So’z boshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

Nazorat savollari 
 
1.
Kommutatsiya maydon qanday vazifani bajaradi?
2.
Kommutatsiya maydon nimaga asosan tabaqalanadi? 
3.
Kommutatsiya maydon nimalardan iborat?
4.
Fazoda kanallarni bo‘lish bilan qurilgan KM qurilish tamoyillarini 
tushuntiring?
5.
Fazo- vaqt KBli kommutatsiya maydonni qurilish tamoyilini
tushuntiring?
6.
Analog signalni raqamli signalga aylantirishni tushuntiring?
7.
Kanallarni vaqt bo‘yicha jipslashtirishni tushuntiring?
8.
Fazo va vaqt kommutatsiyasini tushuntiring?
9.
Elektron 
ATS 
kommutatsiya 
maydonini 
qurilish 
tamoyilini 
tushuntiring? 
10.
FVF kommutatsiya sxemasining tuzilmasi tushuntiring? 
11.
VFV kommutatsiya sxemasi strukturasini tushuntiring? 
 


161 
6. C&C08 RAQAMLI KOMMUTATSIYA TIZIMI 
 
6.1. C&C08 tizimining texnik tavsifi va tuzilishi 
 
Dasturli boshqariladigan katta sig‘imli yangi avlod kommutatsiya 
tizimi C&C08 - HUAWEI Technologies kompaniyasi oxirgi yillar 
zamonaviy texno- logiyalar bazasida yaratilgan yangi avlod katta sig‘imli 
kommutatsiya tizimidir. Bu raqamli kommutatsiya tizimi C&C08 ITU-T 
va ETS Yevropa telekommunikatsiya standartini to‘liq qoniqtiradi.
HUAWEI kompaniyasining ochiq optik juftlarning qo‘shimcha 
kiritilgan tizimining Optix seriyali uskunalari kommutatsiyalash uskunalari 
bilan birlashtirilgan, bu uzatish va kommutatsiyalash jarayonlarini bo‘lish 
prinsipidan ketishga imkon beradi. C&C08 tizimi modulli qurilishi bilan, 
tarmoq qurishda egiluvchanligi bera oladigan xizmatlar va uskunalarni 
soni (200 dan ko‘p xizmat va funksiyalar) bilan farqlanadi. 
Bu tizim UfTT (PSTN) ga, intellektual tarmoq IN ga, ISDN ga, 
Internetga integralli ulash imkonini beradi. Bu tizim katta sig‘imli ochiq 
apparatli va servisli interfeyslar to‘liq to‘plamini qo‘llaydi. Ularga analog 
abonent liniya Z interfeysi, ISDN interfeysi (BRI va PRI), V.5 interfeysi,
ulash liniya A interfeysi, LAN interfeysi (Ethernet 10Mb/c, FDDI 
100Mb/s), V.24 (CR5- 238), va V.35standartli DCE- DTE interfeysi, 
SDH 155,52 Mbit/s interfeysi, PHI paketli kommutatsiya tarmoq bilan 
aloqa interfeysi kiradi.
Tizim maksimal 800000 AL interfeysini, yoki 180000 UL interfeysini 
ulashga yo‘l beradi. Tizim xalqaro, shaharlararo, mahalliy, tranzit, tandem, 
oxirgi stansiya sifatida raqamli, analog va aralash tarmoqlarda ishlay oladi.
Tizim 7- - sonli UKS, V.5, R2, R1.5, 5 sonli signalizatsiya turlarini 
qo‘llaydi. 7- sonli UKS, statsionar va mobil aloqa TUR/ISUP larini va 
SCCP va TCAP protokollari asosida ishlaydi. Bitta stansiyada E1 va T1 ni 
ham qo‘llaydi. 7- sonli UKS signalizatsiyasining 24 razryadli va 14 
razryadli signalizatsiya tizimi punkt kodlari avtomatik identifikatsiya 
qilinishi mumkin.
Kommutatsiya maydoni 100K Erlang yuklanishni o‘tkaza oladi. Eng 
katta yuklanish soatida 6000 K chaqiriqqa xizmat ko‘rsata oladi. Tizimda 
80386, 486, 586, 68360 Power PC 860 Pentium mikroprotsessorlari 
ishlatilgan.
Tizimning asosiy tavsiflariga quyidagilar kiradi: 
- markaziy kommutatsiya maydonining sig‘imi 128 K; 
- yuqori ishonchliligi: 


162 
a) o‘rta yig‘ilgan rad davomiyligi 1,34 min/yil; 
b) imkon berishi 0,999997 - 45; 
v) nosozlikni o‘rtacha bartaraf qilish vaqti, MTTR=12,83 min; 
g) radgacha ishlashning o‘rtacha vaqti, MTBF=195118,9 soat yoki 
22,39 yil; 
- apparat ta’minotini yuqori daraja integratsiyasi ekspluatatsiya
harajatlarini kamaytiradi, ya’ni stansiya kam energiya iste’mol qiladi: 
a) liniya band bo‘lmagan soatda liniyaning iste’mol quvvati R=0,35 
Vt; 
b) eng katta yuklanish soati (EKYuS)da liniya band bo‘lganda 
liniyaning iste’mol quvvati R=0,55 Vt; 
v) 100 000 ulash liniyali ATS 9 ta stativda joylashadi va 8,2 kVt 
quvvatni iste’mol qiladi; 
g) 32 ta portli analog abonent liniyasi bitta platada joylashadi; 
d) 16 ta E1 yoki T1 interfeysi bitta platada joylashadi;
e) STM – 1 optik interfeys; 
- tarmoqning egiluvchan qurilishi tarmoq optimizatsiyasini amalga
oshirishga yo‘l beradi.
C&C08bir necha turdagi modullarni qo‘llaydi:
a) C&C08 uzoqlashtirilgan modullar ishlatishga yo‘l beradi. Bu 
abonent liniya uzunligini va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Har 
xil turdagi modullar RSM, RSA, RIM sig‘imi bo‘yicha har xil talablarni 
va atrof muhit shartlarini qoniqtiradi; 
- signalizatsiya tizimi boshqa ishlab chiqaruvchilar kommutatsiya 
qurilmalari bilan yaxshi moslashib ishlashni ta’minlaydi: 
a) 7- sonli UKS, 5 sonli, R2, R1.5, V.5 ; DSS 1 va h.k 
signalizatsiyalarni qo‘llash uchun bir xil apparat ta’minoti ishlatiladi; 
b) signalizatsiya monitori; 
v) 2 Mbit/s signal; 
g) 16 ta signalizatsiya punktlari; 
- billing funktsiyalari: 
a) bir vaqtda hisoblagichlar jadvalini va batafsil yozuvlarni berish 
mumkinligi; 
b) tizim hamma billingli yozuvlarni uchta darajada saqlaydi: birinchi 
daraja sig‘imi (ATS) 14,4 mln yozuvgacha, ikkinchi daraja sig‘imi (320 
Gbayt hajmli billing serveri) 2 mlrd yozuv, uchinchi daraja sig‘imi (billing 
markazi) magnitoptik diskda saqlashni qo‘llaydi. 
v) kategoriya bo‘yicha hisobni saqlash; 
- autentifikatsiya funksiyalari: 


163 
a) olti parametr bo‘yicha aniq autentifikatsiya (chaqirayotgan abonent 
prefiksi, chaqirilayotgan abonent turi, kirish/chiqish ulash liniya guruhini 
ID, chaqirilayotgan xizmat atributi boradigan joy kodi va sutka vaqti), 
hamda ular kombinatsiyalari; 
b) “qora va “oq” ro‘yhat funksiyalari,1 mln ro‘yhatgacha; 
v) chaqirilayotgan tomon nomlari bilan kirish ulash liniyalari 
bo‘yicha cheklash funksiyasi. 
- har xil turdagi xizmatlar: 
a) PSTN ning asosiy xizmatlari; 
b) PSTN ning qo‘shimcha xizmatlari; 
v) ISDN xizmatlari; 
g) CENTERX xizmatlari; 
d) korxona ATS ning asosiy xizmatlari; 
ye) qo‘shimcha xizmatlar, misol uchun tezkor billing. 
yo) 2B+D bo‘yicha ulanuvchi operator pulti; 
z) standart intellektual xizmatlari (VOT,ASS,FPH,UPT, WAC, MAS, 
VPN.); 
i) ATS bazasida intellektual xizmatlar. 
C&CO8 raqamli kommutatsiya tizimi modulli qurilishiga ega. U bitta 
boshqarish va aloqa moduli AM/CM dan va bir necha kommutatsiya 
moduli SM, yoki bir necha xizmatga ishlov beruvchi modul SPM iborat 
bo‘lishi mumkin (6.1- rasm).
AM (Admission module, ma’muriy modul) - asosan modullar 
orasidagi bog‘lanishni yaratishni boshqaradi va markaziy kommutatordan 
va kompyuter tarmog‘idan HOST tizimi xolatini boshqarishning ochiq 
tizimini ta’minlaydi.
AM (Administration Module) - ma’muriy modul, asosan modullar 
orasidagi bog‘lanish yaratishni boshqaradi va markaziy kommutatordan va 
kompyuter tarmog‘idan HOST tizimi xolatini boshqarishning ochiq 
tizimini ta’minlaydi. AM asosiy boshqarish moduli FAM (Front AM) va 
yordamchi boshqarish moduli BAM (Back AM) dan iborat.
FAM quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.
Tizim modullari orasida bog‘lanish o‘rnatishni boshqaradi, ya’ni 
real vaqtda kommutatsiyani boshqaruvchi FAM orasida xabar uzatish 
kerak bo‘lganda SM va SPM modullari orasida xohlagan bog‘lanish 
o‘rnatish uchun; 
2.
FAM global nomerlar joylashgan markaziy ma’lumotlar bazasini 
qo‘llaydi.


164 
3.
FAM ulash linyalarini seriyali izlashni va resurslarni boshqarishni 
bajaradi.
4.
FAM stansiyaning bosh protsessori va ekspluatatsiya va texnik 
xizmat terminali orasida interfeyslarni amalga oshiradi. Bu interfeyslar SM 
bilan birlashib FAM/CM deb ataladi.
BAM tizim va ochiq tarmoq tizimlari (mijoz/server rejimida) orasida 
hamkorligini ta’minlaydi. Bu FAM ga to‘g‘ri Enthernet interfeysi orqali 
ulash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, u C&CO8 stansiyasi va 
kompyuter tarmog‘ini ulash uchun markaziy element hisoblanadi. BAM 
NM markazi va tarifikatsiya markaziga ulanish uchun bir necha ishchi 
stansiya va V.24/V.35 interfeysiga ulanish imkoni uchun Enthernet 
interfeysini ta’minlaydi.
6.1- rasm. Apparat vositalar tuzilmasi 
 
AM/CM 
Ethernet 
Internet 
PSTN/ISDN 
PSPDN 
DDN 
AN 
FAM 
CM 
BAM 
WS 
WS 
SPM/SRM 
SM 
SM 
ONU 
RSA 
RSA 
RIM 
RSA 
RSM 
ONU 
SDH 
E1 
E1 
E1 
E1 
E1 
V 5.2 
LAN 
X.25, V.24, V35 
RPA 
CCS7 
/R2/R1.5 
PHI 
E1 
V5 
STM1 


165 
Texnik xizmatga mo‘ljallangan BAM NOST tizimni boshqaradi, 
qo‘llab quvvatlaydi va nazorat qiladi.
BAM apparat vositalar tarkibida server hisoblanadi. BAM 
kommutatsiya tizimi C&CO8 dagi ekspluatatsiya va texnik xizmat yadrosi 
hisoblanadi. U terminal tizim dastur ta’minotini ishlatiladi va OS 
Windows NT asosida ishlaydi. U tizimni yengil va qulay boshqarishi 
uchun GUI va MMI ekspluatatsiya interfeyslarini beradi. 
CM (Communication Module) - aloqa moduli asosan markaziy KM 
va kom- mutatsiya interfeyslaridan iborat. SM nutq kanallari va mos 
modullarini signalizatsiya zvenolari orasida ulashni ta’minlaydi. SM/SPM 
modullari orasidagi nutq kanallarining xohlagan ulanishni bog‘lash uchun 
markaziy KM orqali o‘tishi kerak.
SM SM modullarini bog‘lash uchun ulash liniya E1/T1 interfeysi, 
STM- 1 interfeysi, 40 mbit/s optik tolali interfeysi kabi tashqi 
interfeyslarni ta’minlaydi. SM hamma SM modullari orasidagi aloqani 40 
Mbit/s interfeysi bilan ikkita juft optik liniya bilan ta’minlaydi. Bu 
izolyatsiya va momaqaldiroq himoyasi muammosini yechadi, hamda aloqa 
sifatini yaxshilaydi. Har bir juftlik rezervlash rejimida ishlaydi. Bundan 
tashqari SM boshqa stansiyalar bilan aloqani, SRS protokol platasi va 
YET16 yoki STU interfeyslarini ishlatish bilan tashkil qiladi.
SPM - xizmatlarga ishlov beruvchi modul AM/CM stativida 
joylashgan. Bu modul AM/CM ning tashqi interfeyslarini va markaziy 
ma’lumotlar bazasini ishlatadi, hamda SM kommutatsiya modulining 
taxminan hamma funktsiyalarini bajarish uchun resurslarni hamkorlikda 
ishlatadi. Shuning uchun, bu modul SM ga qaraganda yuqoriroq 
unumdorlikka va integratsiya darajasiga ega. Bundan tashqari, asosan katta 
sig‘imli ulash liniyalar tarmog‘ini tashkil qilish rejimini qo‘llaydi va 
IKM qo‘llanishga tegishli xizmatga ishlov beradi. Misol uchun, 7- sonli 
UKS

SAS, V5, PRA/PHI signalizatsiyalari. 
SRM BAM bilan TSR/IP 10/100 Mbit/s interfeysi orqali to‘g‘ridan 
to‘g‘ri bog‘lanishi mumkin. SPM resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli 
SPM xizmatga ishlov berish moduli uchun kerak bo‘lgan hamma 
resurslarni beradi. Bu resurslarga, tonal signallar, ikki chastotali tonal 
signalizatsiyali raqam qabul qilgichi, ko‘p chastotali signalizatsiyali qabul 
qilgich - uzatgich, telefon konferens aloqa vositalari, chaqirayotgan 
abonent nomerini aks ettirish vositasi va h.k. kiradi. Bu resurslarni 
stansiya SPM ining hamma modullari ishlatadi.
SM - kommutatsiya moduli SPM o‘xshash va C&CO8 tizimining 
asosiy modullaridan hisoblanadi. U taqsimlangan ma’lumotlar bazasini 


166 
boshqarish, taqsimlangan resurslarni boshqarish, chaqiriqqa ishlov berish 
va texnik xizmat operatsiyalari kabi funksiyalarni ham bajaradi.
SM - apparat vositalariga nisbatan mustaqil tuzilishiga ega bo‘lib, 
modul ichida mustaqil ulash o‘rnatish va kommutatsiyaning hamma 
funksiyalarini bajarishi mumkin. SM modullari orasidagi kommutatsiya 
funksiyalarini AM/CM modulidagi markaziy KM bilan birgalikda 
bajaradi.
SM modul 547 - 2 abonent liniyalari/480 ulash liniyalari standart 
konfiguratsiyali mustaqil stansiya tarzida ishlatilishi mumkin. Bu holda 
boshqarish tizimi ulangan BAM moduli, to‘g‘ri SM da o‘rnatiladi. Bu 
kichik sig‘imli kommutatsiya tizimini yaratish uchun O&M funksiyasini 
bajarishni ta’minlaydi.
Agar bitta SM chegarasidan oshiq sig‘im tizim sig‘imini talab qilinsa, 
tizimga boshqa SM modullari ulanadi. Ularni AM/CM orqali 
birlashtiriladi. 
Abonent va ulash liniyalar konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda SM
modullari quyidagi turlari bilan farqlanadilar: 
- abonent liniyalar kommutatsiya moduli USM (User Switching 
Module) 6688 ASL/3344 BRI; 
- ulash liniyalar kommutatsiya moduli TSM (Trunk Switching 
Module). Sig‘imi 1440 DT (raqamli ulash liniyalari); 
- aralash, abonent/ulash liniyalar kommutatsiya moduli UTM (User 
Trunk Switching Module). Uni standart konfiguratsiyasi 4560 ASL/480 
DT yoki 2280 BRI/480 DT. 
Operator talabiga asosan moduldagi abonent va ulash liniyalar 
portlari sonini xohlagancha konfiguratsiyalash mumkin.
C&CO8 tizimining boshqarish qurilmasi - taqsimlangan boshqarishli 
ko‘p protsessorli tizimga ega.
Dasturlash tili sifatida «S» tili olingan. Kodlarni generatsiyasida SDL 
tili va CASE aslahaviy vositalar ishlatiladi.
RSM - uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli, bu AM/SMdan katta 
masofaga o‘rnatilgan SM modulidir. 
RSA - uzoqlashtirilgan abonent bloki modulidir. Bunda ISDN 
tuzilishi (30V+D/23B8+D) kichik sig‘imli abonent liniyalarning 
uzoqlashgan moduli ishlatilib, katta masofaga SM dagi AL javoni 
chiqariladi. RSA ga ulanish imkoni IKM tizimi, optik uzatish tizimi yoki 
HDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniya) texnologiyasi ishlatilgan 
ikki juft telefon liniyasi orqali beriladi.


167 
RIM - uzoqlashtirilgan integratsiyalangan modul. Bu modul 
kommutatsiya zalidagi hammasi kerak bo‘lgan qurilmalarni bitta stativga 
birlashtiradi: 
- sovutgich ventilyatorini; 
- akkumulyator batareyalarini; 
- elektr iste’mol manbalarini; 
- atrof - muhit monitoring blokini; 
- mikroavtomat qurilmasini (RIM tashqarida joylashgan varianti 
uchun). 
- SDH yoki PON uzatish qurilmalarini (kerak bo‘lganda). 
ONU (Optic Network Unit) – optik tarmoq bloki. Uzoqlashtirilgan 
modul sifatida HONET abonent imkoni tarmog‘ida ONU ishlatish 
mumkin. Buni farqi, SDH uzatish optik tarmog‘i orqali V5.2 interfeysi 
yordamida, uni ulash amalga oshiriladi. Buning uchun unda 
kiritish/chiqarish multipleksor bo‘ladi. Xuddi shunday multipleksor, u 
ulanishi kerak bo‘lgan SM yoki RSM da ham bo‘lishi kerak ONU ga 
to‘g‘ri video tasvir SATV uzatish bloki ulangan bo‘lishi mumkin. Bundan 
tashqari u orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DDN ga ulanishi 
mumkin. ISDN xizmat spektrini oshirish mumkin. 
WS - ishchi stansiya. Stantsiya operatorining ishchi joyi Windows 
operatsion tizim boshqarishi ostida ishlaydigan kompyuterdir. Stansiya 
ishini boshqarish, yoki grafik interfeys orqali, yoki buyruq qatori 
yordamida bajariladi. Bunday kompyuter bilan ishlaganda tizim ko‘p sonli 
yordam belgilarini taklif qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin