4-Laboratoriya ishi Mavzu: Quritish qurilmasida qurish jarayonini o`rganish. Quritish jarayonining kinetikasi


I SH N I B A J A R I SH T A R T I B I



Yüklə 188,3 Kb.
səhifə6/8
tarix28.09.2022
ölçüsü188,3 Kb.
#64267
1   2   3   4   5   6   7   8
4-l

I SH N I B A J A R I SH T A R T I B I.
Ishga kirishishdan oldin materialni tayyorlab olish talab etiladi. SHu maqsadda mavjud bo‘lgan quritilgan silikagel massasi aniqlanadi va u 1 kg silikagelga 150 gr suv qo‘shib, bir me’yorda aralashtirilib tayyorlanadi. Namlanganda silikagel normal holatga keladi. Bu ishlarni ishning boshlanishida namlikning donalarning sirtiga diffuziyalanishini ta’minlash maqsadida bajariladi. Bir me’yorda namlangan material ikki qismga bo‘linadi: uning bir qismi ishga tushirish rejimida ishlash uchun, ko‘proq esa G nach (7 kg yaqini) qaror toptirilgan rejimda ishlash uchun olib qo‘yiladi.
Ventilyator ishga tushirilib, o‘zgaruvchan jilg‘ich yordamida kerakli havo sarfi o‘rnatiladi (differensial manometr bo‘yicha 15 dan 20 mm. suv. ustgacha) shundan elektrokalorifer ishga tushiriladi va quritishga berilayotgan havo kerakli temperaturagacha (120-140 oS) qizdirilgandan keyin, ta’minlagich ishga tushiriladi va nam materialning bir qismi yuklanadi. Quritgich zonasiga nam material yuklangandan keyin, quritgichdan chiqayotgan havo temperaturasiga keskin pasayadi. SHu vaqtda sekundomer ishga tushiriladi va ishga tushirish vaqti xisoblana boshlaydi. Barcha nazorat – o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari xar bir ikki minutda xisobot jadvaliga yozib boriladi.
Quritgichdan chiqishda quruq va nam termometrlarning ko‘rsatkichlari vaqt bo‘yicha o‘zgarmay qolgandan keyin qurilmani barqaror rejimga o‘tdi deb, xisoblash mumkin. Nam materialni yuklashdan barqaror rejim qaror toptirilguncha sarflangan vaqt qurilmaning inersion xossalarini xarakterlaydi. Qurilma ishining barqaror rejimi qaror toptirilgandan keyin (bu vaqtga kelib nam materialning birinchi qismini quritish tugallanadi.) quruq mahsulotni yig‘ib oluvchi moslama tezda almashtiriladi va nam material yuklangan yig‘gich o‘rnatilib, sekundomer qaytadan ishga tushiriladi. Nazorat – o‘lchov asboblarining ko‘rsatishini yozib borish ishga tushirish davrida, ya’ni xar bir ikki minutda yozib boriladi. Nam materialning xammasi bunkerdan quritish kamerasiga o‘tganida sekundomer to‘xtatiladi va qaytadan quruq mahsulotni yig‘gich tezda almashtiriladi. Kalorifer ishga tushiriladi va 3 – 5 sekuntdan keyin ventilyator o‘chiriladi. Barqaror rejimda quritilgan mahsulot tortib olinadi.

Yüklə 188,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin