136
shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi ko'rsatmalari olingan. Dasturda asosiy tarbiyaviy
yo'nalishlar va maqsadlar keltirilgan. Jumladan, fuqaro tarbiyasi,
kasb egallash,
shaxsiy mas’uliyat, yuqori malakali bo'lish va kasbiy mahoratni egallashga
intilishni tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, talabani shaxs
sifatida rivojlantirish
kabilarga alohida e'tibor berilgan.
O'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish
pedagogdan ijodiy ishlashni talab etadi. Pedagog o'zida unga yordam beruvchi
tashqi imkoniyatlar, ya’ni,
nazariy-amaliy materiallar, o'quv qurollari va
vositalari mavjudligi haqida to'liq ma’lumotlarga ega bo'lishi kerak. Pedagog
o'zidagi mavjud ma’lumotlar va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta'lim yo'nalishi
bo'yicha mavjud metodika va ilg‘or o'qitish uslublarini ko'zlagan maqsadga
yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: