishi jarayonidagi harakatida aks
etadi. Manfaatning to’rt turi farqlanadi:
1.
Munosabat manfaat shaxsning faoliyati
jarayonida u yoki bu ob’ektdagi
voqea va
hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi.
Munosabat manfaat shaxsda shu voqellikka
nisbatan e’tiqodining shakllanishidan paydo
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: