Soxibaxon ped texnologiya doc


Pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari va



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari va
tasnifi
«Pedagogik texnologiya» tushunchasining qo`llanilishi, shuningdek, asosiy
e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham
ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish
lozimdir.
«Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi «ta’lim metodikasi» tushunchasiga
nisbatan kengdir. Ta’lim metodi — o`quv jarayonining majmuaviy vazifalarini
yechishga yo`naltirilgan o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati
usuli bo`lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o`quv predmetini o`qitishning ilmiy
asoslangan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi.


39
Ta’lim texnologiyasi — ta’lim maqsadiga erishish jaraenining umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyixalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida,
bosqichma —boskich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo`lida muayyan
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli
foydalanish hamda ta’lim jarayonini yo`qori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O`qituvchining samarali faoliyat ko`rsatishga undovchi darsning metodik
ishlanmasidan farqli o`laroq, ta’lim texnologiyasi o`quvchilar faoliyatiga
nisbatan yo`naltirilgan bo`lib, u o`quvchilarning shaxsiy xamda o`qituvchi bilan
birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan xolda, o`quv materiallarini mustakil
u'zlashti rishlari uchun zarur shart — sharoitlarni yaratishga xizmat kiladi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi

o`quvchi shaxsini
rivojlantirish orkali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagog olim
V.P.Bespalko pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini
e’tirof etgan xolda uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi:
1) o`quvchi;
2) ta’lim —tarbiyaning maqsadi;
3) ta’lim — tarbiya mazmuni;
4) o`quv jarayoni;
5) o`qituvchi yoki texnik vositalar;
6) ta’lim — tarbiyaning tashkiliy shakllari
Xalq xo`jaligining moddiy ishlab chikarishga asoslangan soxalarida qo`llanilayotgan
texnologiyalar moxiyatini urganish xamda muammo doi rasida nashr etilgan
risolalar mazmuni bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta’lim —tarbiya
faoliyatining yaxlit jarayoni tugrisidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini
berdi.
Pedagogik texnologiyaning quyidagi tarkibiy unsurlari uning asosini
belgilashga xizmat qiladi :
- ta’lim jarayonining umumiy loyixasi
- ta’limni tashkil etishga bo`lgan ijtimoiy extiyoj
- o`qituvchi faoliyati
- ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va texnik vositalari
- o`quvchi faoliyati
- ta’lim maqsadi
- ta’lim natijasi
- Auditoriya
Pedagogik texnologiyalar mazmuni, moxiyatiga ko`ra quyidagicha tasniflanadi:
1. Shaxs strukturasiga muljallanganligiga ko`ra:
-
bilim,
ko`nikma va malakalarii shakllantirishga mo`ljallangan axborot
texnologiyalari;


40
- aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat texnologiyalari;
II. Mazmuni va tuzilishiga ko`ra:
- ta’lim-tarbiya beruvchi texnologiyalar;
- dunyoviy va diniy ta’limga muljallangan texnologiyalar;
- umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari;
- insonparvarlik va texnokrat texnologiyalari;
- xususiy predmet texnologiyalari;
- monotexnologiya va kompleks (majmua) texnologiyalari.
III. Ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatyani tashkil etish va boshkarilishiga ko`ra
V. P. Bespalko quyidagi texnologiya turlarini tavsiya etadi:
- klassik ma’ruza ta’limi;
- UTV yordamida ta’lim berish;
«Maslaxatchi-konsultant» tizimi;
- mustaqil ish;
- «Kichik guruxdar» tizimi-guruxli differentsial o`qitish usuli;
- kompyuter ta’limi;
- «Repetitor» tizimi - individual ta’lim;
- dasturli ta’lim.
IV. Ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchi shaxsining tutgan o`rni muxim
axamiyat kasb etadi, shunga ko`ra pedagogik texnologiyalar quyidagi
guruxlarga ajratiladi:
a) Avtoritar texnologiyalar
b) Didaktotsentrik texnologiyalar
v) Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar
g) Insonparvarlik va xamkorlik texnologiyalari
d) Erkin tarbiya texnologiyalari
V. Hozirgi zamon ta’lim tizimida xukmronlik qilayotgan an’anaviy
ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim jarayonini tashkil etishni tubdan
o`zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
1.Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalash
asosidagi-pedagogik texnologiya;
2. O`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogyak texnologiya;
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga
qaratilgan pedagogik texnologiya;
5. O`quv materialini didaktik jixatdan takomillashtirish va qayta ishlash
asosidagi pedagogik texnologiya;
5. Xalq, pedagogikasi metodlaridan foydalanish pedagogik texnologiyasi;
6. Alternativ pedagogik texnologiya;


41
7. Majmuali (kompleks) politexnologiya;
Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy,
ma’naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiya
sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar
yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan
tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi.
Sho’rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham
kommunistik mafkura qobig’i bilan o’ralgan, uning rivojlanish me’yori cheklangan,
ilg’or chet mamlakat g’oyalari esa burjua g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar
edi. Holbuki har qanday g’oya ham o’zida ma’lum ijobiy jihatlarni
mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi.
Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo’nalish
sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot ob’ektiga aylantirishning iloji yo’q
edi.
Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan
davlatlarda to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish
imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganish va hayotimizga
tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar
tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro
hamkorlikning ustivor yo’nalishlari ro’yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari
rivojlantiriladi» .
Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vjudga kelishi va
rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz.
30-yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo’ldi
va u o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va
vositalar yig’indisi sifatida qaraldi. SHuningdek, bu davrda PT deb o’quv va
laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko’rgazmali qurollardan
foydalanish tushunildi.
40-50-yillarda o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish
davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish
metodikasi PTga tenglashtirildi.
60-yillarning o’rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda
keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQSHda «Pedagogik texnologiya»
(Educational Technol-ogy), 1964 yildan Angliyada «Pedagogik texnologiya va
dasturli ta’lim» (Technology and programmed Learning). Yaponiyada esa 1965
yildan «Pedagogik texnologiya» (Educational Technology) jurnallari chop etila
boshlandi. 1971 yilda xudi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.
PT muammosining o’ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq
qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada


42
pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational
Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab «Pedagogik texnologiya jurnali»
(Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQSHning qator universitetlari
va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda
maxsus «Kommunikasiya va texnologiya Assosiasiya»si (Association for Educational
Communications and Technology) faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirgi kunda bu
tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to’rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol
harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat
universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan
«Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar» (Educational Technology Research)
jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o’z o’rnini topmoqda. Yaqinda
Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of
Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o’rnatish ishlari bilan mahur.
Didaktikaning bu yo’nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda
o’tkazilgan 
qator 
xalqaro 
konferensiyalar 
tasdiqlaydi. 
SHunday 
xalqaro
konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o’tkazilib kelinadi va
anjuman materiallari «Pedagogik texnologiya jihatlari» (Aspects of Educational Tec-
hnology) nomida nashr qilinadi.
Yuqoridagilarning o’ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi
alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet
ellarda yangi yo’nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Taxlillarning
ko’rsatishicha, bu davrda PT ikki yo’nalishda muhokama qilinadi va rivojlantiriladi:
birinchisi – o’quv jarayoniga texnik vositalarini qo’llash bilan bog’liq bo’lsa (shu
jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi – o’qitish texnologiyasi
masalalarini, ya’ni o’quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha
nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga
qadar bo’lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin