Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

2. Tajriba modellari
(ilmiy, amaliy tajribalarni olib borishda qo’llaniladi;
loyihalashtirilayotgan ob’ektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi).
3. Ilmiy-texnik modellar
(jarayon va hodisalarni tadqiq etishda qo’llaniladi;
qurilma, moslama, asbob, jihoz va mexanizmlar).
5. O’yin modellari
(turli vaziyatlarda ob’ekt tomonidan turli harakatlarni bajarish
orqali ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo’llaniladi; komp
ь
yuter, sport,
iqtisodiy, harbiy, ishchanlik o’yinlari va b.).
5. Imitatsion modellar
(real voqelikni u yoki bu darajada shunchaki aniq aks
ettirish uchun emas, balki aynan unga o’xshatish maqsadida qo’llaniladi; amaliy
harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi turli trenajyorlar, mexanizmlar).
Bugungi kunda ta’lim jarayonida talabalar tomonidan ham turli o’quv
loyihalarning tayyorlanishiga e’tibor qaratilmoqda.
Xo’sh, o’quv loyihasining o’zi nima? O’quv loyihalarini tayyorlash jarayoni
qanday kechadi?
O’quv loyihasi
– 1) talablarning muammolarni izlash, tadqiqot qilish
va yechish, natija (echim)ni mahsulot ko’rinishida rasmiylashtirishga
qaratilgan mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usuli;
2) nazariy bilimlar asosida amaliy topshiriqlarni
yechishga qaratilgan o’quv harakati vositasi;
3) rivojlantirish, tarbiyalash, ta’lim berish, bilimlarni
boyitish, mustahkamlash va malakalarni shakllantirishga
yo’naltirilgan didaktik vosita hisoblanadi


103
O’quv loyihalari faoliyat mazmuni, bilim sohasi (fanlar) bo’yicha tayyorlanishiga
ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
Har bir o’quv loyihasi o’z maqsadi va kutiladigan natijasiga ko’ra muayyan turga
mansub bo’ladi. O’quv loyihalarining asosiy turlari quyidagilardir:
3-jadval. O’quv loyihalarining asosiy turlari
Axborotli loyihalar
Tadqiqot loyihalari
Amaliy loyihalar
Maqsadi
Muammoga oid
ma’lumotlarni to’plash,
ularni tahlil qilish,
umumlashtirish, mohiyatini
yoritish, muammoni hal
etish usul va vositalarini
tavsiflash, ularning
ahamiyatini asoslash
Tadqiqotni amalga
oshirish, tadqiqot
asosida muammo
izohini asoslash,
kelgusida rivojlanish
uchun yangi
muammolarni
asoslash
Muammoni hal etish usul
va vositalarini ishlab
chiqish
Natijasi
Maqola, referat
ma’ruza
keys va b.
Hisobot
ma’ruza
keys va b.
Harakatlar dasturi,
biznes-reja, keys,
strategiya, tavsiya,
ma’lumotnoma to’plami
va b.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin