Soxibaxon ped texnologiya doc


O`quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish sohasidagi pedagogik



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

O`quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish sohasidagi pedagogik
texnologiya:
1. O‘qitishni tabaqalashtirish texnologiyasi
2. O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi
3. Individual o‘qitish texnologiyasi
4. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyasi
5. Hamkorlik ta`lim texnologiyasi
Axborot texnologiyalari va ta`limning jamoaviy hamda guruxiy
texnologiyasi
Axborot 
texnologiyalari
ma
ʼ
lumotlarni
boshqarish 
va 
qayta
ishlash
texnologiyalaridir. O
datda bu atama ostida
kompyuter
texnologiyalari
tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter
tarmoqlari orqali yig
ʻ
ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar
ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida
hisoblash- tashkiliy
texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar
qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud
bo’lgan bo'lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati
shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab
chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, hom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol
buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot
texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi,
ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog`liq faoliyat soxalari tashkil
qiladi.
Bugungi 
kunda 
axborot 
texnologiyasini 
shartli 
ravishda
saqlovchi,
ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi
turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi
texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi
axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari
tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan
oydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o`z ichiga oladigan tizimlardan
iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va
inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish,
mamlakat 
fan-texnika 
taraqqiyotini, 
jamiyatni 
demokratlashtirish 
va


123
intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi
sifatida foydalanish tushuniladi.
Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabxalarida
intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bogliq ob’ektiv jarayon xisoblanadi.
Jamiyatni 
axborotlashtirish 
respublikamiz 
xalqi 
turmush 
darajasining
yaxshilanishiga, ijtimoiy extiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o`sishi hamda fan-
texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo`nalishga ajratish mumkin:
·
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks
avtomatlashtirish.
·
Ilmiy tadqiqotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
·
Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
·
Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.
·
Talim va kadrlar tayorlash jarayonini axborotlashtirish.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o`zlashtirishda kompyuter
tizimining yordami benixoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan
qat’i nazar, uni yigish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter
texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o`qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart
(an’anaviy) tizimga nisbatan o`quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni
oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o`stiradi, bilim berishga differentsial yondashish,
olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi,
talabani o`quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida
quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni o`qitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—ko`rgazmali material sifatida;
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal
etishda va x.k.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va faravonlik darajasini
ko’tarish katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush,
animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina
interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.
Informatikada mehnat unumdorligini oshirish suratlari yetarli bo’lmasa, butun
xalq xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayish ro’y berishi mumkin.
Hozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta
ishlash vositalari bilan ta’minlangan..


124
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash
insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muxim o’rin
tutadi.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va
rivojlangan bo’lib, uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir.
Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu
o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z
navbatida, EXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli muxitning
kelajakda inson hayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo’lishi
uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ko’llamini kegaytirish talab etiladi..

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin