6-rasm. Uzluksiz ishlaydigan ELM liniyasida atir sovuni asosiga ishlov berishni texnologik sxemasi
So‘ngra sovun (24) kesish mashinasi ga borib, sovun bo‘laklari (25) shamol purkash tonneli da issiq havo bilan quritiladi. Sovunning yuzasida hosil bo‘lgan qattiq qatlam shtamp tiniqligini oshiradi.
Sovun (26) ikki jilg‘ali shtamp-pressga uzatilishdan oldin ikki oqimga ayirgich yordamida taqsimlanadi. Shtamplangan sovun o‘raydigan avtomatdan o‘tib, qadoqlashga yuboriladi. O‘ralmagan sovun ishlab chiqarishda ular shtamp-pressdan keyin darhol qadoqlashga uzatiladi.
“Matssoni” liniyasida atir sovun asosiga ishlov berishni texnologik sxemasi (7-rasm). Bu qurilmani unumdorligi (4t/soat), avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasi yuqori, tarkibida 80% yog‘ kislotasi bor, atir sovun ishlab chiqarishga imkon beradi. Sirkulyasiyalanadigan suv bilan sovitiladigan yuza kondensatorlarini mavjudligi oqavasiz texnologiyani ta’minlaydi. Retsepturaga muvofiq quruq va suyuq ingredientlarni dozalash va aralashtirish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi. Chiqindilar (buzilgan sovun, ortiqcha mahsulot) ni qayta ishlashga uzatish mexanizatsiyalash-gan. Ishlatilgan havoni tozalash bilan pnevmotransport ko‘zda tutilgan. Hamma uskunalar zanglamaydigan po‘latdan yasalgan. Texnologik sxema quyidagicha ishlaydi:
Tarkibida kamida 62% yog‘ kislota va harorati 85-900C bo‘lgan atir sovun asosi (1) sovun yig‘gichdan (2) nasos yordamida (3) filtr orqali (4) 3,5m3 hajmli doimiy sathli sig‘im ga uzatiladi. Sovun asosi (4) sig‘imdan (5) shesternyali nasos bilan 0,6 MPa bosim ostida ikkita ketma-ket ulangan (6) issiqlik almashtirgichlar orqali (11) aromatizator uzatiladi. Issiqlik almashish yuzasi 81,4 m2 bo‘lgan issiqlik almashtirgichlarda 0,6 MPa bosimli bug‘ bilan sovun 140-1450C gacha qizdiriladi.
Atomizator (quritish kamerasi) vakuum ostida purkash usuli bilan sovunni quritishga xizmat qiladi. Kameradagi qoldiq bosim 5,03 kPa (40 mm sim.ust.)ga teng.
Qizdirilgan sovun purkagichlar bilan kamera devorlariga sepiladi, pichoq-qirgichlar yordamida qirib olinadi va qirindi holida 34-350C haroratda (10) birlamchi ikki shnekli ekstruderga tushadi, so‘ngra, qirindi vakuum-kamera orqali (9) tugal ekstruderga o‘tadi, bu yerda sovun asosini zichlash, presslash, plastifikatsiyalash va teshiklarini diametri 12mm bo‘lgan reshetkadan zo‘rlab o‘tkazish sodir bo‘ladi.
Yuza kondensatori(16)ni sovutish uchun, liniya majmuasida mavjud bo‘lgan freonli sovutish qurilmasida sovutilgan, harorati 180C dan yuqori bo‘lmagan suvdan foydalaniladi.
Tugal ekstruder (9)dan sovun vermisheli Venturi quvuri mavjud bo‘lgan yuklash voronkasi(8)ga keladi va (7) pnevmoo‘tkazgich bo‘ylab (20) ajratish sikloni orqali (19) sovutilgan sovunni saqlaydigan bunkerga uzatiladi.
Tarkibida sovun changlari bo‘lgan havo (21) havo o‘tkazgich bo‘ylab filtrlash yuzasi 284 m2 bo‘lgan (22) yengchali filtrga boradi. Filtrni tozalash avtomatik holda bosimi 0,5-0,75 MPa bo‘lgan siqilgan havo bilan amalga oshiriladi. Pnevmotransport sistemasi uchun havoni siyraklashtirish havo puflagich bilan hosil qilinadi. Tozalangan havo (23) havo o‘tkazgich orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |