4-Laboratoriya ishi Mavzu: Quritish qurilmasida qurish jarayonini o`rganish. Quritish jarayonining kinetikasi



Yüklə 188,3 Kb.
səhifə1/8
tarix28.09.2022
ölçüsü188,3 Kb.
#64267
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-l


4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Quritish qurilmasida qurish jarayonini o`rganish.Quritish jarayonining kinetikasi
Ishning maqsadi: 1. Donador materiallarni konvektiv quritish jarayonini o`rganish. 2. Sinov natijalari bo`yicha quritish egri chizig`i va quritish tezligi egri chizig`ini qurish. 3. Qurilgan egri chiziqlar asosida quritish jarayonining davrlarini tahlil qilish.
Kerakli jihozlar va materiallar: ventilyator, elektr isitkich, quritish kamerasi, psixorometrlar.
Tavsiya etilgan adabiyot: [1,2,3,4.6,7,10]
Ishning nazariy asoslari
Qattiq va pastasimon materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik qattiq faza tarkibidan gaz fazasiga o`tadi.
Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, uskuna va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi, materiallarning saqlanish muddati uzayadi.
Materiallarni uch xil usulda suvsizlantirish mumkin: mexanik, fizik - kimyoviy va issiqlik yordamida.
Mexanik usul tarkibida ko`p miqdorda suv tutgan materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi. Bu usulda namlik siqish yoki sentrifugalash yo`li bilan ajratib olinadi.
Issiqlik ta`sirida suvsizlantirish ko`pchilik kimyoviy mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarining yakunlovchi bosqichi bo`lib hisoblanadi.
Quritish ikki xil, ya`ni tabiiy va sun`iy usulda olib boriladi: - materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi.
Sanoatda mahsulotlarni quritish sun`iy usulda olib boriladi, bu jarayon maxsus quritgich qurilmalarida amalga oshiriladi.
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o`zaro ta`sirlashuv usuliga ko`ra quritish jarayoni quyidagi turlarga bo`linadi:
1) konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent to`g`ridan - to`g`ri o`zaro aralashadi;
2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi agent va nam material o`rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo`ladi;
3) radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi;
4) dielektrik quritish - material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;
5) sublimatsiyali quritish - material muzlagan holda, chuqur vakuum sharoitida suvsizlantiriladi.
Quritkichlarni hisoblash va loyihalash uchun jarayon tezligi cheksiz qisqa vaqt davomida material namligini kamayishi orqali aniqlanadi:
(6.1)
Havo paramentlari o`zgarmas bo`lganda (t - const, w - const) material namligining vaqt davomida o`zgarish grafigi quritish egri chizig`i deb yuritiladi (6.2 - rasm).
Quritish jarayonining boshlanishida namlik ajralib chiqishi bilan birga material qiziydi. Bu davr qisqa vaqtni tashkil qiladi va quritish jarayoni egri chiziq bo`yicha o`zgaradi. Materialning qizishi tugagach quritish jarayoni to`g`ri chiziq bilan tasvirlanadi. Bu davrda quritish jarayoni o`zgarmas tezlikka ega bo`ladi. Bu davr K nuqtada tamom bo`ladi, bu nuqta material tarkibida bog`langan namlik sohasining boshlanishiga to`g`ri keladi. III davrda quritish tezligi kamayib boradi.
Quritish egri chizig`ining istalgan nuqtasiga o`tkazilgan urinma og`ish burchagining tangensi quritish tezligi (dW/dr) ni tashkil qiladi (6.3 - rasm). Gorizontal o`qqa material namligining qiymati (%), vertikal o`qga esa quritish tezligi (dW/d ) ning qiymati qo`yiladi.
I - davrda quritish tezligi gorizontal to`g`ri chiziq bo`ladi, chunki bu davrda quritish tezligi o`zgarmas qiymatga ega. II davrda quritish tezligining chizig`i materialning turiga va namlikning material bilan birikish turiga ko`ra har xil ko`rinishga ega bo`ladi va bu davrda tezlik kamayib boradi. Quritish jarayoni muvozanat namlikka yetguncha davom etadi.
Birinchi davrda quritish jarayoni asosan tashqi diffuziya natijasida boradi.
Ikkinchi davrda bog`langan namlik ajrala boshlaydi va quritish tezligi asosan material ichidagi namlikning material bilan bog`lanish energiyasidan bog`liq bo`ladi.



Yüklə 188,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin