Xususiy metodik darajada pedagogik texnologiyaning muayyan bir
predmet, kursni o`qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish
maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o`qitish vositalari, metodlari,
shakllarining majmuasi tushuniladi.
3.
Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining
xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratidgan texnologiya
tushuniladi.
Unda o`quvchilarning mustatsil ishlarini tashkil etish, o`quvchilar
bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kabi masalalar ko`zda
tutiladi. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-
birini to`ldiradi va taqozo etadi. Biz pedagogik texnologiyani qo`llash haqida
so`z yuritishdan avval, pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslariga to`xtalib
o`tamiz.
Pedagogik texnologiya bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng
ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik,
fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy,
amaliy va boshqa asoslar xisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning
ta’limtarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni
qondirishning maqsad va talablarini, tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi.
U shaxsning, jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning
falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy
shakl va usullarining falsafiy jihatdan to’g’ri yo’nalishda bo’lishini ta’minlashga
xizmat qiladi. Falsafiy oqimlar va yo’nalishlarning har biri ta’lim-tarbiya
masalalariga o’ziga xos yondashadi. Shu sababdan pedagogik texnologiyaning
falsafiy yo’nalishi uning to’g’ri yoki noto’g’riligini, jamiyatning ma’lum
maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko’rsatadi. Bu pedagogik texnologiyalarga
baho berishda asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.